1. Ma’ruza. Quymakorlik texnologiyalari faniga kirish




Download 24,23 Kb.
bet3/5
Sana02.12.2023
Hajmi24,23 Kb.
#109865
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- маруза

Marganets. Marganets cho’yanlardagi ferrit va tsementit fazalarida erib, qattiq eritma hosil qilish bilan birga uglerodning grafit tarzida ajralib chiqishiga qarshilik ko’rsatadi. TSementit hosil bo’lishiga yordam beradi. Marganets cho’yanning sifatini pasaytiruvchi oltingugurtning zararli ta’sirini kamaytiradi. CHo’yanlarda marganetsning miqdori, odatda 0,5 – 0,8% oralig’ida bo’ladi.
Fosfor. Fosfor cho’yanlarning mexanikaviy xossalarini yomonlashtiradigan elementdir. Agar cho’yanlarda fosfor miqdori 0,5% gacha bo’lsa, uning anchagina qismi likvatsiya tufayli fosforli evtektika hosil qiladi. Bu evtektika cho’yanning mo’rtligini oshiradi. SHu sababli katta puxtalik talab qilinmaydigan murakkab shaklli buyumlar (bezak buyumlari) tayyorlashda fosfor foydali qo’shimcha xisoblanadi. Muxim quyma detallarda fosfor miqdori 0,2 – 0,3% dan oshmasligi kerak. Oq cho’yanlar tarkibida uglerod kimyoviy birikma karbid xolatida bo’ladi. Oq cho’yan tsementit va perlitdan tuzilgan.
CHo’yanning bu turi sindirilsa, uning singan joyi xira oq tusda ko’rinadi, shuning uchun u oq cho’yan deb ataladi. Oq cho’yan juda qattiq (XB = 400…500) va mo’rtdir, unga kesuvchi asboblar bilan kesib ishlov berib bo’lmaydi. Sanoatga bunday cho’yanlardan, asosan po’lat olinadi, shu sababli uni qayta ishlanuvchan cho’yan ham deb ataladi. Oq cho’yanning bir qismi bolg’alanuvchan cho’yan olishga sarflanadi.
Qo’lrang cho’yanning tarkibida uglerodning juda ko’p qismi grafit tarzida bo’ladi. Bu cho’yanning qolipga quyilish xossasi yuqori bo’lganligi uchun u quymakorlik cho’yani deb ham ataladi.

Tarkibida 0,8 % S bo’lgan qotishmaning strukturasi 727oS gacha austenitdan iborat bo’ladi. Sekin sovitilganda S nuqtada austenit ferrit plastinkalari va tsementit aralashmasiga parchalanadi (perlit). Perlit - evtektoid deb ataladi. Tarkibida 0,8 % gacha uglerod bo’lgan po’latlar evtektoidgacha bo’lgan po’latlar deb, 0,8 % dan ko’p miqdorda uglerod bo’lgan po’latlar esa evtektoiddan keyingi po’latlar deb aytiladi.



Download 24,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 24,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ma’ruza. Quymakorlik texnologiyalari faniga kirish

Download 24,23 Kb.