|
1-Ma’ruza Mavzu: Kirish. Sanoatdagi vibratsion jarayonlar va jixozlar. Vibratsion jarayonlarning moxiyati
|
bet | 1/3 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 38,99 Kb. | | #262850 |
Bog'liq 1-Ma\'ruza (2) 1-Ma’ruza
Mavzu: Kirish. Sanoatdagi vibratsion jarayonlar va jixozlar. Vibratsion jarayonlarning moxiyati
( 2 soat)
Ma’ruza rejasi:
1.1. Kirish. Sanoatda vibratsion jarayonlar va jixozlarning tutgan o‘rni
1.2. Vibratsion jarayonlar. Asosiy tushunchalar
1.3. Kirish. Sanoatda vibratsion jarayonlar va jixozlarning tutgan o‘rni
Tayanch iboralar :
- mexanik, davriy, amplituda, chastota, davr, sinusoidal, faza, otsillogramma, burchakli chastota, sinxron.
Sanoatda vibratsion jarayonlar va jixozlar juda keng miqyosda, jumladan: qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa ko‘pchilik tarmoqlarda xilma-xil qullanishga ega.
Umumiy qo‘llanishga ega vibratsiya xosil qiluvchilar ko‘p miqdorda ishlab chiqarilmokda. Temir beton buyumlar va armaturalanmagan beton buyumlarni vibratsion usul bilan zichlash va qoliplash birinchi o‘rinni egallab turadi. Vibratsion saralash mashinalari ko‘p qurilishlar, karoerlar va shunga o‘xshash korxonalarda ishlatilib kelinmoqda.
Yo‘l asoslari va qoplamalari, gruntlarni zichlash uchun ishlatiladigan mashinalar xam keng tarqalgan. Zichlash va maydalash, aralashtirish va separatsiyalash, skvajinalar (quduqlar)ni yumshatib kovlash, muzlab yopishib kolgan materiallarni transport vositalaridan tushirish, muzlagan gruntlarga ishlov berish, sochiluvchan materiallarni yuklash, qum va shag‘allarni yuvish-bular vibratsiyali mashinalarda bajarish mumkin bo‘lgan ishlar bo‘lib, bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Vibratsion texnikalarning qullanish doirasi rivojlanishi va kengayishiga ko‘pchilik muxandislarning ushbu mashina va jarayonlar dinamikasi xaqida kam bilimga egaliklari to‘sqinlik qilmokda. Ko‘pchilik vibratsiyali mashinalar sodda konstruqsiyaga ega bo‘lishlariga qaramay, ularning dinamikasi va titrash jarayonlari dinamikasi o‘ta murakkabdir.
Vibratsiya texnika va texnologiyasi soxasida muvaffaqiyatli ish olib borish uchun yagona nuqtai nazardan taxlilning nazariy usullari, amaliyot ma’lumotlari va tavsiyanomalarning ma’lum kompleksini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.
|
| |