|
1-Mavzu: Axborot texnologiyasi haqida tushuncha. 1-§. Axborot tushunchasi
| bet | 3/3 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 20,24 Kb. | | #151374 |
Bog'liq 1-MavzuMisollar: Ob-havo prognozi ma’lumotlari axborot qabul qiluvchiga (teletomoshabinga) manbadan - meteorolog-mutaxassisdan aloqa kanali - televideniya signallarini uzatuvchi apparatura orqali televizorga uzatiladi.
Jonli mavjudot o‘zining sezgi organlari (ko‘zlari, quloqlari, burni, terisi, tili va shu kabilar) orqali tashqi dunyodan axborot oladi, uni muayyan ketma-ketlikdagi nerv impulslariga aylantiradi, nerv tolalari orqali uzatib, o‘z xotirasida miyaning neyron strukturalari ko‘rinishida saqlaydi, impulslarni qayta ishlash yoki tahlil qilish natijasida o‘z harakatlarini boshqaradi yoki tovush signallari beradi, ya’ni o‘z faoliyatda foydalanadi.
Axborotni qayta ishlash - bir xil informatsion obyektlarni ba’zi algoritmlarni bajarish asosida boshqa informatsion obyektlardan olishdir. Axborotni qayta ishlash axborot ustida bajariladigan asosiy amallardan biri va axborot turli-tuman bo‘lishi va uning ko‘lamini (hajmini) oshirishning asosiy vositasidir.
Axborot ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
-
yaratish;
-
uzatish;
-
qabul qilish;
-
tarqatish;
-
qayta ishlash;
-
ixchamlashtirish;
-
saqlash;
-
va boshqalar.
Axborot ustida muayyan amallar bajarishga oid barcha jarayonlar informatsion jarayonlar deyiladi.
Axborotni qayta ishlash vositalari - insoniyat tomonidan yaratilgan turli qurilmalar va tizimlardir, birinchi navbatda axborotni qayta ishlovchi universal mashina - kompyuterdir.
Kompyuterlar axborotni ba’zi algoritmlarni bajarish asosida qayta ishlaydilar. Tirik organizmlar va o‘simliklar axborotni o‘z sezgi organlari va tizimlari orqali qayta ishlaydilar.
Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir. Axborotning asosiy xossalari quyidagilar:
-
ishonchlilik;
-
to‘liqlik;
-
yaroqlilik;
-
dolzarblik;
-
tushunarlilik.
Agar axborot obyekt haqidagi ma’lumotlarni yoki voqelikni real akslantirsa bunday axborot ishonchli deyiladi. Ko‘pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi bilan xarakterlanadi. Axborotning muvofiqligi - obyekt, hodisa yoki jarayon haqidagi olingan ma’lumotning ma’lum ma’noda real haqiqatga mosligidir. Ishonchli bo‘lmagan axborot uning noto‘g‘ri talqin qilinishiga yoki noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
Ishonchli axborot vaqt o‘tishi bilan ishonchli bo‘lmagan axborotga aylanishi mumkin, ya’ni vaqt o‘tishi bilan u eskirib, voqelikni to‘g‘ri, ro‘yi-rost akslantirmasligi ham mumkin.
Agar axborot tushunish yoki uning asosida to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yetarli darajada bo‘lsa axborot to‘liq deyiladi. To‘liq bo‘lmagan va haddan ziyod ortiqcha axborot qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Semantik (ma’noli) adekvatlik – obyektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai-nazar axborotning ma’noli mazmunini hisoblashni ko‘zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma’lumotlar tahlil qilinadi, ma’nolar bog‘liqligi ko‘riladi. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko‘rsatish mumkin. Sintaktik adekvatlik – axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajadagi axborotni ifodalash usulida axborot elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o‘lchamlari, bu kodlarni o‘zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sabali, bunday axborot ma’lumot deb ataladi.
Pragmatik (foydalanuvchanlik) adekvatlik – axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish sistemasi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (obyekt), foydalanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo‘ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foydalanish bilan bevosita bog‘langan.
Faqat dolzarb axborotgina ahamiyatga ega va u kutilgan natijaga erishish imkonini beradi. Biroq axborotni shoshilib, to‘liq shakllanmagan holda yoki kechiktirilib uzatilishi undan unumli foydalanish imkonini bermaydi. Axborotning qimmatliligi uning qanchalik muhimligi va inson faoliyatgda qo‘llanilib, ijobiy natija olishnishi bilan baholanadi. Agar qimmatli va dolzarb axborot tushunarsiz ifodalangan bo‘lsa, u foyda keltirmasligi va qimmatlilik ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Axborot uning iste’molchisiga tushunarli bo‘lgan tarzda ifodalanishi kerak.
Axborot iste’molchi tomonidan qulay tarzda tushunilib, mohiyati anglanishi va undan oqilona foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Biroq, manbalarda, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarda ba’zi axborotlar murakkab tarzda, tushunib yetish qiyinchilik tug‘diradigan holda, ba’zilarida esa lo‘nda va ravon tilda bayon etiladi. Biror obyekt haqidagi axborot qisqa (ortiqcha belgilarsiz, lo‘nda) yoki keng (ortiqcha belgilar bilan, ko‘p jumlali holda) bayon etilishi mumkin. Qisqa axborot kam xotira sig‘imi talab qilib, undan foydalanish qulay.
Umuman axborotning ikki turini alohida ajratib o‘tish mumkin:
uzluksiz va uzlukli (diskret) Uzluksiz axborot - fazo, vaqt; uzlukli axborot - ma’ruza, teledastur va hokazolar. Axborot o‘lchovlari:
-
1 Kilobayt (Kbayt) = 1024 bayt;
-
1 Megabayt (Mbayt) = 1024 Kbayt;
-
1 Gigabayt (Gbayt) = 1024 Mbayt.
Keyingi paytlarda qayta ishlanadigan axborot hajmi ortib borishi munosabati bilan axborotning katta o‘lchov birliklari ham kiritildi:
1 terabayt (Tbayt) = 1024 Gbayt = 240 bayt:
-
1 Petabayt (Pbayt) = 1024 Tbayt;
-
1 Eksabayt (Ebayt) = 1024 Pbayt;
-
1 Zettabayt (Zbayt) = 1024 Ebayt;
-
1 Yottabayt (Ybayt) = 1024 Zbayt.
Belgilar pozitsiyasi sonini bildirsa, uning tarkibi koddagi belgilarning ma’lum bir alomatga ko‘ra joylashish tartibini belgilaydi. Obyekt uchun uning kodli belgisini berib almashtirish jarayoni kodlashtirish deyiladi.
Kodlashtirish tizimida ikki usuldan foydalaniladi:
-
tasnifli kodlashtirish tizimi;
-
qayd qiluvchi kodlashtirish tizimi.
Tasnifli kodlashtirish tizimida obyektlar avvaldan sinflarga yoki iyerarxik (daraxtsimon) obyektlar tizimiga ajratilib belgilab chiqiladi. Qayd qiluvchi kodlashtirish tizimida obyektlar avvaldan sinflarga ajratilmaydilar.
Masalan: Fakultetning barcha talabalari o‘quv guruhlariga ajratilib, ularga tartib nomeri beriladi. Har bir guruh ichida har bir talaba alfavit tartibi bo‘yicha o‘z qayd nomeri beriladi.
|
| |