• Global tarmoqlar
  • 1-mavzu: Kompyuter tarmog‘i




    Download 1,43 Mb.
    bet3/41
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #240041
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nеchta yaqin binolardagi kompyutеrlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.
    Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyutеrlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki tеlеkommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
    Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyutеrlarini, abonеntlarini, lokal va mintaqaviy
    tarmoqlarini tеlеkommunikatsiya (kabеlli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
    Ko‘pincha «mahalliy tarmoqlar» (локальные сети, LAN, Local Area Network atamasini aynan, katta bo‘lmagan, mahalliy o‘lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni mahalliy tarmoq, deb tushuniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik ko‘rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o‘lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda, global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq, deb atamaydi. Yaqin joylashgan ikkita kompyuterni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog‘lash mumkin yoki hatto, kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog‘lash mumkin. Lekin bunday bog‘lanish ham mahalliy tarmoq, deb atalmaydi. Balki mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‘lib, ko‘p bo‘lmagan kompyuterlarni bog‘lashdir. Haqiqatan mahalliy tarmoq ko‘p hollarda ikkitadan to bir necha o‘nlab kompyuterlarni o‘z tarkibiga oladi. Lekin ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‘lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq, deb atash balki noto‘g‘ridir.
    Ba’zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko‘p kompyuterlarni uzviy bog‘lovchi sistema», deb ta’riflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi, deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bo‘lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek, shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta’rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, marshrutizatorlar va ko‘priklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi, deb qabul qilinadimi yoki yo‘qmi, unchalik tushunarli emas.
    Balki foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq, deb qabul qilinishi aniq bo‘lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir. Ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bo‘lishi kerak bo‘lib, alohida olingan kompyuter resurslaridan foydalanishda kam qulay bo‘lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb, birinchi navbatda, aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bo‘lish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta’rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ta’rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham, albatta, oshishi kerak. Agar yaqin o‘tmishda axborot almashinish tezligi 1-10 Mbit/s yetarli, deb hisoblangan bo‘lsa, hozirda esa o‘rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham faol ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o‘rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini susaytiradi.
    Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi - yuqori tezlikda axborot almashinuvi. Lekin bu birgina farq bo‘lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema’nilikdir, chunki uni yana qayta uzatish lozim bo‘ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda, albatta, maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi.
    Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakllantirish mumkin bo‘ladi:

    • axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lishi;

    • uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin bo‘lgan xatolik ehtimoli 10-7-10-8 darajada bo‘lishi;

    • axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bo‘lishi;

    • tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bo‘lishi kerak.

    Berilgan ta’rifdan kelib chiqadiki, global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mo‘ljallangan va sifatli bo‘lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexa­nizmi ham nisbatan tezlik bo‘yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
    Mahalliy hisoblash tarmog‘idan har turdagi raqamli axborot uzatilish mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon so‘zlashuvlari. elektron xatlar va h.k. Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa, to‘laqonli dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda, lokal tarmoqda quyidagi resurslardan: disk maydonidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu lokal tarmoq vositalari imkoniyatlarining bir qismidir. Masalan, ular har turdagi kompyuterlararo axborot almashinuvini ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bo‘lib, faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar ham bo‘la oladi. Masalan, printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imkonini beradi. Bunday sistema murakkab matematik masalalarni yechishni ko‘p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek, mahalliy tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir vaqtning o‘zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi.
    Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarining ham ba’zi kamchiliklari bor. Xodimlarni o‘qitishga, qo‘shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta’minotiga, ulash kabellariga qo‘shimcha sarflanadigan mablag‘dan tashqari, tarmoqni rivojlantirish, resurslarga ega bo‘lishni boshqarish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya’ni tarmoqning boshqaruvchisi (ma’muri) bo‘lishi kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan ko‘chirilishini chegaralaydi, aks holda, ulash uchun kabellar o‘tkazish lozim bo‘ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda, himoya masalalariga katta e’tibor berilishi lozim. Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bo‘lgan server va mijoz tushunchalarini ham ko‘rish darkordir.
    Servertarmoq abonenti bo‘lib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo‘lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server - bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‘rsatishdan tashqari, boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.
    Mijoz — faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‘z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter — mijoz ham ko‘pincha ish stansiyasi, deyiladi. Odatda, har bir kompyuter bir vaqtning o‘zida ham mijoz va shuningdek, server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va mijozni kompyuterni o‘zi, deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‘z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resursla­ridan foydalanayotgan ilova esa, mijozdir.

    Download 1,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 1,43 Mb.