1-ma’ruza moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati




Download 86.72 Kb.
bet3/6
Sana09.03.2024
Hajmi86.72 Kb.
#169355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma’ruza moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati
Mavzu Ishonchlilik intervali, 5GoDOgdTYEpcaklo3ueZ, 1678857372, 1535643575 67642, 15-32 Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza 0075e, ozbek-tilshunosligida-morfonologiyaga-doir-talqinlari, Thermodynamic Processes Wang, Mikrosxemalar, Laboratoriya ishi- 8 TX, Kiberxavfsizlik 6-amaliy ish, Документ Microsoft Word, 5caGVLaRxP5OiTXTlARtvIGa0aRaPFTSNspWlpvX, Gulmurzayeva R.E. Geografiya, Davlat moliyasi - Vikipediya, MAKTAB YOSHIDAGI QIZLAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH
1.1- rasm. Fazoviy sanoq tizimida moddiy nuqtaning koordinatalari
Koordinata boshidanA nuqtagacha yo’naltirilgan kesma radius-vektor deb ataladi. Radius- vektor ning koordinatalari x, u, zo’qlardagi proektsiyalaridan iborat, ya’ni:

bu yerda, , , koordinata o’qlari bo’ylab yo’nalgan birlik vektorlardir.
Agar A moddiy nuqtaning biror sanoq tizimidagi radius - vektori bo’lsa, uning x, y, z koordinatalari t vaqtning funktsiyasi ko’rinishida ifodalanadi:
; ; ;
Har qanday harakatni o’rganish uchun fazoda turli sanoq tizimlarini tanlab olish mumkin. Shuni qayd etish kerakki, turli sanoq tizimlarida ayni bir jismning harakati turlicha bo’ladi. Lekin, sanoq tizimi sharoitga qarab tanlanadi. Masalan, jismlarning harakati Yer bilan bog’langan sanoq tizimi yordamida o’rganiladi.
Yerning sun’iy yo’ldoshlari, kosmik kemalarning harakati esa, Quyosh bilan bog’liq bo’lgan geliotsentrik sanoq tizimida tekshiriladi.
Ma’lum bir tanlangan sanoq tizimidagi nuqta holatini belgilovchi x, y, z koordinatalar qandaydir sonlardan iborat deb hisoblasak, eng avval, ularni o’lchash usulini yoki printsipini tanlashimiz kerak.
Fazodagi nuqta yoki jism holatini belgilovchi x, y, z koordinatalar uzunlikdan iborat bo’lgani uchun, uzunlikni o’lchash usulini tanlash kerak bo’ladi. Odatda, uzunlikni o’lchash uchun, qandaydir qattiq sterjenni namuna deb hisoblab, uni o’lchov birligi deb qabul qilinadi. Nuqtaning fazodagi koordinatalaridan birini o’lchash uchun, shu yo’nalishga o’lchov birligi bo’lgan namuna necha marta joylashishining soni aniqlanadi. Ana shu son tanlangan yo’nalishdagi jismning uzunligini belgilaydi. Agarda bu son butun bo’lmasa, namuna mayda bo’laklarga (o’ndan bir qismi, yuzdan bir qismi va h.k.) bo’linadi.
Bunday o’lchash to’g’ridan - to’g’ri o’lchashdeb ataladi. Ammo bu usul kamchiliklardan holi emas. Masalan, Yerning radiusini, Yerdan Oygacha va Quyoshgacha bo’lgan masofalarni o’lchashda namunadan foydalanib bo’lmaydi.
Bizning Galaktikamiz o’lchamlari tartibi taxminan ~1020 metrga yaqin. Ikkinchi tarafdan qattiq jismlar atomlari orasidagi masofalar ~10-10 m yoki ayrim yadro zarrachalari o’lchami ~10-15 mga tengdir. Bu hollarda, to’g’ridan-to’g’ri o’lchash usulini qo’llab bo’lmaydi, uzunlikni o’lchash uchun boshqa o’lchash printsiplarini tanlashga majburmiz.
Katta masofalarni o’lchashda namunalardan foydalanish imkoniyati bo’lmagani uchun yorug’lik nurining tarqalish tezligidan foydalaniladi. Kichik masofalarni o’lchash uchun esa, aniq tuzilishli moddalarning fizikaviy xususiyatlaridan foydalaniladi.
Fazoning tavsiflari:

  • uch o’lchamli – jismning holati uchta son – koordinatalar bilan to’liq aniqlanadi;

  • izotrop – ajratilgan yo’nalishlar bo’yicha barcha xossalar bir hil va o’zgarmaydi;

  • bir jinsli – barcha nuqtalarida fazoning xususiyatlari bir hil.

Vaqt ham fizikaviy kattalik bo’lgani uchun uning miqdoriy qiymatlari ayrim sonlardan iborat bo’ladi.
Ammo, uzunlikka o’xshash vaqtning absolyut qiymati yo’q.Vaqt deganda qandaydir vaqt oralig’ini tushunish kerak.
Vaqtning tavsiflari:
-bir o’lchamli - vaqt o’qini yo’nalishni ko’rsatuvchi strelka bilan ta’minlash mumkin;
- bir jinsli - vaqt yo’nalishi o’qidagi barcha nuqtalarda vaqtning xususiyatlari bir xil;
- birxil o’tuvchi.
Vaqtni amaliy o’lchash usullaridan biri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanishdagi Quyosh sutkasidan iborat.Unga ketgan vaqtning 86400 dan bir ulushi sekunddir.
Vaqtni o’lchash usullarining eng anig’i deb Tseziy atomining asosiy holatlariga tegishli ikki energetik sathlar orasini o’tishda elektromagnit nurlanishning 9192631770 marta tebranishiga ketgan vaqt olinadi. Bu vaqt bir sekundga tengdir.

Download 86.72 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 86.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati

Download 86.72 Kb.