|
A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo
|
bet | 74/94 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 376,92 Kb. | | #257286 |
Bog'liq 1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning moA) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo’yicha tasnifi:
Xarajatlarni davlat organlari funksiyalari bo’yicha tasnifi davlat sektoriga kiruvchi organlariga yuklatilgan funksiyalar va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning to’liq tasnifidan iborat.
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi:
Mussasa va tashkilotlar bo’yicha byudjet tasnifi byudjet xarajatlari
hokimiyatlar, davlat organlari va tashkilot va muassasalar bo’yicha taqsimlashda foydalaniladi.
V) Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi:
Byudjet iqtisodiy tasnifining asosiy vazifasi byudjet va xarajatlar smetasidan o’z aksini topgan xarajatlar va daromadlar turlari va naturalarini belgilab berishdan iborat.
Byudjet iqtisodiy tasnifi 7 ta raqamdan tashkil topgan.
Byudjetdan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1. Fan, talim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi; mahalliy byudjetlardan esa – Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi);
2. Ijtimoiy taminot (respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi; mahalliy byudjetlardan esa – Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi);
3. Aholini ijtimoiy himoya qilish (Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi);
4. Mudofaa, milliy xafsizlik va jamoat tartibini ta’minlash (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
5. Sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash. (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
6. Davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
7. Davlat markazlashtirilgan investisiyalarini amalga oshirish (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
8. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini ta’minlash (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi), Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash esa Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan mablag’ bilan ta’minlanadi);
9. Iqtisodiyotning turli tarmoqlari tashkilotlarini saqlash xarajatlari (respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi; mahalliy byudjetlardan esa – Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida turuvchi tashkilotlar mablag’ bilan ta’minlanadi);
10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va taldablarini amalga oshirish (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi); qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning tarmoq dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish esa Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan mablag’ bilan ta’minlanadi);
11. Yer tuzish, melorativ, tabiyatni muhofaza qilish va epizootsiyaga qarshi kurash chora tadbirlarini amalga oshirish (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
12. Qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
13. Gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora – tadbirlari va boshqalar (respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi);
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarga qilinadigan xarajatlar davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog’liqdir. Bu xarajatlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
1) xalq ta’limi, mutaxassis kadrlari tayyorlash;
2) madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari;
3) sog’liqni saqlash;
4) jismoniy tarbiya va sport;
5) ijtimoiy ta’minot.
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarga qilinadigan xarajatlar smeta tartibida rejalashtirish tamoyillari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash aniq tadbirlar va xarajat turlari bo’yicha mablag’ bilan ta’minlashtiriladi. Xarajatlar hajmi o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan noishlab chiqarish tarmoq sohalari tashkilotlarida ishlab-chiqiladigan smetalar va moliya organlarida tuziladigan mablag’ bilan ta’minlash hisob-kitoblari asosida aniqlanadi. Hamma hisob-kitoblar asosida tashkilotlarning faoliyatini xarakterlaydigan qancha kontengentga (o’quvchilar, hisob guruhlari, sinflar, koykalar, o’tkazilgan operatsiya va boshqalar miqdori) xizmat qilish ko’rsatkichlari yotadi. Bunda yil davomida qancha vaqt faoliyat ko’rsatishi ham hisobga olinadi. Bu ko’rsatkichlar hisob-kitob o’lchovlari sifatida xizmat qiladi. Hisob-kitob o’lchovi qilinadigan pul xarajatlari byudjet tashkilotining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan me’yor bo’yicha belgilanadi.
Sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish va uni bosqichma – bosqich qayta tashkil qilish, ko’p kanalli mablag’ bilan ta’minlashni joriy etish, davolash tashkilotlariga mablag’lar amalga oshiriladigan xizmatlarning hajmi va sifatiga ko’ra ajratishni ko’zda tutadi. Byudjet mablag’larining katta so’mmasi internat uylarini saqlashga, tibbiy mehnat ekspertezalariga, protezlashga va boshqa tadbirlarga yo’naltiriladi.
Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash (mablag’ ajratish) doirasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari;
joriy byudjet transfertlari;
kapital xarajatlar: a) asosiy fondlar va vositalarini (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham ular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun sotib olish va takror ishlab chiqarish; b)chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk sotib olishga; v)davlat ehtiyojlari uchun yerga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni sotib olishga; g) davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
kapital xarajatlarini qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari;
rezidentlik shaxslarga va chet davlatlarga beriladigan byudjet ssudalari;
davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari (byudjet dotatsiyasi deganda o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlarni o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari tushuniladi. Byudjet ssudasi deganda yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoki respublika byudjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet davlatga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’ tushuniladi);
|
| |