Multisim dasturi haqida umumiy ma’lumot




Download 0,97 Mb.
bet4/4
Sana11.01.2024
Hajmi0,97 Mb.
#135021
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu

1.1 Multisim dasturi haqida umumiy ma’lumot
Fizika fanini o‘qitish jarayonida egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Ammo bu mashg‘ulotlarning aksariyat qismida kutilgan natijaga erishilmaydi. Bunday salbiy holatning kuzatilishiga laboratoriya stendlarining etarli emasligi, zamonaviy asboblar, qurilmalar bilan ta’minlanmaganligi kabi sabablarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ushbu muammoni mashg‘ulotlar jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish yordamida bartaraf qilish mumkin.
Virtual laboratoriya dasturiy kompleks bo‘lib, foydalanuvchida har xil turdagi qurilmalar va tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish va ularni har tomonlama tadqiq qilish imkoniyatini beradi .
Foydalanuvchiga bunday imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri Electronics Workbench Multisim dasturi hisoblanadi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish mumkin. Ammo to‘g`ri natijalar olish uchun foydalanuvchi dastur bilan ishlash qoidalari va usullarini o‘zlashtirgan va ularni elektron sxemalardagi jarayonlarni o‘rganish va tadqiq qilish uchun qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Ushbu dasturning imkoniyatlaridan Fizika fanining elektr bo‘limiga oid amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari jarayonida ham foydalanish mumkin
Misol tariqasida “Yarim o‘tkazgichli diodning volt - amper xarakteristikasini o‘rganish” nomli laboratoriya ishini loyihalash jarayonini qarab chiqamiz.
Electronics Workbench Multisim dasturi interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat (1.1-rasm).
1.1-rasm. Electronics Workbench Multisim kompleksining interfeysi.

Asboblar panelidan sxemani tuzish uchun zarur bo‘lgan asboblarni tanlab olib rasmdagidek sxemani tuzamiz.
1.2-rasm. a, b Prinsipial sxemasi.

a)

b)
Funksional generator va otsillografning parametrlari optimal holatga keltirilib, uzib-ulagich yordamida zanjirni ishga tushiramiz. Natijada otsillograf ekranida diodning volt-amper xarakteristikasi ko‘rinadi (2.3-rasm).
1.3-rasm. Diodning volt-amper xarakteristikasi

Hosil qilingan grafikni statistik tahlil qilish orqali yarim o‘tkazgichli dioddan to‘g‘ri p-n o‘tish va teskari p-n o‘tish yo‘nalishda o‘tadigan tok kuchining qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligi qiymatlarini aniqlashimiz mumkin.
Dars jarayonida bunday dastrulardan foydalanib mashg’ulotlarni tashkil etish jarayonida o‘quvchilar berilgan laboratoriya ishlarini bajarish, hamda ularni yaxshi tushinish va chuqur o‘zlashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.


Download 0,97 Mb.
1   2   3   4




Download 0,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multisim dasturi haqida umumiy ma’lumot

Download 0,97 Mb.