|
Moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar
|
bet | 30/72 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 268,16 Kb. | | #139504 |
Bog'liq 1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz4.4. Moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar
Jahon tajribasining kо‘rsatishicha, iqtisodiyotning ochiqligi rivojlanishi tashqi omillardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. U milliy xо‘jalikda xorijda о‘zlashtirib bо‘lingan ilg‘or texnologiyalardan, mashina va uskunalarning yangi avlodlaridan, ishlab chiqarishni va sotishni boshqarishning zamonaviy tajribasidan foydalanish kо‘lamlarini kengaytirishga, chet eldan qо‘shimcha moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilishga, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasiga qо‘shilishga imkoniyat yaratadi.
Biroq iqtisodiyot “ochiqligi” nafaqat bozor islohotlarini jadallashtiradi, balki iqtisodiy rivojlanishda, ayniqsa rivojlanayotgan va о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun ma’lum xavf-xatarlarni ham vujudga keltiradi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatchilar tomonidan siqib chiqarilishi, alohida tarmoqlarning jahon konyunkturasiga, sanoati rivojlangan mamlakatlarning savdo va sanoat siyosatiga bog‘liqligining о‘sish xavfi paydo bо‘ladi.
XX va XXI asrlarda jahon iqtisodiy rivojlanishiga ikkita yangi holat ta’sir kо‘rsatdi. Birinchidan, konyunktura о‘zgarishlarini tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosat tizimi asta-sekin shakllantirildi. Ikkinchidan, jahon iqtisodiy tuzilmasida moliyaviy (aksiyadorlik kapitali institutining, kapital, valyuta, qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari bozorlari tizimlarining shakllanishida ifodalanuvchi) soha keskin о‘sdi. Jahon iqtisodiyotining mazkur sohasining rivojlanishi natijasida moliyaviy operatsiyalar hajmi moddiy ne’matlar bilan iqtisodiy operatsiyalar hajmidan ancha ortib ketdi.
Bozor mexanizmining amal qilishida davriy takrorlanuvchi inqirozlar о‘zining namoyon bо‘lish shakllarini asta-sekin о‘zgartirdi. Agar sanoatlashtirish davrida moliyaviy buzilishlar (banklarning kasodga uchrash shaklida) asosan keyingi sanoat pasayishlariga olib kelgan bо‘lsa, sanoatlashtirishdan keyingi davrda bunday yaqqol ketma-ketlik о‘z shaklini о‘zgartira boshladi. Moliyaviy soha shunchalik yirik kо‘lamga erishdiki, bu uni о‘z qonuniyatlari bо‘yicha rivojlanuvchi nisbatan mustaqil iqtisodiy blokka aylantirdi. Xususan, moliyaviy sohani ustun ravishda va ishlab chiqarish sohasini nisbatan kamroq qamrab oluvchi inqirozlar kelib chiqdi. Moliyaviy xо‘jalikning bunday “mustaqilligi” moliyaviy buzilishlarning ham nisbiy “mustaqilligini” keltirib chiqardi. Bu esa jahon moliyaviy inqirozlarini rо‘y berishiga olib keladi.
|
| |