• Energetika tarmoqlarida investitsiya muhitini yaxshilash.
  • Global energetik bozorlarni barqarorligini oshirish




    Download 268,16 Kb.
    bet27/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    Global energetik bozorlarni barqarorligini oshirish. Global energetik tizimning samarali faoliyat olib borishi uchun erkin, raqobatbardosh va ochiq bozorlarning mavjudligi hayotiy muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
    Qonunchilikni takomillashtirish, uni ahamiyat darajasini oshirish, soliqqa tortish va tartibga solishning samarali tizimini joriy etish va mustahkamlash, talab va taklif munosabatlariga nisbatan munosib siyosatni olib borish global energetik xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi.
    Barcha davlatlar tomonidan neft banki ma’lumotlarini yaratish, neft bozori va boshqa energetik resurslarining holatlari haqida ma’lumot beruvchi yagona statistik ma’lumotlar standartlarini yaratish va tarqatish katta ahamiyatga ega.
    Energetika tarmoqlarida investitsiya muhitini yaxshilash. Ishlab chiqaruvchi, tranzit va iste’mol qiluvchi davlatlarda oldindan kо‘ra oladigan nazorat tizimini joriy etish, investitsiya sohasida bozor tamoyillariga asoslangan qonunchilikni yaratish, energiya resurslariga bо‘lgan talabning о‘rta muddatli va uzoq muddatli bashoratini ishlab chiqish, soliqqa tortishning aniq va ketma-ketlik asosidagi tizimini yaratish hozirgi davrda dolzarb masala hisoblanadi.
    Global ishlab chiqaruvchi energiya zanjirining barcha bо‘g‘inlarida investitsiyani xalqaro va milliy miqyosda jalb eta olishni ta’minlovchi quyidagi choralarni qabul qilish zarur:
    • energiya samaradorligini oshiruvchi texnologiyalarni joriy etish;
    • ekologik talablarga javob beruvchi samarali texnologiya va usullarni joriy etish;
    • energiyani qayta yaratiluvchi va muqobil (alternativ) manbalarini keng kо‘lamda ishlatishni rag‘batlantirish;
    • neft va gaz qazib chiqarishning samarasini oshirish;
    • neft-gazni qayta ishlash quvvatlarining samarasini oshirish;
    • suyultirilgan tabiiy gazni (STG) global bozorini rivojlantirish;
    • energiya mahsulotlarini transportda tashish va saqlash infratuzilmasini tashkil etish va modernizatsiyalash;
    • energiyani uzatuvchi kuchlarning va tarmoqlarning xavfsizligini va samarasini oshirish.
    Energetik xavfsizlik uchun energetik tarmoqlarda inson resurslarini rivojlantirish va malakali ishchilar bilan ta’minlash, shuningdek, uzoq muddatli energetik xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bо‘lgan energiyaning yangi va innovatsion manbalarini ishga solish ayniqsa muhimdir.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Global energetik bozorlarni barqarorligini oshirish

    Download 268,16 Kb.