• Ekologik muammo.
  • Degradа́siya
  •  Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi




    Download 268,16 Kb.
    bet23/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    4.1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi
    Jahon iqtisodiyoti hozirgi davrdagi kabi keskin muammolar girdobiga duch kelmagan. Bu muammolarni hal etmasdan turib, insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yо‘lidan rivojlana olmaydi.
    Muammoning global, ya’ni, umumjahon miqyosdagi muammolar ekanligini kо‘rsatuvchi asosiy mezonlar quyidagilar hisoblanadi:
    - olamshumul ahamiyatga egaligi;
    - insonlar hayotining barcha sohalariga taalluqliligi;
    - muammoni hal etishda kо‘pchilik davlatlarning birgalikda harakat qilishi.
    Olimlar va jamoat arboblari orasida mamlakatlar yoki hududlar taraqqiyotidagi о‘ziga xos masalalarning global muammolarga aylanishi hususida turli fikrlar va qarashlar konsepsiyasi mavjud. Shuni qayd etib о‘tish joizki, bu jarayonga asosiy sabab jahon xо‘jaligining XX asr industrial bozor iqtisodiyoti bosqichiga xos bо‘lgan ekstensiv rivojlanishi bо‘ldi. Ammo oxirgi о‘n yilliklarda Yevropa, Amerika va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari о‘z iqtisodiyotlarini intensiv rivojlanish yо‘liga о‘tkazish uchun qanchalik harakatlar qilayotgan bо‘lsalarda, kо‘plab qoloq, rivojlanayotgan, shuningdek, bir qator о‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun intensifikatsiyalash jarayoni yechilmagan eng muhim muammolardan biri bо‘lib qolmoqda.
    Global muammolar orasida ekologik, oziq-ovqat, demografik muammolar asosiy о‘rinni egallaydi.
    Ekologik muammo. Jahon iqtisodiyotida XX asrning 70-90 yillariga kelib, takror ishlab chiqarish va insonlarning xо‘jalik faoliyati orasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida biosfera holatida keskin yomonlashish holati kuzatila boshlandi. Jahon iqtisodiyotida keltirilgan ma’lumotlarda atrof-muhit degradatsiyasi (Degradа́siya, regressiya — protsess uxudsheniya xarakteristik kakogo-libo obyekta ili yavleniya s techeniyem vremeni, postepennoye uxudsheniye, upadok, snijeniye kachestva, razrusheniye materii vsledstviye vneshnego vozdeystviya po zakonam prirodi i...) kо‘lamining kattalashib borayotganligi qayd etiladi. Keyingi 100 yil ichida sayyoramizdagi о‘rmonlarning uchdan ikki qismi yо‘qolib ketdi, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori 13 foizga kо‘paydi, о‘nlab turdagi о‘simlik va hayvonot dunyosi butunlay qirilib ketdi, inson genofondining о‘zi ham oldini olib bо‘lmaydigan mutatsion о‘zgarishlar xavfi ostiga tushib qoldi.
    Ekologik xavf-xatarlarning kuchayishi jahon iqtisodiyotida ekologizatsiyalash jarayonini rivojlantirishga asos bо‘ladi, zero tabiatni himoyalash omillari savdo, investitsiyalar, ishchi kuchi migratsiyasi kabilarga ta’sir etadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, hozirgi kunda umumiy aylanmasi 150 mlrd. dollarga teng bо‘lgan tabiatni asrovchi tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning maxsus bozorlari vujudga kelmoqda.
    Atrof-muhitni himoya qilish tadbirlari eksport qilinadigan mahsulotlarning raqobatbardoshligiga ham ta’sir qiladi, zero iste’molchilar ekologik toza va xavfsiz mahsulotlarni afzal kо‘rishadi. Ekologik muammolar kо‘plab mamlakatlar rivojlanishining strategik dasturlarida markaziy о‘rinlardan birini egallab, global va hududiy xalqaro integratsion tashkilotlarning kun tartibiga olib kirildi. Eng yirik xalqaro tashkilot - BMT 1972 yildan buyon maxsus Atrof-muhit bо‘yicha dastur (YUNEP)ni amalga oshirib kelmoqda. 1992 yilda о‘tkazilgan atrof-muhit bо‘yicha BMT Anjumanining (Rio-de-Janeyro) о‘tkazilishi katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu Anjuman qatnashchilari barqaror rivojlanish tamoyilini qabul qilishdi. Bu tamoyil о‘z ichiga 27 ta tavsiyaviy harakterdagi prinsiplarni olib, ularning mohiyati ekologik xavfsizlikning universal mezonlarini qabul qilish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish, sanoat va harbiy sohadagi chiqindilardan rejali ravishda foydalanish, yangi avlodni atrof-muhitni asrab-avaylashga qarata tarbiyalashdan iboratdir. Rio-de-Janeyrodagi Anjuman «Yer Xartiyasi»ni tayyorlashni belgilab oldi. Bu xartiya XXI asrning ekologik muammosini hal etishning strategik dasturi bо‘lib hisoblanadi.
    Ma’lumki, bizning respublikamiz va shuningdek qо‘shni davlatlar aholisi ham Orol dengizi suvining kamayib ketishi bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni boshdan kechirmoqda. Bu faqat bizning respublikamiz muammosigina bо‘lib qolmasdan, balki global muammo ekanligini jahon hamjamiyati ham bugungi kunda tan olmoqda.
    60-90 yillarda Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa о‘nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada qariyb barcha hayvonot va nabotot olarni tanazzulga uchradi va yо‘qoldi. Bugun Orolbо‘yida nafaqat ekologik, balki dunyo miqyosida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bо‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bо‘ldi.
    Orolbо‘yi mintaqasidagi global muammolarni xalqaro maydonda hal etish chora-tadbirlarini izlab topish tashabbusi bilan respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov BMT minbaridan turib Orol dengizi fojiasining global oqibatlarini xalqaro maydondagi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar bilan, shuningdek xalqaro jamg‘armalarning moliyaviy tashkilotlarini yordami asosida hal etilishi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab о‘tgan edi. Bugungi kunga kelib ushbu tashabbusni qо‘llab-quvvatlagan BMT, YUNESKO, YUNEP, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, YETTB, OTB va boshqa xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar Orol dengizi muammosini hal etish loyihalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish ustida qizg‘in amaliy ishlarni olib borishmoqda.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi

    Download 268,16 Kb.