|
Tipavoy yechimlar asosida texnologik jarayonlarni loyihalash
|
bet | 2/5 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #100268 |
Bog'liq Automobile casting parts, methods and materials. Lecture-14Tipavoy yechimlar asosida texnologik jarayonlarni loyihalash
Tipavoy deganda avvalom bor konstruktsiyasi, xizmat vazifasi, ko’rinishi va boshqa xossalari bir biriga o’xshash va yaqin bo’ladi. Bunday detallar ishlab chiqarilishida texnologik jarayonlari uchun marshrut xamda operatsion kartalarni boshida ishlab chiqish shart bo’lmaydi. Bir tipdagi detallar uchun yeng optimal variantini saqlagan xolda parametrlarini o’zgartirib ishni tezlashtirgan xolatda olib boriladi.
Quyidagi detallarni tipavoy yechimlar asosida loyihalash mumkin, tishli g’ildiraklar, pog’onali vallar, chervyaklar, tirsakli vallar, barmoqsimon vallar, disklar, flanetslar, vtulkalar, kolьtsolar va ba’zi murakkab konfiguratsiyali detallar. Bunday tipavoy yechimga ega bo’lgan detallar asosan standartlashtirilgan bo’ladi. Bunda yanayam aniqlikka, samaradorlikka va qulaylikka erishiladi. O’zaro almashinuvchanlik xam yuqori darajada bo’lishi tan narxga ta’sir etadi.
1-rasm. Tishli g’ildirak
2-rasm. Shesternya
Tipavoy yechimlar asosida texnologik jarayonlarni loyihalash ish jarayonini tezlashtiradi. Buning natijasida aniqlikka, yuqori samaradorlikka va qulaylikka erishiladi. Har bir detalning tipavoy yechimlar loyihasini ishlab chiqish mumkin. Bunda asosan ba’zi parametrlari o’zgaradi. Lekin asosiy qilinadigan operatsiyalar, xisoblar ketma-ketligi bir-biriga yaqin bo’ladi va bir birini qisman takrorlaydi.
Aniq quyma olish
«Aniq quyma» PO ni maxsus kompleksi quyidagilardan iborat:
quymani SAPR «quyma» avtomatik konstruksiyasini va texnologiyasini ishlab chiqishni loyihalash tizimi.
aniq quyma - «TOTL2K» (tashqarilik SAPR) va aniq quyma - «TOTL2A» (avtomatik versiya) [29,30].
quymani qolipga quyish va qotirishni modellashtirish tizimi.
SAPR «Quyma» aniq quymani tayyorlab olishning optimal texnologiyasini grafik-hisoblash tizimi, quyma texnologiyasini loyihalashga imkoniyat beradi[5].
|
| |