• Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi
  • Reja: Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi




    Download 0,62 Mb.
    bet78/111
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #250627
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111
    Bog'liq
    1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.org

    Reja:

      1. Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi

      2. Qo’shilgan kapital bilan bog’liq muomalalarni «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda» aks ettirish tartibi


    Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi

    Korxonaning ustav kapitalining tarkibi uning ta’sis hujjatlari va tashkiliy huquqiy shakliga bog’liqdir. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ta’sis hujjatlari asosida tartibga solinadi.


    Ustav kapitali ro’yxatdan o’tkazilgan miqdorda aks ettiriladi va undan oshib ketishi mumkin emas. Korxonaning ustav kapitalini ko’payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori asosida ta’sis hujjatlariga o’zgarishlar kiritilgandan so’ng amalga oshiriladi.
    Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro’yxatga olingan summada ko’rsatiladi. Korxonaning aksiyadorlik kapitali hisobda ro’yxatdan o’tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasini alohida hisobga olish zarur.
    Aksiyadorlik jamiyatlari o’z ustav kapitalini muomalaga qo’shimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo’li bilan oshirish mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki ularning sonini kamaytirish, shuningdek, jamiyat tomonidan keyinchalik qoplash uchun aksiyalarning bir qismini sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.
    Aksiyalarning likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir ko’rsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini ko’paytirish sababli ushbu operatsiyalarga buxgalteriya yozuvlari qilinmaydi.
    Aksiyadorlarga korxona ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari sifatida ko’rsatiladi va ushbu summa shu nomdagi kontrpassiv schyotda hisobga olinadi.
    Korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi.
    Ustav kapitalining shakllanishidagi o’ziga xos xususiyatlar ularning hisobini yuritishga ham bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot» ko’rsatkichlarining ustav kapitaliga tegishli ustunlari ushbu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda tuzilgan.
    Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda ustav kapitalining yil boshiga qoldig’i (010-satr). Ushbu ko’rsatkich buxgalteriya hisobining 8300 «Ustav kapitali (fondi)ning hisobvaraqlari»ning joriy yilning 1-yanvariga bo’lgan kredit qoldig’i ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
    Navbatdagi ko’rsatkich xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari (100-satr)da korxona ustav kapitali qiymatining o’zgarishi natijasida boshqa manbalardan qo’yilgan mablag’lar summasini ko’rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ustav kapitalining yil oxiridagi qoldig’i (110-satr), yil boshidagi qoldiq summasiga (010-satr) xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari (100-satr)ni qo’shish orqali aniqlanadi.
    Хususiy kapitalning ko’payishi (+), yoki kamayishi (-) (120-satr)ning ustav kapitalining ta’siridagi o’zgarishini ko’rsatadi. Bunda ustav kapitali summasining ko’payishi yoki kamayishi hisobiga xususiy kapital qanchaga o’sgan yoki kamayganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.
    Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning ustav kapitaliga oid ustunlarini to’ldirishdan oldin ularning o’zgarishining buxgalteriya hisobi schyotlaridagi aks ettirilishi tekshirilshi lozim. Buning uchun tekshirish schyotlarning o’zaro bog’lanishi asosida amalga oshiriladi. Bunda dastlab ustav kapitalining o’zgargan summasiga ustav kapitalini hisobga oluvchi 8300-«Ustav kapitali (fondi)ning hisobvaraqlari» bilan 4610-«Тa’sischilarning ustav kapitali (fondi)ga badallar bo’yicha qarzlari» hisobvarag’ining bog’lanishi tekshirilishi lozim. Shundan so’ng ta’sischilarning ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlarini to’lashini tekshiriladi. Ma’lumotlarning to’g’riligini ishonch hosil qilingandan so’ng ularni xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning ustav kapitaliga tegishli ustunlaridagi ko’rsatkichlarini to’ldirish uchun foydalaniladi.
    Ammo qonunchilikka muvofiq korxonalarda ustav kapitali har doim ham o’zgartirilavermaydi.


    Download 0,62 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi

    Download 0,62 Mb.