• Abduhalilov A.A. Qabul qildi: Aripova M.H.
  • Tushunchalar va tayach iboralar
  • Adabiyotlar
  • Muhandislik fizika




    Download 322.04 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana24.03.2024
    Hajmi322.04 Kb.
    #176141
    TuriReferat
    Bog'liq
    4a финанс Таджиев Ажинияз XFQ, 1aa, Speaking questions, Лекция 05 ТПУГ 2021 Очистка газов, АКТ скрытиеёпик ишлар далолатномаси, 4-mavzu (1), diplom taqvim, D.A.Test asosiy, 0f09641c-62ce-4b09-90b4-0ab2479732b5, 27-Lab, pisa1, Kvota Magistratura-2023 Lot., 01, Husayn Boyqaroning sevimli rafiqasi Gul o, Zakovat 9-sinf


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI 
    TOShKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 
     
     
     
    “MUHANDISLIK FIZIKA” fakulteti 
    “Radioelektronika asoslari” fanidan 
     
     
     
    REFERAT 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Topshirdi: 94-16 RQT guruh talabasi 
    Abduhalilov A.A. 
     
    Qabul qildi: Aripova M.H. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Toshkent 2017 


    Radioelementlar va ularning turlari 
    Tushunchalar va tayach iboralar: solishtirma qarshilik, elektron, 
    teshikcha, anod toki, diod, stablitron, fotodiod, tunelli diod, varikap, yorug’lik 
    diodi. 
    Reja:
     
     
    1. Yarim o’tkazgichlar va ularning xususiyatlari 
    2. Yarim o’tkazgichli diodlar va ularning vazifalari. 
    3. Yarim o’tkazgichli diodlarning turlari . 
    4. Past chastotali to’g’rilagich diodlar
    Yarim o’tkazgich bu solishtirma qarshiligi ρ metallning solishtirma 
    qarshiligidan (ρ
    m
    = 10
    -6 
    – 10
    -4 
    Om sm) katta, o’tkazgichlarning solishtirma 
    qarshiligidan (ρ
    m
    = 10
    11 
    – 10
    12 
    Om sm) kichkina materiallar hisoblanadi. Yarim 
    o’tkazgichlarga Ge – germaniy, Si – kremniy, undan tashqari bir qancha 
    aralashmalar kiradi. Past haroratlarda elektronlar kovalent bog’lanishlarni hosil 
    qiladi va erkin elektronlar mavjud bo’lmaydi, bunda qarshilik juda katta bo’ladi. 
    Harorat oshib borishi bilan elektronlarning bir qismi atomlardan ajraladi va erkin 
    elektronlarga aylanadi. Bunda elektronlar uchun vakant joy hisoblangan 
    teshikchalar paydo bo’ladi. Teshikchalar musbat zaryadlangan zarrachalar kabi 
    bo’ladi. Erkin zaryad tashuvchilar konsentrasiyasi oshib boradi, qarshilik
    kamayadi. Yarim o’tkazgichlarning xususiy o’tkazuvchanligi elektron – 
    teshikchali hisoblanadi. 
    Kremniy kristallida har bir atom to’rtta qo’shnisi bilan bog’langan. Agar unga 
    beshta valentli elektronli donor mishyak aralashmasini qo’shilsa, u holda har bir 
    donor-atomning bitta elektroni erkin bo’lib qoladi. Bunda asosiy zaryad 
    tashuvchisi elektron hisoblangan n turdagi yarim o’tkazgich hosil bo’ladi. 
    Kremniyning toza kristalliga uch valentli indiyning akseptor aralashmasini 
    qo’shilganda bitta bog’lanish to’ldirilmagan bo’lib qoladi, natijada teshikcha hosil 
    bo’ladi. Bunda asosiy zaryad tashuvchilari teshikchalar hisoblangan r tipdagi 
    yarim o’tkazgich hosil bo’ladi. 


    Yarim o’tkazgichli diod deb, yarim o’tkazgichli kristallda n-p o’tishni hosil 
    qilgan, ikki soha chegaralariga tok o’tkazgichi simlardan tayyorlangan elektrod 
    eritib yoki kavsharlanib ulangan asbobga aytiladi. Hozirgi paytda jahon sanoatida 
    past va yuqori quvvatli yarim o’tkazgichli diodlar ko’plab ishlab chiqarilgan va 
    ular turli sohalarda juda keng foydalaniladi. 
    Diodlar yarim o’tkazgichli materiallardan tayyorlanadi. Diodlarning 
    belgilanishida birinchi harfi qaysi materialdan tayyorlanganligini anglatadi, agar A 
    bo’lsa germaniy asosidagi diod, V bo’lsa kremniy asosidagi diod hisoblanadi. ular 
    shisha, metal va plastik korpusga joylashtiriladi.
    Diodlar ikkita o’tkazuvchanlikka ega, ya’ni K-katod va A-anod. barcha 
    diodlarning eng muhim xususiyatlari bo’lib, bitta yo’nalishda ularning qarshiliklari 
    juda kam, unga teskari yo’nalishda qarshilik juda katta bo’lishi hisoblanadi. 
    Diodlarni multimetr yordamida o’lchashda, multimetr past Om qiymatini 
    ko’rsatadi, bu qiymat diodning qarshiligi qiymati bo’lib hisoblanmaydi, balki 
    diodning o’tishlaridagi kuchlanish tushishini anglatadi. Multimetr orqali faqatgina 
    diodning ish holatini tekshirish mumkin hisoblanadi. Agar bir yo’nalishda past 
    ko’satkich, boshqa yo’nalishda juda yuqori ko’rsatkich olinsa, bunday holatda diod 
    ishchi g’olatida bo’ladi. 
    Agar diod zanjirga ulanganda anoddagi kuchlanish katoddagi kuchlanishdan 
    yuqori bo’lsa, u holda diod huddi past qiymatli rezistor kabi ishlaydi va undan tok 
    oqib o’tadi. Agar diod qarama-qarshi ulangan bo’lsa, u holda u katta qarshilikka 
    ega rezistor kabi ishlab, undan tok oqib o’tmaydi. Birinchi holatda diod
    o’tkazuvchi, ikkinchi holatda teskari aloqali diod deb ataladi. 1-rasmda turli 
    diodlarning ko’rinishlari ko’rsatilgan. bu diodlarning sxemalarda ko’rsatilishi 2-
    rasmda ko’rsatilgan. Hozirda amaliyotda qo’llaniladigan maxsus yaratilgan 
    diodlardan foydalanilmoqda. Ularga yuqori tok diodlarini, yuqori tezkorlikda 
    ishlaydigan diodlarni, past kuchlanish tushishida, yorug’likni sezuvchi va turli 
    xajmdagi diodlarni kiritish mumkin. 
    To’g’rilagich diodlar yarim o’tkazgichli diodlar ichida eng ko’p tarqalgan 
    yarim o’tkazgichli diod hisoblanadi (2,a-rasm). Ular o’zgaruvchan tokni o’zgarmas 


    tokka aylantirish uchun qo’llaniladi. To’g’rilagich diodlar uchun xarakterli bo’lib, 
    katta tokni o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lgan, o’tkazuvchanlik holatidagi 
    unchalik katta bo’lmagan qarshilik hisoblanadi.
    1-rasm. Turli diodlarning ko’rinishlari 
    2-rasm. Diodlarning sxematik belgilanishi 
    To’rtta diodni ulash orqali diod ko’prigini hosil qilish mumkin. Bunday 
    qurilma ko’prikli to’g’rilagich deb ataladi. 3-rasmda ko’prik to’g’rilagichlarining
    4 xil ko’rinishi ko’rsatilgan. Yuza montajlar uchun mo’ljallangan qurilma bir 
    tomonidan 45
    ° 
    qiya qilib joylashtiriladi. Bu diodlar sxemaga 4-rasmda ko’rsatilgan 
    tartibda ulanadi. 


    3-rasm. Ko’prik to’g’rilagichlarining ko’rinishi 
    4-rasm.Ko’prik to’g’rilagichining sxemaga ulanishi. 
    Yuqori chastotalai diodlar yuz megagersgacha bo’lgan chastotalarda 
    signallarni nochiziqli elektrik o’zgartirish uchun mo’ljallangandir. Ulardan yuqori 
    chastota signallar detektorlarida, chastota o’zgartirgichlarda, modulyatorlarda va 
    boshqalarda foydalaniladi. Bu diodlarning asosiy xususiyatlari bo’lib, baryerli 
    sig’imlarining unchalik katta emasligi hisoblanadi, bunga p-n o’tish maydonini 
    kamaytirish yo’li bilan erishiladi. 
    Impulsli diodlar tezkor impulsli sistemalarda ishlashga mo’ljallangandir. 
    Ularning asosiy xususiyatlari bo’lib, yuqori chastotali diodlar kabi p-n o’tish 
    maydonini kamligi va turg’un bo’lmagan zaryad tashuvchilarining hosil bo’lish 
    vaqtining unchalik katta emasligi hisoblanadi. Impulsli diodlarning asosiy 
    parametri bo’lib, 
    𝛕
    tik
    - teskari qarshilikning tiklanish vaqti hisoblanadi. Bu 
    parametr yuqori tezkorlikdagi diodlarda bir necha nanosekundni tashkil etadi.
    Tezkor impulsli sxemalarda asosan o’tish maydoni diametri 20-30 mkm, baryer 
    sig’imi 1 pF dan oshmaydigan Shotki diodlari qo’llaniladi. Shotki diodlarining 
    asosiy xususiyatlari bo’lib yarim o’tkazgichda asosiy bo’lmagan zaryad 
    tashuvchilarining injeksiyasi yo’qligi hisoblanadi. O’tish jarayoni davomiyligiga 
    ta’sir ko’rsatuvchi asosiy faktor bo’lib, baryer sig’imining qayta zaryadlanishi 


    hisoblanadi. Shotki diodlari 15 GGs gacha bo’lgan chastotalarda ishlaydi, ularning 
    ulanish vaqti 0,1 ns ni tashkil etadi. 
    Svetodiodlar 
    (yorug’lik tarqatuvchi diodlar) yorug’lik tarqatuvchi 
    kristallardan yaratilgan bo’lib, undan tok o’tganda yorug’lik tarqaladi (5-rasm). 
    Kristall materialning rangiga qarab, qizil, sariq, yashil, ko’k yoki boshqa rangli 
    yorug’lik tarqaladi. Svetodiodlarning eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lib, unga 
    kuchlanish berilganda o’ziga xos kuchlanishning hosil bo’lishi hisoblanadi. Uni 
    o’zgatirgan bilan yorug’lik o’zgarmaydi. Masalan, qizil rangli svetodiod uchun bu 
    kuchlanish 1.7V ni tashkil qiladi, agar uni oshirilsa, diod ishdan chiqadi.
    5-rasm. Svetodiod 
    Svetodiodni sxemaga ulash 6-rasmda ko’rsatilgan. 
    6-rasm. Svetodiodning ulanish sxemasi. 


    Stabilitronlar 
    (2,s 
    va 
    2,d-rasm) 
    kuchlanishni 
    stabillash 
    uchun 
    mo’ljallangandir. Ular shiddatli to’lqin rejimida ishlaydi. Yarim o’tkazgichli 
    diodning teskariga qarab siljishida p-n o’tishda shiddatli elektrik oqim yuzaga 
    keladi. Bunda diod orqali tokning keng diapazonda o’zgarishida, unda kuchlanish 
    juda kam o’zgaradi, ya’ni uning o’zgarishi sezilmaydi.Fotodiod deb - dioddagi 
    teskari tokning qiymati kristall yuzasiga tushayotgan yorug’lik oqimiga to’g’ri 
    proporsional bo’lgan yarim o’tkazgich asbobga aytiladi (2,ye-rasm). Fotodiod 
    quyidagi xususiyatlarga ega: sezgirligi juda yuqori, massasi va xajmi juda kichik, 
    ish vaqti juda katta va kichik manbalarda ishlaydi. Fotodiod shunday qurilganki, 
    uning r-n o’tishiga yorug’lik tushishi bilan qo’shimcha zaryad tashuvchilar paydo 
    bo’ladi, ya’ni asosiy zaryad tashuvchi r sohada elektronlar, asosiy zaryad tashuvchi 
    n soxada kovaklar konsentrasiyasi oshadi va natijada fotodioddan I
    f
    -teskari tok 
    oqadi. Fotodiod ikkita holatda, ya’ni tashqaridan manba ulangan 
    (fotoo’zgartirgich) holatida va tashqaridan manba ulanmagan holatda 
    (fotogenerator) ishlaydi.
    Fotoo’zgartirgich rejimida diodga teskari kuchlanish tushadi. Bu rejimda tok 
    va kuchlanish, yuklanish liniyasi volt-amper xarakteristikalaridan bittasining 
    kesishmasi bo’yicha aniqlanadi. Yorug’lik oqimi o’zgarishi bilan zanjirdagi tok va 
    dioddagi kuchlanish ham o’zgaradi.
    Fotogenerator rejimda zanjirda tashqi kuchlanish manbasi bo’lmaydi. bunday 
    fotogeneratorlarni yarim o’tkazgichli fotoelementlar deb ataladi. Ulardan yorug’lik 
    energiyasini to’g’ridan-to’g’ri elektrik energiyaga o’zgartirishda foydalaniladi. 
    Yorug’lik nurlantiruvchi diodlarda elektrik energiyani yorug’lik tarqatuvchi 
    energiyaga bevosita o’zgartirish amalga oshiriladi. Ulardan qurilmalardagi raqamli 
    – harfli indikatorlarni yaratishda foydalaniladi. Fotodiodlar bitta yo’nalishda katta
    qarshilikka, qarama-qarshi tomonda past qarshilikka ega bo’ladi. Fotodiod va 
    svetodiodlar optoparalarning asosiy edementlari bo’lib hisoblanadi. 
    Optoparalar deb nurlantirish manbasi va qabul qiluvchisi konstruktiv jihatdan 
    birlashtirilgan va o’zaro optik aloqaga ega bo’lgan qurilmaga aytiladi. Optoparada 
    yorug’lik nurlantiruvchi diod elektrik signalni yorug’lik signaliga aylantirib beradi, 


    bu signal optik muhit orqali fotoqabul qilgichga uzatiladi, u yerda yana elektrik 
    signalga aylantiriladi. Signalni bunday o’zgartirilishi signal manbasi bilan 
    yuklanish orasidagi elektrik aloqadan voz kechish imkoniyatini yaratadi. 
    Fotoqabul qilgichlar sifatida fotodiodlardan tashqari yana fototranzistorlardan, 
    fototristorlardan va fotorezistorlardan ham foydalanish mumkin.
    Tunelli diod deb - p-n to’siq sohasida tunel hodisasi sodir bo’lishiga moslanib 
    ishlaydigan asbobga aytiladi (2,va2,g-rasmlar). 
    Shottki diodlari (2,h-rasm) yuqori chastota sxemalarida va sxemalarda, to’g’ri 
    ulashda qayerda kichik kuchlanish tushishi kerak bo’lganda ishlatiladi . 
    Ziner diodlar (2,i-rasm) asosan stabistor (teskari yo’naltirilgan) hisoblanadi. 
    ular turli qurilmalarda kuchlanishni himoyalash va boshqarish uchun ishlatiladi. 
    Undagi kuchlanish o’rnatilgan kuchlanishdan katta bo’lsa, u tokni o’tkazadi.
    Varikaplar (2,j-rasm) bu p-n o’tishda baryerli sig’im foydalanilgan yarim 
    o’tkazgichli diod hisoblanadi. Varikaplardan elektr sig’imini boshqaruvchi 
    element sifatida foydalaniladi. Bu sig’im diodga berilgan teskari kuchlanishga 
    bog’liq hisoblanib, uning kattalashishi bilan u kamayadi. 
    Varikaplar o’zgaruvchan kondensatorlar o’rniga yuqori chastota zanjirlarida 
    foydalaniladi. Unda kuchlanish o’zgarganda, uning katod va anod orasidagi 
    sig’imi o’zgaradi. Varikaplar radioqabul qilgichlarda, qabulqilgich-uzatgichlarda 
    va generatorlarda qo’llaniladi.
    Yevropa standarti bo’yicha diodlar ikkita yoki uchta harf va raqamlar bilan 
    belgilanadi. Birinchi harf diod qanday materialdan ishlab chiqilganligini bildiradi, 
    masalan, A-germaniy, V- kremniy, agar Z bo’lsa stabilitron hisoblanadi. Ikkinchi 
    va uchinchi harflar diodning turi va qo’llanilishini ko’rsatadi, masalan, A-past 
    quvvatli diod, ya’ni AA111, AA113, AA121 va h. ulardan detektorlarda, 
    radioqabul qiluvchilarda foydalaniladi; VA124, VA125 – varikaplar hisoblanib 
    ulardan qabul qiluvchi qurilmalarda foydalaniladi. VV104, VV105 - bitta 
    korpusda ikkita sig’imli diod hisoblanadi. Y – boshqaruvchi diodlarning 
    belgilanishi bo’lib, BY240, BY243,BY244 – plastikli korpusdagi boshqaruvchi 
    diodlar hisoblanib, maksimal 0.8A. tokda ishlaydi. Agar BYY44 ko’rinishda 


    belgilangan bo’lsa, yuqori tokda ishlaydigan diod hisoblanadi. ZY10, ZY30 kabi 
    belgilanishlar yuqori tokda ishlaydigan stabilitronlarni anglatadi. U 
    ndan tashqari Z, G, PD belgilanishlar stabilitronlar uchun cheklanishlar 
    hisoblanadi, masalan, ZF12 (5% dopuska), ZG18 (10% dopuska), ZPD9.1 (5% 
    dopuska). 
    Amerika belgilanishi bo’yicha diodlar 1N yordamida belgilash boshlanadi, 
    masalan, 1N4001 (boshqaruvchi diod), 1N4449 (pereklyucheniye diod) i t.p. 
    Yaponiya stili bo’yicha belgilanish xuddi Amerikaning belgilanishiga 
    o’xshash bo’ladi, lekin N o’rniga S harfidan foydalaniladi. 
    Adabiyotlar 
    1.V. Gureich. Electronic Devices on Discrete Components. CRC Press, -New 
    York, 2014. 
    2. Filipovic D. Miomir. Components of electronic devices 

    Download 322.04 Kb.




    Download 322.04 Kb.
    Pdf ko'rish