|
1-mavzu. Integrativ ta’limning integratsiyadagi o’rni. Mashg’ulot maqsadi
|
Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 40,5 Kb. | | #140700 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot
1-MAVZU. INTEGRATIV TA’LIMNING INTEGRATSIYADAGI O’RNI.
Mashg’ulot maqsadi: Integrativ ta’limning integratsiyadagi o’rnini tushintirish
Asosiy savollar:
1. Integrativ ta’lim.
2. Chegaradosh darslar asosida tuzilgan kurslar.
3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar.
4. Umumiy ilmiy tushuncbalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar.
5. Fan evolutsiyasi bilan bog'liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtayi nazardan o'rganish uslublarini, olamning ilmiy ko'rinishini o'rganisb asosidagi kurslar.
Asosiy tushinchalar:
Tabiiy fanlarni o‘qitishning tizim bo‘yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko‘pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko‘rinishda hikoya qiluvchi boshlang‘ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang‘ich sinflardagi «Tabiatshunoslik») kiradi.
Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. Keng integratsiya jarayoni oldingi ilmiy yo‘nalishlarni bog‘lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keldi. Boshlang‘ich sinflarda ekologik ta’limni kuzatib, o‘qish, tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlariga ekologik mavzular kiritilgani ko‘rinadi. Bir - biriga yaqin chegaradosh fanlarning qatoriga molekulyar biologiya, biofizika, geofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.
Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo‘limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedagogik texnologiya, pedagogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayonini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqa hayot jarayonlariga bog‘liqligini o‘rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informatsiyani qayta ishlash: informatsiyaning tuzilishi va xususiyatlarini, uning shaxs shakllanishidagi o‘rnini o‘rganuvchi informatika. Inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo‘nalish bo‘lgan sistemalarning aloqalarini o‘rganuvchi sinergetikaning qo‘llanilanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarning mazmuni shu fanlar ma’nosi va strukturasi asosida tuziladi.
Umumiy ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar. Bu asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: «materiya», «harakat», «modda», «maydon», «energiya» va boshqalar ko‘p ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarning ish faoliyatrg tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg‘u bilan qarash bo‘ldi.
Nazariyalar orasida integrativ kurs yaratish uchun asos bo‘lib asosiy tabiiy-ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu asosda integrativ kurslar yaratishga urinishlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, ular qovishmaganligi va ma’lum ketma-ketlikka, didaktik maqsadga ega emasligi bilan ajralib turadi.
Fan evolyusiyasi bilan bog‘liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish uslublarini, olamning ilmiy ko‘rinishini o‘rganish asosidagi kurslar. Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo‘llaniluvchi materialning va o‘qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo‘q.
Kompleks obektlar asosida. Integrativ kurs yaratishga asos bo‘lgan kompleks obektlarga Yer, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo‘la oladi. Bu kurslarning bir hil mavzularida bir obekt turli fan nuqtai nazaridan ko‘riladi. Shu xildagi integratsiya o‘tgan asrning yigirmanchi yillarda maorif tizimida qo‘llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda, aytish mumkinki qaytadan tug‘ildi. Bizning nazarimizda, ma’lum hajmda u tabiiy fanlar ta’limiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Turli muammolar asosida. Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko‘p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy bilimlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo‘llaniladi [20; 6-b.]. Bu sinfdagi integrativ kurslar (asosan ekologiya bilan bog‘liq kurslar) 7 maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan. Muammolar bo‘yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta’limning rivojlanishi ham turtki bo‘ldi. Bu yo‘nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma’naviyatining uzviy bog‘liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta’sir ko‘rsatadi degan tasdiqlashni asos qilib olganlar.
Faoliyat asosida. Tabiiy fanlar asosini o‘rganishda o‘quvchilar kitob bilan ishlash, kuzatishlar olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish - turli o‘quv-ta’lim ish faoliyati bilan to‘qnashadilar. O‘quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko‘rinadi. U o‘qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo‘lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlarni o‘qitishda, o‘quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Topshiriq:
1. Integrativ ta’lim.
2. Chegaradosh darslar asosida tuzilgan kurslar.
3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar.
4. Umumiy ilmiy tushuncbalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar.
5. Fan evolutsiyasi bilan bog'liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtayi nazardan o'rganish uslublarini, olamning ilmiy ko'rinishini o'rganisb asosidagi kurslar.
|
| |