1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy




Download 11,79 Mb.
bet81/131
Sana21.05.2024
Hajmi11,79 Mb.
#248105
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131
Bog'liq
11-sinf-informatika-dars-ishlanma

Nazariy qism:
Web-sahifalarga mo‘ljallangan animatsiyalar yaratishda Macromedia Flash 8 dasturidan foydalanish samarali hisoblanadi. Macromedia Flash 8 dasturida eng sodda animatsiyalar yaratishni bir nechta bosqichlarda amalga oshirish mumkin. Murakkab animatsiyalar yaratish uchun sizdan biroz vaqt talab etiladi. Animatsiyalar yaratishda qavat Layer va kadrlar Framedan foydalaniladi. Kadrlar va qavatlar Timeline oynasida mavjud bo‘lib, uning umumiy ko’rinishi quyidagicha

Macromedia Flash 8 dasturida kadr qo‘shish uchun F6 tugmasidan, qavat qo‘shish uchun esa Timeline oynasining Insert Layer papkasidan foydalaniladi.
1-mashq. “11-sinf ” so‘zini harakatlantirish.
Bajarish:

  1. Text tool (T) jihozi tanlanib, “11-sinf ” yozuvi kiritiladi.

  2. F5 tugma yordamida kerakli o‘lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.

  3. Hosil qilingan Framening ixtiyoriy qismiga sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi va menyudan Create Motion Tween bandi tanlanadi.



  1. 11-sinf ” yozuvining koordinatalari o‘zgartiriladi (yozuv belgilanib, sichqoncha tugmasi yordamida sudrib kerakli joyga o‘tkaziladi);

  2. Natijani ko‘rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.

2- mashq. To‘rtburchak shakli harakatlanib aylana ko‘rinishiga o‘tish. Bajarish:

  1. To‘rtburchak shakl chiziladi.

  2. F5 tugma yordamida kerakli o‘lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi

  3. Oxirgi Framedagi to'rtburchakni o‘chirib, aylana chiziladi:


Properties bo‘limining /Tween bandidan Share tanlanadi


  1. Natijani ko‘rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.

3- mashq. Shami harakatlantirish.
Bajarish:

  1. Oval Tool (O) jihozi belgilanib, Fill Color bandidan shar tanlanadi.

  2. F5 tugma yordamida kerakli olcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.

  3. Frameda sichqonchani chap tugmasi bosiladi va undan Create Motion Tween qatori belgilanadi.



  1. Shar belgilanib kerakli joyga siljitiladi. Natijani ko‘rish uchun Ctrl+Enter tugmalari bosiladi


  1. Download 11,79 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131




Download 11,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy

Download 11,79 Mb.