Berilganlarning tarmoqli strukturasi
Ma’lumotlarni tashkil qilishga bo‘lgan tarmoqli yondashish iyerarxik kengaytmali bo‘ladi. Iyerarxik strukturali yozuv – avlod bitta ajdodda aniq bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarning tarmoqli strukturasida esa avlodlar ajdodlarda istalgan sonda bo‘lishi mumkin.
Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan, ya’ni yanada aniqrog’i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi nusxalar to‘plamuni taskil qiladi. Bog‘lanishlar ikki xil turdagi yozuvlar uchun aniqlanadi: ajdod va avlod. Aloqa turi nusxasi ajdod yozuv turining bitta nusxasi va avlod yozuv turi tartiblangan nusxalar to‘plamidan tashkil topadi. P ajdod yozuv turi va C avlod yozuv turi bilan berilgan L bog‘lanish turi uchun quyidagi ikki shart bajarilishi kerak:
P turning har bir nusxasi faqat bitta ko‘rinishdagi L ning ajdodi hisoblanadi;
Har bir С ko‘rinishdagi nusxa bittadan ortiq bo‘lmagan L ko‘rinishning avlodi hisoblanadi.
MB tarmoqli sxеmasiga oddiy misol:
Ma'lumotlar bilan ish yuritish
Taxminiy amallar to‘plami quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Bir xil turdagi yozuvlarda ega to‘plamda aniq yozuvni topish;
Ayrim bog‘lanishlar yordamida ajdoddan birinchi avlodga o‘tish;
Ayrim bog‘lanishlar yordamida keyiungi avlodga o‘tish;
Ayrim bog‘lanishlar bo‘yicha avloddan ajdodga o‘tish;
Yangi yozuv yaratish;
Yozuvni o ‘chirish;
Yozuvni modifikatsiyalash;
Bog‘lanishni tashkil etish;
http://fayllar.org
|