• 2. Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi.
  • 3. Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi.
  • Hisoblash jarayonlarining grafik tasviri va turlari




    Download 0.52 Mb.
    bet1/6
    Sana28.03.2024
    Hajmi0.52 Mb.
    #180413
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    9-amaliy IAKT (4)
    2-ma`ruza. Intelektual tizim tasnifi. Intelektual axborot tizimi, Самостоятельная работа (1), Шаблон учун, raqamli texnologiya, eng-xavfsiz-shifrlash-algoritmlari, IBET1243 (1), Intizom Ma `lumot texnologiyalar dars mavzu Microsoft Word da-genderi.org, 126 1684497155, 4-laboratoriya, Baxtiyorov Nodirbek (2), Ishlab chiqarishning[1], 11. Kvadratik formalar (3), Kompyuter viruslari va viruslardan himoya qilish muammolarini hal, Elektron Chaqiruv xati BT, 9-informatika-darslik

    9-AMALIY MASHG’ULOT
    HISOBLASH JARAYONLARINING GRAFIK TASVIRI VA TURLARI
    Mashgʻulotning maqsadi: Algoritm turlari va tasvirlash usullarini misollar yordamida tanishib chiqish va mustahkamlash.
    NAZARIY QISM
    1. Algoritmning so‘zlar yordamida ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma tabiiy tildagi jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi. Bunda algoritmning har bir buyrug‘i ijrochiga tushunarli so‘zlar orqali ifodalanadi.
    Аlgоritmlаrning so‘zlar yordamida ifodalanishiga oid misol keltirib o‘tamiz.
    1-masala. Tоmоnlаrigа ko‘rа to‘g‘ri to‘rtburchаkning pеrimеtri, diаgоnаli vа yuzаsini hisоblаsh:
    1) boshlansin;
    2) tomonlar qiymati kiritilsin (a, b);
    3) perimetr qiymati hisoblansin (P);
    4) diagonal qiymati hisoblansin (D);
    5) yuzasi hisoblansin (S);
    6) perimetr, diagonal va yuza qiymatlari chop etilsin;
    7) tugatilsin.
    2. Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi. Bu usulda algoritmning har bir amali matematik formulalar yordamida ifodalanadi. Algoritm amallarini ifodalashda oddiy matematik yozuvlardan foydalanish mumkin. Bu usuldan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulga ba’zan analitik ifodalash ham deyiladi.
    Endi 1-masalaning formulalar yordamida ifodalanishini ko‘rib chiqamiz:
    1) boshlansin;
    2) to‘rtburchak tomonlari a va b ning qiymatlari aniqlansin;
    3) P=2*a+2*b;
    4) D=√(a2+b2 );
    5) S=a*b;
    6) P, D va S qiymatlar chop etilsin;
    7) tugatilsin.
    3. Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishidan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan dars jadvali, Pifagor jadvali, kimyoviy elementlar jadvali va h. k. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlar qiymatlarining jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bunday jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lganligi tufayli, ularni o‘zlashtirib olish oson.
    Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘la oladi. Masalan, y=x²+2 algoritmi asosida harakat qilayotgan ijrochi o‘tadigan nuqtalarning ba’zilari ko‘rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:


    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash jarayonlarining grafik tasviri va turlari

    Download 0.52 Mb.