|
Kompyuter arxitekturasi va asosiy qurilmalari
|
bet | 5/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 358,82 Kb. | | #228353 |
Bog'liq 1 Ma’ruza Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanKompyuter arxitekturasi va asosiy qurilmalari
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi.
EHM tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.
Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Birinchi avlod EHMlari — bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan «bazaviy EHM»dir.
Ikkinchi avlod EHMlari — bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi;
Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo’ladi. BESM-6, YeS EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi.
Тo’rtinchi avlod EHMlari — bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida xar biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi.
Beshinchi avlod EHMlari — bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta’minoti va muloqot protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun’iy tafakkur mashinalaridir.
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).Markaziy protsessorKiritish – chiqarish kanallari Kontrollerlar Tashqi xotira qurilmalariTashqi kiritish-chiqarish qurilmalari
Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi.
|
| |