1-Mavzu: Axborot texnologiyasi haqida tushuncha. 1-§. Axborot tushunchasi




Download 20,24 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2024
Hajmi20,24 Kb.
#151374
  1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu

1-Mavzu: Axborot texnologiyasi haqida tushuncha.

1.1-§. Axborot tushunchasi


Axborotlashtirish faoliyatining rivojlanishida ularni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va jamiyatda ilmiy axborotlarni tarqalishi natijasida yangi ilmiy yo‘nalish — informatika vujudga keldi. XX asrning 50yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika termini fransuz so‘zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo‘lgan. Informatika kompyuter texnikasini qo‘llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir. Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo‘llash usullarini o‘rganadigan fandir. Demak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. Axborot informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Informatika tavsifi. Axborot iste’molchisi - axborotni qayerda va qaysi aniq masala uchun ishlatilishi, foydalanish turi va vazifasiga qarab unga baho beradi. Shunga ko‘ra informatikani progmatik, semantik va sintaktik jabhalarga ajratish mumkin.
Informatika o‘rganadigan va o‘zaro bog‘langan uchta asosiy tushuncha bor. Bular axborot, algoritm va EHM dir.
Axborot texnologiyalari fanining maqsadi zamonaviy texnologiyalarni o‘qish jarayoniga oilb qilib, bugungi kunda masalarini yechishda hamda davolash va ilmiy - amaliy faoliyatni sifatli olib borishda, axborot texnologiyasidan to‘g‘ri foydalana oladigan mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir. Axborot atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayriboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni o‘ziga mujassamlashtirgan umummilliy tushunchadir. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi.
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalanadigan ma’lumotlar deb atasa ham bo‘ladi.
Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami to‘g‘risiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib olinsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muasasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta ishlash sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi, ya’ni:
1-bosqich. XIX asirning 2-yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qo‘llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.

Download 20,24 Kb.
  1   2   3




Download 20,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Axborot texnologiyasi haqida tushuncha. 1-§. Axborot tushunchasi

Download 20,24 Kb.