1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari




Download 376,92 Kb.
bet61/94
Sana30.05.2024
Hajmi376,92 Kb.
#257286
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
Bog'liq
1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

6. Davlat qarzlarini boshqarish


Davlatning qarzlari bo’yicha daromadlarni to’lash va ularni qaytarish davlat byudjeti xarajatlarining asosiy moddalaridan biri hisoblanadi. Davlat qarzlari hajmi mamlakat o’zining qarz majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olmaydigan holatga yetganda qarzlarni qaytarish muddatlarini uzaytirish yoki zayomlar bo’yicha to’lanadigan foizlarni qisqartirishga davlat majbur bo’ladi.
Davlat qarzlarini boshqarish – davlat zayomlarini qaytarish, ular bo’yicha daromadlar to’lashni tashkil qilish, oldin chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o’zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo’yicha dav­latning moliyaviy tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Davlat qarzlarini boshqarish qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat. Bu joriy qarzlarga ham, mukammal qarzlarga ham tegishlidir. Joriy qarzlarni qaytarish real manbalar bilan ta’minlash zarur bo’ladi. Mukammal qarzlar uchun qaytarish muddatlarini shunday belgilash kerakki, ularni qaytarish uchun tegishli manbalar mavjud bo’lishi kerak7. Davlatning ichki qarzlari uchun to’lov qobiliyati uning ichki manbalari hisobidan ta’minlanadi. Davlatning tashqi qarzlari bo’yicha to’lov qobiliyati birinchi navbatda valyuta tushumlariga bog’liq. Bu qarzlarni qaytarish imkoniyati to’lov balansining holati bilan aniqlanadi. To’lov balansining ijobiy saldosi davlat­ning to’lov imkoniyatini ta’minlaydigan resursni xarakterlaydi va u oltin-valyuta zahiralarini tartibga solish imkoniyatini beradi.
Qarzlarga xizmat ko’rsatish - bu zayomlarning qaytarilishi, ular bo’yicha foizlarni to’lash va chiqarilgan zayomlarning qaytarilish shartlarining o’zgarishga doir davlat tadbirlarining majmuasidir. Zayomlarni qaytarish byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda davlat o’zining qarzlarini qaytarishni yangi zayomlar chiqarish yo’li bilan amalga oshiradi. Davlat qarziga xizmat ko’rsatish xarajatlarining asosiy qismi foizlarni to’lash, zayomlar bo’yicha yutuqlarni to’lashga ketgan mablag’lar tashkil qiladi. Dav­lat qarziga xizmat ko’rsatishning boshqa xarajatlariga davlat qimmatli qog’ozlarini tayyorlash, jo’natish va sotish, yutuq tirajlarini o’tkazish, tirajlarni yo’q qilish hamda ayrim boshqa tashkiliy xarajatlari kiradi. Ayrim mamalakatlarning davlat byudjeti tarkibida davlat qarz majburiyatlarini joylashtirish, qayta moliyalashtirish, daromadlarni to’lash va qarzlarni qaytarish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun mamlakatning ichki qarziga xizmat ko’rsatish fondi tashkil qilinadi8.
Davlat qarz maj­buriyatlarini boshqarish – bu davlat zayomlarini qaytarish, ular bo’yicha daromad to’lashni tashkil qilish, oldin chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o’zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo’yicha davlatning moliyaviy – tashkiliy tadbirlarining majmuasidir. Dav­lat qarz majburiyatlarini boshqarishning asosiy maqsadi davlat qarzlari hajmini iqtisodiy xavfsiz darajada saqlab turish, davlat qarz majburiyatlariga xizmat ko’rsatish qiymatini ma’lum nisbatga keltirish va davlat majburiyatlarini to’la hajmda va eng past qiymatda bajarilishini ta’minlashdir.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarish usullariga quyidagilar kiradi:
– davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning konversiya usuli – bu davlat tomonidan kreditorlarga to’lanadigan daro­mad bo’yicha foiz stavkasini pasaytirish yoki ko’tarish orqali zayomlar daromadliligini o’zgartirishdir. Bu usul moliyaviy bozorda vaziyat o’zgargan yoki davlatning moliyaviy holati yomonlashgan hollarda qo’llaniladi. Dav­latning moliyaviy holati yomonlashuvi natijasida davlat obligatsiya shartlari bo’yicha ko’zda tutilgan daromadni to’lay olmaslik holatiga kelganda bu usul qo’llaniladi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning konsolidatsiya usuli – bu davlat zayomlarining muddatini o’zaytirish maqsadida avval chiqarilgan zayom bo’yicha majburiyatlarni yangi zayomga o’tkazib berishdir. Bunda, avval chiqarilgan zayom obligatsiyalari yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning unifikasiyalash usuli - bu bir qancha zayomlarni bir zayomga birlashtirishdir. Bunda, ilgari chiqarilgan zayom obligatsiyalari yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi. Bu esa davlat qarzlarini boshqarishni soddalashtiradi. Davlat qarzlarini boshqarishning unifika­siyalash usuli alohida yoki davlat qarzlarini boshqarishning konsolidatsiya usuli bilan birga amalga oshirilishi mumkin.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning regressiv nisbat bo’yicha obligatsiyalarni almashtirish usuli – bu davlat qarzini qisqartirish maqsadida avval chiqarilgan zayom obligatsiyalarini yangi zayom obligatsiyalariga almashtirishdir. Bunda, davlat o’zining qarz bo’yicha majburiyatlaridan qisman bosh tortadi. Shuning uchun ham bu usulni qo’llashda oqilona moliya siyosati yuritish talab qilinadi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning qarzlarni qaytarishning muddatlarini kechiktirish usuli – bu qarzlarni to’lash muddatini kechiktirish orqali ko’chirishdir. Bunda, qarzlarni to’lash muddati ko’chirilgan davr uchun majburiyatlar bo’yicha davlat daromad to’lamaydi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning restrukturizasiya usuli – bu yuqorida ko’rsatilgan usullar majmuasini to’la yoki qisman qo’llanilishidir. Jahon amaliyotida suveren qarzlarni restrukturizasiyalashning bir qarz maj­buriyatlarini boshqalariga almashtirish (obligatsiyaga obligatsiya), davlatning xususiylashtirish dasturi doirasida qarz majbu­riyatlarini aksiyalarga almashtirish (obligatsiyaga aksiya), diskont asosida qarz majburiyatlarini muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (qaytarib sotib olish sxemasi) va qarz majburiyatlarining bir qismini hisobdan chiqarish) kabi sxemalari mavjud.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning majburiyatlarni bekor qilish usuli – bu davlat o’zining qarz majburiyat­larini to’la bekor qilishidir. Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning bu variantini yul qo’yib bo’lmaydigan variant deb qabul qilinadi. Chunki, davlatning obro’i uning o’zini qarz majburiyatlarini tan olishi va qarz majburiyatlarini belgilangan muddatlarda to’la qaytarishiga bog’liq bo’ladi. Davlat moliya­viy nochor bo’lishi, ya’ni, bankrot bo’lishi yoki hokimiyatga yangi siyosiy kuchlar kelishi sababli davlat o’zining qarzlarini bekor qilishini e’lon qilishi mumkin.



Download 376,92 Kb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Download 376,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari

Download 376,92 Kb.