|
1 Ma'ruza Mavzu
|
bet | 3/9 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #237255 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Genomika tushinchasi va uning tarixi. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushincha.1.2-rasm. Tibbiy-biologik nashrlar on-line kutubxonasi (PubMed)
Barcha genlar funktsiyalarini tajribalar asosida aniqlash etarli darajada murakkablikni yuzaga keltiradi. Bu holatda bioinformatika funktsiyalari allaqachon aniqlangan genlar bilan solishtirib ko‘rishga tayangan holda ularni bashorat qilishda ko‘maklashadi. Oqsil molekulasida biologik vazifalarning har xil turlariga javob beruvchi uchastkalar mavjud. Bioinformatika usullari yordamida ushbu uchastkalarni aniqlash konkret bir oqsilning barcha spektr funktsiyasini ochib beradi.
Oqsil strukturalarini tajribalar asosida, ya’ni masalan oqsil molekulalaridan tashkil topgan mikroskopik kristalni rentgen nurlari bilan nurlantirish orqali aniqlash mumkin. Bu esa etarli darajada uzoq va qimmatli jarayon hisoblanadi. Ayrim oqsillar kristall tuzilmalarga ega bo‘lmaganligi sababli ularni tahlil qilishning umuman iloji yo‘q. Bioinformatika kompyuter modellashtirish yordamida hech bo‘lmaganda oqsil strukturasi uzoqroq o‘xshash ketma-ketligi ma’lum bo‘lgan holatlarda oqsilning fazoviy modelini yasashda yordam beradi.
Genomika metodlari asosida olingan molekulaning fazoviy strukturasini bilgan holda uning qanday ishlashini va uning ishlashiga qanday ta’sir eta olishni bashorat qilish mumkin.
Dori preparatlarini fazoda har xil ximiyoviy bog’lanishlar bilan oqsil-nishonlarning o‘zaro ta’sirini modellashtirish asosida tayyorlash mumkin. Bunda katta miqdori bog’lanishlarni saralash va eng maqbullarini tanlab olish kerak bo‘ladi.
Biologiya, kimyo, fizika, matematika hamda informatika fanlarini birlashtirish biologik tizimni har tomonlama tavsiflash imkonini beradi. Kompyuter resurslaridan foydalanish tahlil jarayonini bir necha marotaba tezlashtiradi hamda olinadigan natijalarning aniqligini va tezligini oshiradi.8
Bioinformatika texnologiyalaridan foydalanib qilingan biologiya sohasidagi yangi kashfiyotlar tez suratda tibbiyot, farmakologiya, kosmetologiya, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va boshqa sohalarda jalb qilinadi.
Bioinformatika mustaqil ravishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalar beradi va shuningdek biologiyaning turli sohalarida ishlash uchun sharoit bilan ta’minlaydi.
Bioinformatika bo‘yicha ishning katta qismi biologik axborotni saqlash va uni tahlil qilish uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanish texnologiyalari atrofiga jamlangan. Bunday ma’lumotlar bazasi ommabop yoki shaxsiy bo‘lishi mumkin. Ularga ochiq standartlar orqali ommaviy kirish huquqini olish esa muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi ma’lumotlar bazasidan foydalanishga nisbatan bu usullar anchagina keng tarqalgan bo‘lsada biologik axborotlarni tahlil qilish uchun ontologiya va mantiqiy usullardan foydalanish rivojlanib bormoqda.
|
| |