• Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili
  • Milliy valyutamizni erkin konvertasiya qilishga kirishdik




    Download 115.5 Kb.
    bet2/3
    Sana22.11.2023
    Hajmi115.5 Kb.
    #103767
    1   2   3
    Bog'liq
    1 mavzu
    NAZORAT ISHI GEOGRAFIYA, Juraev Sardor, 7-8-Al-Xorazmiy olimpiadasi tuman (2), 5A411101 - Dorivor osimliklar yetishtirish texnologiyasi, 25071, 1EhEFbafIX0IdkMX4GCEEx2T1iNRxhgtgF9Q0q4P, 3-modulga qushimcha, 1 МАЪРУЗА, 16-маъруза, Узбекистан – Государство с великом будущим, Lyuminestsent lampalarni ulanish usullari, Kattalikning qiymati value, Ranglar-jilosida-–-ona-diyor-5-8-sinflar, MAJMUA 2023-2024 YANGI 2-KURS MO\'M MAK REP, Kompyuter grafikasi amliy ish 2
    Milliy valyutamizni erkin konvertasiya qilishga kirishdik. YUridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo’ldi. CHet el valyutasining oldi-sotdi operasiyalari hajmi liberalizasiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o’rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. SHu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko’paydi. 
    Joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo’lga qo’yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. YAqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 
    2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
    1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
    1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
    1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
    II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari
    2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
    2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:
    2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:
    2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
    2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
    2.6. YUridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:
    III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
    3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
    3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
    3.3. Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish:
    3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
    .5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
    IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
    4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
    .2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
    4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizasiya qilish:
    .4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
    4.5. YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
    V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar
    5.1. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
    5.2. CHuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
    Mamlakatimizda ham mulkchilikning mazkur shakli tobora katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ayni paytda respublikamizda 1 ming 100 dan ortiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy ustav kapitali 11 trillion 700 milliard so’mdan ortiq bo’lib, so’nggi o’n yilda 5,3 barobar o’sdi.
    Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o’tilgan yo’l – oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim prinsipial ahamiyat kasb etadi.
    SHuningdek, ma’ruzada 2018 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning quyidagi eng muhim ustuvor vazifalari va yo’nalishlari belgilab berildi:
    1) islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizasiya qilish, qabul qilingan dasturini so’zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash;
    2) bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash;
    3) mamlakatimizning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish;
    4) asosiy etakchi sohalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investisiya siyosatini olib borish;
    5) qishloqda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish;
    6) aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa odamlarning daromadini yanada oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish;
    7) 2018 yil – «Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» Davlat dasturini amalga oshirish.
    Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida belgilab berilgan O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish, strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investisiya siyosatini olib borish, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to’liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a’zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab etilishini taqozo etadi. Ayniqsa, 2018 yilni «Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb nomlanishi hamda bu boradagi maxsus Davlat dasturining ishlab chiqilishi yoshlarning jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib etishi yo’lida barchamizdan aniq maqsadga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni talab etadi.
    SHunga ko’ra, Oliy majlisga murojaatnomani talabalar bilan ushbu fan doirasida chuqur va har tomonlama o’rganish, unda ko’rsatib o’tilgan dolzarb masalalarning tub mohiyatini anglash, 2018 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini korxonalar darajasida amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganish “Korxona iqtisodiyoti” fani maqsadlariga to’la mos keladi.
    Ma’ruzada bayon etilgan o’tgan yillardagi erishilgan natijalar, 2018 yilning «Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb nomlanishi va bu boradagi dasturda amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar haqidagi materiallar tegishli mavzu va o’rinlarda o’z ifodasini topgan. Bu esa talabalarga 2017 yilning asosiy yakunlari va 2018 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini mamlakatimizning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid Prezidentimizning qator dasturiy chiqishlari bilan izchil bog’liq holda o’rganish imkonini beradi.
    Islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizasiya qilish, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Xarakatlar strategiyasini so’zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash – 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi sifatida belgilab berildi.
    Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g’oya va ishlanmalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo’ladi.
    2017 yilda yurtimizda gaz ishlab chiqarish hajmi 56,5 milliard kub metrni tashkil etdi. Ammo mazkur soha yillar davomida modernizasiya qilinmagani tufayli yo’qotish miqdori juda katta – 20-23 foizni tashkil etmoqda. Bu boylikning katta qismi bekordan-bekorga isrof bo’layotgani albatta barchamizni o’ylantirishi, tashvishga solishi kerak. CHunki Xudo bunday ne’matni hammaga ham bermagan. Uni qadrlash, har bir misqolini asrab-avaylab ishlatish kerak. 
    Iqtisodiyot – bu hisob-kitob degani. Har bir ishimizda puxta hisob-kitob birinchi o’rinda turishi lozim. Aks holda, hamma ishimiz eski hammom, eski tos bo’lib qolaveradi. Mana, masalan, 2018 yilda 66 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarishimiz kerak. SHundan 17 milliard kub metr gaz “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga etkazib beriladi. Buning hisobidan 56 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Afsuski, bizda elektr uzatish tarmoqlari eskirib ketgan. Buning oqibatida 15-20 foiz elektr energiyasi iste’molchiga etib bormasdan, tarmoqning o’zida behuda yo’qotilmoqda. 

    Download 115.5 Kb.
    1   2   3




    Download 115.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy valyutamizni erkin konvertasiya qilishga kirishdik

    Download 115.5 Kb.