• Tayanch so`z va iboralar
  • Pedagogik maqsadga yo’naltirilganlik va o’qituvchining tashqi ko’rinishi.
  • SHunday qilib, o’qituvchining pedagogik texnikasi
  • Pedagogik texnika xususiyatlari.
  • Pedagogik texnikani egallash yo’llari.
  • 4-mavzu. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati reja




    Download 40.77 Kb.
    bet1/2
    Sana26.03.2023
    Hajmi40.77 Kb.
    #46761
      1   2
    Bog'liq
    4-mavzu (1)
    4a финанс Таджиев Ажинияз XFQ, 1aa, Speaking questions, Лекция 05 ТПУГ 2021 Очистка газов, АКТ скрытиеёпик ишлар далолатномаси, diplom taqvim, D.A.Test asosiy, 0f09641c-62ce-4b09-90b4-0ab2479732b5, 27-Lab, pisa1, Kvota Magistratura-2023 Lot., 01, Husayn Boyqaroning sevimli rafiqasi Gul o, Zakovat 9-sinf

    4-mavzu. PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI


    Reja

    1. Pedagoglar texnikasi o’qituvchi faoliyatini tartibga soluvchi shakl sifatida.

    2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.

    3. Maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi ko’rinishi.

    4. Pedagogik texnika malakalarining xususiyatlari va uni egallash yo’llari.



    Tayanch so`z va iboralar:
    Pedagogik texnika, pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari, maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi ko’rinishi, pedagogik texnika malakalarining xususiyatlari.

    Pedagoglar texnikasi o’qituvchi faoliyatini tartibga soluvchi shakl sifatida. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Pedagogik texnika o’qituvchiga o’quv va o’qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi.
    Avvalo, pedagogik texnikaning tarkibiy qismi sifatida o’qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirishi, o’z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etishi, o’z fikr va his -tuyg’ularini so’zda aniq ifodalash malakasini aytib o’tish mumkin.
    Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va pantomimik ifodaligidir. Aniq imo - ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedagogik ta’sir ko’rsatishda ko’p so’zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomila vositalari bo’ladi.
    Pedagogik texnikaning birinchi guruh komponentlari o’z xulqini, yurish turishini boshqarish malakalari bilan bog’liq.

      • O’z gavdasini boshqara olish (mimika, pontomimika);

      • Hissiyoti va kayfiyatini boshqarish (ortiqcha ruhiy charchashlarni yo’qota olishi, ijodiy hissiyotlarni vujudga keltira olishi);

      • ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar (diqqat «yuzidan uqib olish», kuzatuvchanlik, xayol);

      • nutq texnikasi (nafas, ovozni moslashishi, talaffuz tarzi, nutq sur’ati).

    Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari shaxsga va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, ta’lim - tarbiya jarayonining texnologik tomonini yoritadi:

      • didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, qobiliyatlar;

      • talab qo’yish, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish,

      • pedagogik muloqotni boshqarish va boshqalar.

    YOsh o’qituvchilar pedagogik texnikasida quyidagi juz’iy kamchiliklar uchraydi:

    1. O’quvchi yoki uning ota-onasi bilan sidqidildan so’zlasha olmaslik;

    2. G’azabni to’xtata olmaslik yoki uni o’z o’rnida ishlata olmaslik;

    3. O’zida ishonchsizlikni yenga olmasligi;

    4. Nutqdagi nuqson, fikrini ravon bayon eta olmaslik;

    5. Ortiqcha qattiq qo’llik;

    6. Xushmuomala bo’lishdan qo’rqish;

    7. Juda tez gapirish (ayniqsa darsda);

    8. Ortiqcha harakat yoki bir joyda qotib qolish, qo’llarini qayerga qo’yishni bilmaslik;

    9. O’z gavdasini tutishdagi kamchilik (bukchayib, yerga qarab yurish, befoyda kulish, ortiqcha harakat) turli jismlarni qo’lida aylantirib yurishi.

    10. Tovushdagi kamchiliklar: monoton-bir ohangni zerikarli, nutqning hayotiy emasligi, ifodali o’qish malakasini yo’qligi (diksiya).

    11. Nutqdagi kamchiliklar: aniq talaffuz tarzining yo’qligi, xona uchun zarur tovush qattiqligini tanlay bilmasligi.

    YUqoridagi kamchiliklar o’qituvchi uchun o’quvchilarga samarali ta’sir etishga halaqit beradi. Ularga talabalik davridayoq barham berish, bo’lajak pedagoglar uchun juda ahamiyatlidir. Bunga maxsus mashqlarni mustaqil ravishda takrorlash natijasida erishiladi.
    Pedagogik maqsadga yo’naltirilganlik va o’qituvchining tashqi ko’rinishi. Tarbiyachi tashqi ko’rinishi estetik ma’no kasb etgan bo’lishi lozim. Tashqi ko’rinishga e’tiborsiz qarash va haddan tashqari e’tibor berish ham to’gri kelmaydi. O’qituvchining kiyinishi ham yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash ishiga samarali ta’sir ko’rsatishi lozim.
    O’qituvchi yuzidan mehribonlik, harakatida, yurishidan bosiqlik, tabiiylik bilinib turishi kerak.
    O’qituvchi sochining taralishi, kostyumi, kiyimdagi taqinchoqlar ham har doim pedagogik maqsad vazifasiga-tarbiyalanuvchi shaxsi shakllanishishga samarali ta’sir etishga qaratilgan bo’lishi kerak. U zeb-ziynat taqib yurishga, kosmetikaga xuquqi bo’lsa ham, me’yorga amal qilishi va holatni tushunishi zarur. Tarbiyachining estetik ifodasi uning yuz ifodasidan, ochiq ko’ngilligida, harakatidagi vazminlik va ixchamligida, imo-ishorasining haqiqiyligi va o’quvchiga e’tiborliligi, o’z tanasini tutishida bilinib turadi. Aftini tirishtirish, pala-partishlik, imo-ishoraning sun’iyligi, bo’shanglikka yo’l qo’yishi mumkin emas. Hatto, xonaga qanday kirishingiz, bolalarga qanday qarashingiz, salomlashishingiz, stulni qanday surishingiz, xonada yurishingiz-bu «mayda-chuydalarning» hammasi sizni bolaga ta’sir ko’rsatadigan kuchingizdir.
    Vazmin, xushmuomala, o’ziga ishongan tarbiyachi eng kuchli tarbiyachidir.
    O’qituvchining tashqi ko’rinishiga quyidagi talablar qo’yiladi:
    a) o’z hissiy holatlarini boshqara olishi. Pedagogning o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti, rasmiy xarakteriga ega bo’lganligi uchun, «mushaklar siqilishi», o’ziga ishonmaslik, tanglik sezgilarini vujudga keltiradi. O’qituvchilar doimo o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik nazoratida ishlaydi. Bu-o’qituvchi fikrining qat’iyligiga, ovoz apparati holatiga jismoniy holatiga (oyoqlarning qotib qolishi, qo’llarni tayoqqa o’xshab qolishi) ruhiy holatiga (kulgili holda qolishi o’zini uddalay olmaydigan bo’lib ko’rinishi) ta’sir etadi. Bularning hammasi bo’ladigan mashg’ulotga o’zini psixofiziologik nuqtai nazardan moslash, muloqat paytida o’zininng hissiy holatlarini boshqara olishini talab qiladi.
    O’z-o’zini sozlashning eng muhim usullari quyidagilardan iborat:

      • xushmuomalalik va kelajakka ishonch bilan qarashni tarbiyalash;

      • o’z xulqini nazorat qilish (muskullar zo’riqishini rostlash, harakat, nutq va nafas olishni rostlash);

      • faoliyatning biror turida hordiq chiqarish (mehnat terapeyasi, musiqa terapeyasi, kitob o’qish, hazil mutoiba);

      • o’z-o’zini ishontirish, ixlos qilish.

    Ruhiy barqarorlikni tarbiyalashda V.A.Suxamlinskiyning quyidagi foydali maslahatlaridan foydalanish ma’quldir:

    • ortiqcha badqovoq bo’lmaslik;

    • boshqalar nuqsonlarini oshirib ko’rsatmaslik;

    • hazil mutoibaga moyil bo’lish;

    • xushmuomalali bo’lish va kelajakka ishonch bilan qarash.

    Bunday sifatlarni egallash shartlari quyidagicha: o’z kasbini jamiyatdagi o’rnini ongli ravishda tushunish, burch sezgisini ustunligi, pedagogik ziyraklik, hissiy sezuvchanlik hamda o’zini tahlil qilish va to’g’ri baholash.
    Darsga tayyorgarlik ko’rayotgan va o’zida ishonchsizlik, qo’rqinch sezayotgan yosh o’qituvchi jismoniy va ruhiy erkinlikka erishish maqsadida quyidagicha relaksatsiya sezgisi (trening) ni o’tkazishlari tavsiya etiladi.
    - Men tinchman, men ishonch bilan dars berayapman, bolalar meni tinglamoqdalar. Darsda o’zimni bemalol his etaman. Men darsga puxta tayyorlanganman. Dars qiziqarli, bolalarni taniyman va ko’rib turibman. Men darsni yaxshi tugataman. Men bilan bo’lish bolalar uchun nihoyatda qiziqarli. Men o’zimga ishonaman va tetikman. Men o’zimni boshqara olaman. Kayfiyatim yaxshi, o’qitish juda qiziqarli. O’quvchilar meni hurmat qiladilar, talablarimni bajaradilar. Darsdagi mehnat menga yoqadi, men o’qituvchiman.
    YOsh o’qituvchi o’zini ruhiy jihatdan darsga tayyorlashi kerak, har xil qo’rquvdan qutilishi, o’zini erkin tutishi, birinchi darsdagi muvaffaqiyatsizlikdan o’zini yo’qotmasligi, o’z ustida ishlashi ruhiy jihatdan tayyorlanishi lozim.
    Pontomimika – bu gavda, qo’l va oyoq harakatidir. O’qituvchining gavdasi, qul va oyoqlari harakati ham joyida bo’lishi kerak. Pontomimika asosiy fikrni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi. O’qituvchi darsda o’quvchilar oldida to’g’ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig’i 12-15 sm, o’ng oyoq biroz oldinda), barcha harakatlar o’zini oddiyligi va nafisligi bilan o’quvchilar e’tiborini tortishi zarur. Gavda tutish estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og’irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib turish, stul suyanchig’iga tayanib turish, boshni qashlash, qo’lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo’lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo’lishi zarur.
    Mimika - o’z fikri, kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san’ati. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o’quvchilarga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan «uqib» turadilar. SHuning uchun ham o’qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni yashirib turishi ham muhimdir. Oila tashvishlari, tashqaridagi kelishmovchiliklarni dars paytida o’qituvchi o’zining yuz ifodasida bildirmasligi kerak. Piyoda yurish, dam olish, kitob o’qish bilan ruhiy zo’riqishlarni bartaraf qilinadi. YUz ifodasi va harakatlar faqat dars maqsadiga, o’quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo’naltirilishi zarur. YUz ifodasida ko’zlar muhim o’rin tutadi. «Jozibasiz ko’zlar ma’nosiz qalbni aks ettiradi» (K.S.Stanislavskiy).
    O’qituvchi yuz muskullarini va ko’zlarini tez-tez harakatlantirishdan, shu bilan birga ularni birday qotib qolishidan ehtiyot bo’lishi kerak. O’qituvchi nigohi o’quvchilarga qaratilgan bo’lishi, bevosita ko’rish kontaktini vujudga keltirishi zarur. Devor, deraza va shipga qarab turishdan saqlanishi zarur. Barcha o’quvchilarni diqqat markazida ushlab turishga intilishi zarur
    Pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatishda o’kituvchining o’z hissiy psixik holatini boshqarish, o’zida eng qulay hissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash o’zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati muhim rol o’ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o’z - o’zini nazorat kilishni ta’minlaydi. Ko’p yillar davomida sog’lom asab sistemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zerikishdan o’zini tiyishga yordam beradi. SHunday qilib, o’qituvchining pedagogik texnikasi - bu shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o’z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Bolalar bilan bevosita muomala qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari uning xulq atvorida namayon bo’ladi. A.S.Makarenko ularni nazarda tutib, "tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishini bilishi lozim. U o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin" deb yozgan edi.
    Pedagogik texnika o’qituvchi malakalarining xuddi shunday yig’indisidirki, u o’qituvchining eng yaxshi ijodiy xulq atvoriga, boshqacha qilib aytganda har qanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir ko’rsatishga yordam beradi. Mukammal pedagogik texnika pedagogning vaqti va kunlarini ijodiy ish uchun bo’shatib beradi, pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatish jarayoida bolalar bilan muomala qilishda zarur so’zni topish yoki muvaffaqiyatli chiqmagan gap ohangini tushuntirishga o’z fikrini chalg’itmaslik imkonini beradi. Pedagogik texnikani egallab olgan o’qituvchi ovozi bo’g’ilgandan yoki o’zining ish bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir kechinmalarini unutishni bilmaslikdan azoblanib yurmaydi. Demak, pedagogik texnikani egallash o’qituvchining o’z kasb faolyaitidan qanoatlanish darajasini o’sishiga olib kelishi mumkin va lozim.
    Pedagogik texnikaning hamma uchun umumiy bo’lgan malakalarni tadbiq etish sohasini pedagogning bolalar bilan bevosita muomalasini kayd etib o’tamiz. Bundan tashqari xaqiqiy pedagog ta’sir ko’rsatishda o’qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir vaqtda namayon bo’ladi. Nutq, imo - ishora, mimika, harakat bilan birga sodir bo’ladi. Uzluksiz o’zini tuta bilish ta’sirchan vositalarni tanlashga muvaffaqiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi va hakozo.
    Individual pedagogik texnika pedagogning yoshi, mijozi, fe’l atvori, sihat- salomatligi, anatomik- fiziologik xususiyatlariga ancha bog’liq bo’ladi.
    Pedagogik texnikani shakllanishi shaxsning unchalik payqab bo’lmaydigan sifatlariga ham rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. CHunonchi, nutqning ifodali, sof, savodli bo’lishi ustida ishlash, fikrlashning ravon bo’lishiga ta’sir qiladi. Psixik faoliyatni mustaqil tartibga solish usullarini egallash fe’l atvor belgisi bo’lgan hissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi. Pedagogik texnika malakalarning shakllanish darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy madaniyat darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi, desak to’g’ri bo’ladi. Agar pedagogning nutqi qashshoq va tartibsiz bo’lsa, agar u bo’lar bo’lmas sabablar bilan o’z hissiyotlariga erk bersa, didi past, estetik jihatdan omi bo’lsa, u holda "eng to’g’ri" so’zlar ham "eng kerakli" tadbirlar ham tarbiyalanuvchilarning na aql idrokiga, na xissiyatiga ta’sir qiladi.
    Pedagoglarning o’quvchilar bilan bevosita muomalasini maktab o’quvchilarning muomilasiga pedagogik ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos vositasi deb qarash mumkin.
    Pedagogik texnika xususiyatlari. Avvalo pedagogik texnikaning hamma uchun umumiy bo’lgan malakalarni tadbiq etish sohasini pedagogning bolalar bilan bevosita muomalasini qayd qilib o’tamiz. Xuddi ana shu narsa pedagogik texnika malakalrining namoyon bo’lishini ma’lum darajada vaziyat taqozosi bilan, ichki sabab natijasida vujudga keladigan - aytish mumkinki, to’satdan bo’lgan narsaga aylantiradi. Rivojlangan pedagogik texnika o’qituvchiga o’quvchilar bilan muomala qilinganda zarur so’z, gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq topish, eng o’tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalikni va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatini yuklab qolish imkoniyatini beradi.
    Pedagogik texnika malakalarining boshqa muhim xususiyati shundan iboratki, ularning hammasi aniq ifodalangan individual - shaxsiy tusda bo’ladi, ya’ni pedagogning individual, psixik fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika pedagogning yoshi, jinsi, mijozi, fe’l - atvori, sihat - salomatligi, anotomik - fiziologik xususiyatlariga ancha bog’liq bo’ladi.
    Pedagogik texnikaning uchinchi muhim xususiyati shuki, pedagogik ta’sir ko’rsatishdagi xuddi ana shu malakalar orqali pedagogning ma’naviy va estetik nuqtai nazarlari tarbiyalanuvchilarga yanada to’laroq ochib beriladi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanishi darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy madaniyat darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi desak to’g’ri bo’ladi. Agar pedagogning nutqi qashshoq va tartibsiz bo’lsa, agar u bo’lar bo’lmas sabab bilan o’z hissiyotlariga erk bersa, didi past, estetik jihatdan omi bo’lsa, u holda "eng to’gri" so’zlar ham, "eng kerakli" tadbirlar ham tarbiyalanuvchilarning na aql - idrokiga, na hissiyotiga ta’sir qiladi.
    Pedagogik texnikani egallash yo’llari. Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo’llari o’qituvchi rahbarligidagi mashg’ulotlar va mustaqil ishlashdir. Pedagogik texnika malakalarining individual shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’z - o’zini tarbiyalash, ya’ni talabaning o’zida mohir o’qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o’ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari bu harakatda ham pedagogik texnikani egallash muhim rol o’ynashi lozim.
    Tashkiliy - metodik jihatdan pedagogik texnika mashg’ulotlari individual, guruhli yoki ketma - ketlikda o’tkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o’qishda egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir oddiy harakatlar ketma - ket ko’rsatilishi mumkin. Tegishli kunikmalarni ishlab chiqish individual ishlashni dastlab o’qituvchining nazorati va rahbarligida keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi.
    Malaka axborot jarayonidir. Axborot ikki yo’nalishda boshqarish sub’ektidan boshqarish ob’ektiga boradi va aksincha ob’ektdan sub’ektga boradi. Pedagog bevosita shaxslararo muomaladan o’z tarbiyalanuvchilari, umuman jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida g’oyat xilma xil axborotga ega bo’ladi.
    O’z navbatida pedagog o’z tarbiyalanuvchilariga ham maqsadga qaratilgan axborotni, ham uning o’quvchilarga murojaatida tom ma’no tarzida botinan kirib boradigan axborot ma’lum qiladi.
    Pedagogik muomala vositasi sifatida axborotning rolini qarab chiqar ekanmiz, o’quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Bevosita muomala shaxsning g’oyat xilma xil sharoitlarda va ko’rinishlarda urganishga imkon beradi. U faqat shaxsning xulq atvorida namoyon bo’ladigan erkin va eng ta’sirchan tashqi belgilargina qayd etish imkonini berib qolmaydi. Pedagog o’quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda detallarni ham anglab olishga qodir bo’ladi. Bu detallar sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo’lmay, shaxsda sodir bo’layotgan, uni tushunish uchun juda muhim bo’lgan zarur ichki jarayonlar ko’rinishlarining alomatlari bo’yicha bo’lishi ham mumkin. Bu hol shaxsni chuqur tushunish imkonini beradi, tashqi qatlam ostida boshqa usullar bilan aniqlab bo’lmaydigan narsalarni topish imkonini beradi.
    Pedagoglik faoliyati kishini o’zi duch keladigan hodisalarni tahlil etish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. Bu esa o’z sheriklari ahvolini fahmlab bilib olish va ular haqida hukm yuritish qobiliyatini oshiradi. Nihoyat pedagogning o’quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o’quvchilarni hatti - harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sababni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida o’zi tez - tez qayd qilgan dalillardan va o’quvchilarning xulq atvor usullaridan foydalaniladi. Bu narsa pedagoglik faoliyatida ayniqsa sezilib turadi. Bu qonuniy bir holdir. CHunki "Biz kundalik hayotda odamlar bilan muomalada bo’lar ekanmiz ularning xulq atvorini bilib olamiz, chunki biz uni guyo o’qiganday" bo’lamiz, ya’ni xulq atvorning tashqi ko’rinishlari ahamiyatini tushunib olamiz va shu tariqa konteksda hosil bo’lgan o’zining ichki psizologik rejasiga ega bo’lgan tekstning ma’nosini ochib beramiz. Bu "o’qish" yo’l - yo’lakay bo’ladi, chunki atrofimizdagilar bilan muomala jarayonida bizda ularning hulqiga doir ma’lum darajada avtomatik tarzda mavjud bulgan psixologik tag ma’no hosil bo’ladi".
    O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi o’rnini to’ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Bolalar kiradigan turli jamoalar, unga nisbatan tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta yoshdagi kishilar, unga ta’sir etuvchi tevarak atrofidagi voqealikning ketma - ket omillari bir - birlari bilan yetarli darajada aniq vaqtda ishlab chiqilgan aloqa sistemasiga ega emas. Har bir o’quvchiga har xil ta’sirlar oqimi yetib borgan, ular bir - birlari bilan unchalik mos kelmasligi va ma’lum darajada biri ikkinchiga zid kelishi mumkin. Pedagogning o’z tarbiyalanuvchilarga ko’rsatiladigan turli tuman ta’sirlarining xususiyatidan xabardorligi, yana shu ta’sirini birlashtirish, o’rnini to’ldirish va unga tuzatish kiritishga intilish, uning shaxsiy sifatlari o’quvchilarga munosabati va pedagogik mahoratiga qarab, boshqarish vositasi bo’lgan muammolarning samaradorligi ko’p yoki oz darajada bo’lishi mumkin. Pedagogik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi xislatlar va xususiyatlardan ayrimlarini qarab chiqamiz. Bu avvalo, aql idrokning xislatlarini hozirjavoblik, tanqid ko’zi bilan qarash, sobit qadamlik va boshqa bir qator xislatlardir. O’qituvchining nutqi: notiqlik qobiliyatining mavjudligi so’z boyligi va hakazolar ham muhim rol o’ynaydi.
    Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo’lishining shartigina emas, balki ko’p jihatdan o’qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. SHu munosabat bilan o’qituvchining o’zida pedagogik qobiliyatlarining aniq maqsadni ko’zlab tarkib topishi va rivojlanishi katta rol o’ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batomom haqiqiy narsa ekanligini ko’rsatmoqda, masalan shaxs perseptiv xususiyatlarining eng muhim elementi bo’lgan kuzatuvchilik o’qituvchining pedagogik tajriba hosil qilishiga ham, uning maxsus kuch - g’ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O’qituvchi o’zining sotsial psixologik kuzatuvchanligini, ya’ni o’qituvchilar turli xarakter xususiyatlari va mayillari payqab olish qobiliyatinigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo’lish vaziyatiga muvofiq baho berish mahoratini va hokazolarni rivojlantirishga qodirdir. Agar o’qituvchida o’quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosida qurilishiga yo’l - yo’riqlar bo’lsagina, bunday muloqot ro’y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo’l - yo’riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin bunga butunlay erishish mumkin. Albatta katta yoshdagi kishining bolalar muhitiga uzviy ravishda qo’shilib ketishi nihoyatda qiyin narsa. Lekin bu muhitga u yaqinlasha oladi, ancha yaqinlashib boradi. Pedagogda bolalar bilan o’zaro ishonch va do’stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin.
    Tabiat kuchlarini bilish va egallashda juda qisqa vaqt maboynida g’oyat katta muvaffaqiyatlarga erishuvchi odamning hamma boshqa jonzotlar - hayvonlardan farqli tomoni ularda tilning mavjudligidir. O’zining ongi - tili va nutqi bilan inson hamma narsadan ustun turadi.
    Til jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi kuch va millatning mavjudligini ko’satuvchi belgilardan biri hamdir.
    Barcha rivojlangan davlatlarda bo’lganidek bizda ham o’z milliy tilimizni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbek tili bizda davlat tili deb e’lon qilingan va shunga amal qilinmoqda.
    Birinchi prezidentimiz I.Karimov o’z nutqlarida chet tillarni o’rganishning ahamiyati muhimligini ko’rsatish bilan birga yana shunday degan edi: "Ammo shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish, minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo’lmaligi lozim.
    O’z fikrini mutloqo mutaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin"1 . Til aloqa vositasi yoki qurolidir, nutq esa aloqa jarayonining o’zidir.
    Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir.
    Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo’lsa kishilarni o’ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik san’at darajasiga ko’tarilgan. Ularda yetuk inson bo’lish uchun notiqlik san’atini egallashlari shart bo’lgan. 335 yilda Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. Sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq tayyorlash to’g’risida" asari ham notiqlik san’ati haqidadir.
    SHarqda, jumladan Movarounnahrda ham va’zxonlikka katta e’tibor berilgan. Va’zxonlik notiqlik san’atining o’sib borishi bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar ham mukammallashib boradi. Buyuk allomalar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Maxmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Kaykovus va boshqalar tilga, mantiqshunoslik va notiqlikka oid asarlar yaratdilar.
    Kaykovus o’zining "Qobusnoma" asarida farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. "Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening suz bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar ...", deb yozadi alloma. U yana notiq xalq tilini, uning fikri va ruhiyatini bilishi kerak deydi.
    YUsuf hos Xojibning"Qutadg’u bilig" asarida ham til odobi va notiqlik madaniyati haqida juda qimmatli fikrlar bayon etiladi. U qisqa so’zlash, so’zlarga iloji boricha ko’proq ma’no yuklash haqida gapiradi. Til insonning qadr - qimmatini oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin, deydi adib.
    Omonlik tilasang agar sen o’zing,
    Tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing.
    Qizil til qilar qisqa yoshli seni,
    Omonlik tilasang avayla uni.
    Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzish bayroqdoridir. U o’z ijodi bilan o’zbek adabiy tiliga asos soldi. Bu tilning boyliklarini namoyon etdi. Navoiyning "Muhokamatul - lug’atayn", "Mahbubul - qulub", "Nazmul javohir" asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi. "Mahbubul qulub" asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq madaniyati haqida muhim fikrlar beriladi.
    "Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz". "Tilini tiyolgan odam - donishmand oqil; so’zga erk bergan odam - beandishaa va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi, til bilan dil bir bo’lsa yana yaxshi".
    Navoiydan keyingi qator adib, allomalarimiz, jumladan jadid ziyolilari ham til va nutq, til va nutq madaniyati haqida o’zlarining muhim qarashlarini bayon etganlar.
    O’qituvchi, tarbiyachi nutq madaniyatini egallamasa hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, yomon ma’nodagi eski usuldan, bir qolibdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi. O’qituvchi nutqi, o’quvchilar bilan muoamala qilishi uning o’z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Buning uchun esa u gapirishni bilishi lozim. Gapirishni muloqot olib borishni doimo o’rganib borish kerak.
    Pedagogik jamoa bilan, bolalar guruhlari, ayrim o’quvchilar bilan gaplasha olishi kerak. U darsni samarali olib borishi uchun gapirishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi lozim. Birinchi navbatda o’qituvchi suhbatni boshlaganda, gapni masalaning qo’yilishidan boshlashi mumkin. Bu masalada bo’lajak suhbatning ma’nosi mujassamlashgan bo’ladi. Mavzuga diqqatni tortishga urinib ko’rish ham mumkin, bunda gapni erkin, qiziqarli faktni ma’lum qilishdan boshlasa bo’ladi. Suhbatni tugallash ham muhim ahamiyat kasb etadi. U turlicha bo’lishi mumkin. Asosiy g’oyalarni yana bir marta qisqacha bayon qilib berish mumkin uni she’riy satrlar bilan tugallasa ham bo’ladi.
    Bu qoidalarga rioya etish pedagogning so’zlari o’quvchilarga zarur ta’sir ko’rsati uchun shart - sharoit yaratadi. So’z bilan ta’sir ko’rsatishni amalda qo’llanish o’z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko’nikmalariga va o’z his - tuyg’ularini ifodalash uchun aniq shaklni topa bilishga asoslanishi lozim. Bu sohada aktyor ishi osonroq ekanligini e’tirof qilish kerak. Ta’lim - tarbiya ishi rahbarning doimiy tutgan yo’li ba’zan pedagogga his - tuyg’ular va fikrlarni so’z bilan ifodalashda qolibda ish tutishga olib keladi. Ko’pincha so’z bilan ifodalashning bir kolibdaligi o’qituvchi hayajonlanganda va jiddiy ayb, gunoh qilgan o’quvchilarni qoralash lozim bo’lganda yaqqol ifodalanadi.
    Imo - ishora yuz harakatlari bilan ham ta’sir ko’rsatish mumkin. Bunda ham imo - ishoralar so’z - tovush nutqini to’sib qo’ymasligi kerak. Og’zaki ta’sir qilish mazmuni ta’sir ko’rsatishning aniq turiga bog’liq. Agar biz ta’sir qiluvchi nasihatdan foydalansak, nutqimiz nihoyatda muxtasar bo’lishi lozim. Ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish uchun o’ziga xos narsa faqat materialning mazmuni emas, balki nutqning ohangdorligi, bezagi hamdir.
    Hatto oddiy nutqda ham agar kuchli ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish vazifasi qo’yilmasa, faqat axborotning mazmuni emas, gapiruvchining so’zlashish ohangi ham idrok etiladi. Nutq texnikasini takomillashtirish uchun o’z ovozini chetdan turib eshitish muhimdir. Bu o’rinda magnitafon o’qituvchilarga bebaho yordam beradi. Og’zaki ta’sir qilishning har xil turlarini magnit lentasiga bir necha marta yozib olib, eshitib ko’rish zarur, shunga erishish kerakki, u galdan bu galga ovoz ohangi tobora aniqroq bo’lib borsin, hal etilayotgan vazifaga tobora mos kelib, so’zlovchining individual xususiyatlarini juda mukammal ifodalaydigan bo’lsin.
    Pedagogik jarayonda qo’llanadigan o’zaro fikr almashishining asosiy shakllari tahlil qilish va ularga ta’rif berish bo’lajak o’qituvchining kasb - koriga o’z - o’zini tarbiyalashi uchun ham, pedagogik muomala madaniyatini takomillashtirish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.
    Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo’li bilan egallab olishlarini isbotlab beradi. O’qituvchi nutqi o’quvchilar uchun namuna va ularga ta’sir etish vositasidir. Kichik sinf o’quvchilarining nutqlari uncha o’smaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlariga ham, yomon tomonlariga ham bir xilda taqlid qilaveradilar. O’qituvchi nutqining xususiyatlari va nuqsonlari tarbiyalanuvchilar nutqining xususiyatlari va nuqsonlariga aylanib qoladi. SHuning uchun o’qituvchilar nutqiga g’oyat katta talablar qo’yiladi. O’qituvchining nutqi adabiy til mezonlariga javob berishi va bolalarning yoshiga mos, ularga tushunarli bo’lishi kerak, o’qituvchi o’z nutqida ko’proq sinonimlardan antonimlardan foydalanishi kerak.
    Buning uchun u shoshilmasdan, duduqlanmasdan, ona tilidagi hamma tovush so’zlarni to’g’ri, aniq, burro, orfografiya normalariga rioya qilib talaffuz eta bilishi kerak. O’qituvchi ko’pincha bolalarga berilgan savolni bir necha marta takrorlaydi, bu berilgan savolni to’g’ri tushunib olishga, vujudga kelgan pauzani to
    Download 40.77 Kb.
      1   2




    Download 40.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi. Nutq texnikasi va madaniyati reja

    Download 40.77 Kb.