• Shartli musbat yunalish.
  • Asosiy tushunchalar




    Download 251.78 Kb.
    bet1/5
    Sana03.10.2023
    Hajmi251.78 Kb.
    #86186
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    O\'zgarmas tok zanjirlarini hisoblash
    HEMIS Student manual, Gidravlika 2, Fizik kimyo Akbarov, all, DARS JADVALI, таркат, 13K-22 EEE Ishchi oquv dasturi, Dars jadvali, курс иши методичка бажариш (1), 0‘ZGARMAS TOK MASHINALARI, Схемотехника 1-4, 8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, po\'latlarga termik-kimyoviy ishlov berish, 7as termo dinamika, Практикум Методичка Железауглеродистые сплавы

    O’zgarmas tok elektr zanjirlari


    Asosiy tushunchalar
    Elektr zanjiri deb elektr toki harakati uchun zarur bo’lgan qo’rilma va elementlardan iborat berk zanjirga aytiladi. Bu zanjir manba, is‘temolchi va yordamchi elementlardan iborat bo’lib, zanjirda doimiy tok oqib turushi uchun zanjir berk bo’lishi zarur.
    Elektr zanjiri elementlari parametrlari, oqib o’tayotgan tokning parametrlariga bog’liq bo’lmasa bunday elektr zanjirlari chiziqli elektr zanjirlari deb ataladi. Agar elektr zanjiri elementlari parametrlari, oqib o’tayotgan tokning parametrlariga bog’liq bo’lsa, bu elektr zanjirlari nochiziqli elektr zanjirlari deyiladi.
    Chiziqli elektr zanjirlari-barcha elementlari chiziqli xarakterga ega bo’lgan zanjirlar.
    Nochiziqli elektr zanjirlari-elektr zanjirining elementlaridan hech bo’lmaganda bittasi nochiziqli xususiyatga ega bo’lgan zanjirlar.
    Elektr sxemasi- elektr zanjirining grafik tasviri hisoblanib, zanjir elementlarining shartli kurinishi va ularning ulanish usullari tasviridir.
    Elektr zanjiri tarmog„i –elektr zanjirining bir xil qiymatdagi tok oqib o’tadigan qismiga aytiladi. Tarmoq bir yoki bir nechta ketma-ket ulangan elementlardan tashkil topadi. Tarmoqdagi elementlar sonini ―p” harfi bilan belgilashga kelishilgan.
    Elektr zanjiri tuguni- uch yoki undan ortiq tarmoqlarning ulanish joyi. Bir juft tugunga ulangan barcha tarmoqlar parallel ulangan hisoblanadi. Tugunlar sonini “q” harfi bilan belgilashga kelishib olingan.
    Kontur- bir nechta elektr tarmoqlarning iborat yopiq zanjir.
    Mustaqil kontur-tarkibida hech bo’lmaganda bitta boshqa konturga taaluqli bo’lmagan tarmog’i bo’lgan kontur. Elektr sxemadagi mustaqil konturlar soni n=p-(q-1).



    R01
    E1
    3 3
    1.1-rasm
    Shartli musbat yunalish. Elektr zanjirida yoki uning elementlarida bo’ladigan jarayonlar tenglamasini tug’ri tuzish uchun EYUK manbasi, tarmoqlardagi toklar va tugunlar orasidagi kuchlanishning shartli yunalishi tanlab olinadi. Elektr sxemalarida bu strelka yordamida belgilanadi. (1.1-rasm)

        1. EYUK manbasi uchun- ixtiyoriy olinib, strelka yunalgan tomon potensiali teskari tomon potensialiga qaraganda kattaroq qiymatga ega bo’ladi.

        2. tarmoqlardagi toklar uchun- EYUK manbasi bo’lgan tarmoqlarda EYUK yunalishi bilan bir xil, qolgan tarmoqlarda esa ixtiyoriy olinadi.

    v) kuchlanish uchun- tarmoqdagi yoki zanjir elementidagi tok yunalishi bilan bir xil olinadi.
    Elektr zanjiridagi EYUK manbasini kuchlanish manbasi bilan almashtirish mumkin. Bunda kuchlanish manbasining shartli musbat yunalishi EYUK manbasi yunalishiga teskari tomonga qaratib olinadi. (1.2-rasmgi U1 va U2 kuchlanishlarga qarang)

    Download 251.78 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 251.78 Kb.