|
1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi
|
bet | 29/36 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 257,28 Kb. | | #136546 |
Bog'liq 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org14 – modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro’yxatga olish markazi tomonidan beriladi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u ro’yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Qog’oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi ro’yxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va ro’yxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa ro’yxatga olish markazida saqlanadi.
Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko’chirma nusxalarini berishga doir xizmatlar ro’yxatga olish markazi tomonidan bepul ko’rsatiladi.
15–modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida, arizada ko’rsatilgan muddatga, lekin mazkur sertifikatning amal qilish muhlatidan ko’p bo’lmagan muddatga ro’yxatga olish markazi tomonidan to’xtatib turilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi arizasi tushganda ro’yxatga olish markazi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga tegishli yozuv kiritadi va ayni bir vaqtning o’zida bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi to’xtatib turilgan muddat ichida ro’yxatga olish markazi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasiga binoan mazkur sertifikatning amal qilishini qayta tiklashi mumkin.
16–modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida ro’yxatga olish markazi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ro’yxatga olish markazi, elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining roziligidan qati nazar, quyidagi hollarda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilishi shart, agar:
mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugagan bo’lsa;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilishiga asos bo’lgan hujjatning amal qilishi tugatilganligi aniq ma’lum bo’lsa;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10 – moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o’z majburiyatlarini bajarmagan hollar aniqlangan bo’lsa.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish muddati tugagan va elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining uni qayta tiklash haqida arizasi bo’lmagan taqdirda ham elektron raqamli imzo kalitining sertifikati bekor qilinishi kerak.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi olingan yoki ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida bayon qilingan holatlar yuzaga kelgan kunda ro’yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish to’g’risidagi yozuv ro’yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga kiritilib, bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi xabardor qilinadi.
|
| |