• Kompyuter virusi.
  • Viruslarga qarshi kurashish usullari.
  • Kasperskiy Antivirus
  • Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar.
  • 1-Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari




    Download 260.5 Kb.
    bet8/9
    Sana27.02.2022
    Hajmi260.5 Kb.
    #18154
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-Mavzu Kompyuter va uning qurilmalari
    0001 UQ Iqtisodiy informatika, AliboyevU, Abror-mb-4, 5110700-Informatika-oqitish-metodikasi
    5-Mavzu: Arxivlash va antivirus dasturlari

    • Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir.

    • Axborot xavfsizligi bu axborot foydalanuvchilariga va ko’plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir


    • Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o’z-o’zidan ko’payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar yetkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi.

    Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo’lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo’qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32, Kasperskiy Antivirus dasturlarini kiritish mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi.
    Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud:

    1. Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish.

    2. Тaniqli virusni zararsizlantirish.

    3. Тaniqli bo’lmagan virusni zarasizlantirish.

    Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar.
    Flesh disklar juda katta hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan yarim o’tkazgichli elementlardan qurilgan xotira. Flesh xotiralar o’lcham jihatidan juda kichik bo’lib foydalanish uchun juda qulash. Ma’lumot yozish tezligi 6700 kbayt/sek gacha yetadi. Ma’lumot o’qish tezligi yesa 18000 kbayt/sek gacha boradi. Flesh xotiralar hozirgi kunda eng asosiy axborot tashuvchilardan hisoblanadi.
    CD disklar – bu kompakt disk so’zlarining bosh harflaridan olingan nomli disklar bo’lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, yumaloq disk ko’rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo’lib, unga ma’lumot disk o’quvchi qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o’qiladi.
    DVD disklar – bu dijital video disk so’zlarining bosh harfidan iborat nomli disklar hisoblanadi. Bu disklar 4.5 Gbayt hajmga ega bo’lib, CD disklarga nisbatan 7 barobar ko’p axborot sig’dirishi mumkin.
    Har ikkala turdagi disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o’qish va saqlash xususiyatiga ega bo’lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega.
    Hozirgi kunda ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW ko’rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o’chirish va qayta yozish mumkin.

    Download 260.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 260.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari

    Download 260.5 Kb.