1-mavzu. “Korxona iqtisodiyoti kursining mazmuni va vazifalari. Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti. O‘zbekistonda yangi korxonani tashkil etish asoslari




Download 115.5 Kb.
bet1/3
Sana22.11.2023
Hajmi115.5 Kb.
#103767
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu
NAZORAT ISHI GEOGRAFIYA, Juraev Sardor, 7-8-Al-Xorazmiy olimpiadasi tuman (2), 5A411101 - Dorivor osimliklar yetishtirish texnologiyasi, 25071, 1EhEFbafIX0IdkMX4GCEEx2T1iNRxhgtgF9Q0q4P, 3-modulga qushimcha, 1 МАЪРУЗА, 16-маъруза, Узбекистан – Государство с великом будущим, Lyuminestsent lampalarni ulanish usullari, Kattalikning qiymati value, Ranglar-jilosida-–-ona-diyor-5-8-sinflar, MAJMUA 2023-2024 YANGI 2-KURS MO\'M MAK REP, Kompyuter grafikasi amliy ish 2



1-MAVZU. “KORXONA IQTISODIYOTI» KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI. KORXONA – MUSTAQIL XO’JALIK YURITUVCHI BOZOR SUB’EKTI. O‘ZBEKISTONDA YANGI KORXONANI TASHKIL ETISH ASOSLARI.
(2 SOAT)


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqqan holda fanning vazifalari.

2. 2017−2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish masalalarini o’rganish.

3. Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida.


4. «Korxona iqtisodiyoti» – iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va bilimlar sohasi tarkibiy qismi.
5. «Korxona iqtisodiyoti» kursining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Annotasiya

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnoma qildi.


2017 - yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo’lida birinchi qadamlarni qo’ydik. 
Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish bo’yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta o’ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo’shimcha 1,5 trillion so’mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo’shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. SHuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug’-gaz qurilmasi, Qizilqum bag’ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo’yicha ishlar davom etmoqda. 
Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan “YOshlik – 1”, “YOshlik – 2” konlarini o’zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg’ona va To’palang suv omborlarini qurish bo’yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Bu yirik inshootlar ham, hech shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim voqea bo’ladi. 
Farg’ona – Marg’ilon yo’nalishidagi temir yo’l tarmog’i ayni paytda elektrlashtirilmoqda. 
YAna bir yirik ob’ekt – Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo’shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. 
O’zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo’lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida kelgusi yili qo’shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to’liq faoliyat boshlaydi. SHular qatorida “O’zagrotex-sanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida yangi yilda 5 mingdan ko’proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq priseplar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. 
Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko’rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. 
Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko’paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga etdi. 

Download 115.5 Kb.
  1   2   3




Download 115.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. “Korxona iqtisodiyoti kursining mazmuni va vazifalari. Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti. O‘zbekistonda yangi korxonani tashkil etish asoslari

Download 115.5 Kb.