9
1-rasm. Elektr zanjiri.
Manbada boshqa tur energiya (issiqlik, mexanik, kimyoviy va shunga o`xshashlar) elektr
energiyasiga aylanadi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi
quyidagicha:
- EYUK;
- Galvanik elementlar yoki
akkumulyator batareyalari;
- Ketma-ket ulangan galvanik elementlar;
- Termometrlar;
- Fotoelement;
- O`zgarmas tok mashini generatori;
- O`zgaruvchan tok elektr mashina generatori.
Elektr energiya ist`yemolchilarda boshqa tur energiyalarga aylanadi.
Elektr energiya
iste`molchilari sxemalarda quyidagicha belgilanadi:
- Zaryadlanuvchi akkumulyator;
- O`zgarmas tok dvigateli;
- Elektr peni;
- Chuglanma lampa.
Elektrotexnik qurilmalarni ulab uzish uchun kommutatsion (qurilmalar)
apparatlar ishlatiladi
(uzgichlar, ulagichlar, tumblerlar, va sh. o`.). Elektr zanjirlarini
kommutatsion apparatlari
quyidagicha belgilanadi:
- Bir qutbli (uzgich);
- Pereklyuchatel;
- 3 fazali ulagich (rubilnik).
2-rasm. Sodda o`zgarmas tok zanjiri
Zanjirdan o`tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan
vaqt (t) birligi ichida o`tayotgan elektr zaryadlarining miqdori -q Bilan aniqlanadi, ya`ni tok
kuchi zaryadlarning xarakat tezligiga proporsional kattalikdir:
dt
dq
i
10
Agar zanjirdan o`tayotgan tokning yo`nalishi va qiymati vaqt davomida o`zgarmas
bo`lsa,
bunday tok o`zgarmas tok deyiladi va quyidagicha belgilanadi:
)
(
,
A
t
q
i
c
Kl
A
1
1
1
Elektrotexnik qurilmalarda o`tadigan energetik jarayonlar juda murakkab bo`lib
elektromagnit maydonlarini hosil bo`lishi hamda ularni ifodalovchi miqdorlarni o`zgarishi Bilan
bog`liq. Ularni ifodalash uchun elektromagnit maydonlarni ifodalovchi vektor, elektr va magnit
miqdorlari talab qilinadi, ya`ni elektr E, magnit maydoni N kuchlanganliklari,
magnit induksiyasi
V, elektr toki zichligi j va boshqalar. Lekin ko`p hollarda elektrotexnik qurilmalarni asosiy
hususiyatlari fizika kursidan ma`lum integral tushunchalar orqali ham ifodalanishi mumkin: tok,
EYUK, kuchlanish.