|
-rasm. Elektrodemineralizatorning printsipial sxemasi
|
bet | 2/5 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 471,25 Kb. | | #270361 |
Bog'liq 2-Mavzu8-rasm. Elektrodemineralizatorning printsipial sxemasi
Uning ishlash printsipi:
Neft tarkibidagi tuzlarni suvda diffuziyalanishini ta'minlash. Buning
uchun qaynoq suv bir necha joydan neft tarkibiga purkaladi va emultsiyalangan "neft - suv" aralashmasi demineralizatorga yuboriladi. Suvning umumiy miqdori 3 - 6% ni tashkil etib, aralashtirgich yordamida aralashtirilib turiladi.
Suv tomchilarini elektrokoalestsentsiyalash. Suvning neftdagi emultsiyasi uzluksiz neft fazasida suv tomchilarining tarqalishidan hosil bo'lgan 1/9 mikron o'lchamdagi zarrachalardan iborat. Bu zarrachalarni neft tarkibidan ajratish (separatsiyalash) uchun gravitatsion ta'sir tufayli yiriklashtirilib, suv qatlam holiga o'tkaziladi (dekantatsiyalanadi).
Suv tomchilarining o'zaro birikib yiriklashuvi - koalestsentsiya hodisasi deyiladi. Bunga quyidagi omillar to'sqinlik qilishi mumkin:
juda yuqori tezlikda neft va suvni aralashtirish natijasida barqaror emultsiya hosil bo'lishi;
suv tomchilarining o'zaro qo'shilishini qiyinlashtiruvchi moddalar (naftenatlar va temir sulfid)ni tomchilar atrofida yig'ilib qolishi;
aksariyat hollarda yuqoridagi omillar ta'sirini kamaytirish suv va tuzni ajratib olish uchun elektrokoalestsentsiya usulidan foydalaniladi.
Suv molekulalarida kislorod atomi (q-) zaryadga vodorod atomlari (q+) zaryadlanib qutbli tuzilishga ega. Suvda Na+, Mg+2, Ca+2, Cl- ionlari erishi tufayli uning qutbliligi yanada ortadi va tashqi elektr maydoni ta'sirida "dipol - dipol" o'zaro ta'siri sababli tomchilarning o'zaro qo'shilishi tezlashadi
Neft tarkibida suvning protsent miqdorining yuqoriligi va elektr maydoni kuchining kattaligi deminerallashgan suv miqdorini oshiradi.
Elektrokoalestsentsiyalanishning asosiy vazifasi suv molekulalarining qutbliligidan foydalanib, ularni birlashtirishdan iborat (9-rasm):
9-rasm.Tomchilarning qo'shilishi:
suv tomchilarning o'zgaruvchan tok ta'sirida batartib joylashuvi va harakati;
suv tomchilarining o'zaro tortish kuchi osonlashadi va elektrokoalestsentsiya yuz beradi.
c) Neftdagi suv emultsiyasining buzilishi. Emultsiya holida neft ichida tarqalgan suv tomchilari turli kuchlar ta'sirida qo'shiladi va solishtirma og'irligi moysimon qatlamnikidan katta bo'lgani (ρ=2 g/sm3) uchun deminerilizator tubida yig'iladi. Bu jarayon ma'lum vaqt oralig'ida ro'y beradi. Bu oraliq:
suv tomchilari diametri kattalashuvi;
suv va neft fazalari zichliklari o'rtasidagi farqning ortishi; - neftning qovushqoqligi kamayishi bilan kamayadi.
Demineralizator neft xom-ashyosini qovushqoqligi 2-5 mm2/santistoks bo'lgunga qadar 20 - 30 daqiqa davomida ajratishga rejalashtirilgan. Deminerallangan neft idishning yuqori qismida gorizontal holda joylashgan quvurlarda ( kol-lektorlarda) yig'iladi. Ajratilgan suv idish tubidagi moslamalar orqali chiqarib yuboriladi. Demineralizatorning asosiy ishchi parametrlari qatoriga quyidagilar kiradi:
harorat;
yuvuvchi suvning % miqdori;
suvni purkash nuqtasi;
aralashtirgich klapanida kuch (bosim)ning kamayashi;
deminerallash suvining chiqarish quvurii;
neft va suv sirt chegarasi sathi;
deemulgatorning yetkazib berilishi quvuri.
Deminerallangan neft tarkibida 2-7% gacha suv qolib ketadi, lekin suv tarkibidagi tuzning miqdori ancha kamayadi. Deminerilizatorning ish unumi 95% ni tashkil etadi. Lekin, qoldiq suv tarkibidagi tuz gidrolizlanib HCl ni hosil qiladi. Bu modda ta'sirida haydash kolonnasining "boshagi" korroziyalana boshlaydi. Shu sababli demineralizatsiyalangan neft qayta (qo'shimcha) neytrallanadi.
|
| |