|
1-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari reja
|
bet | 1/32 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 265 Kb. | | #252290 |
Bog'liq 1-Mavzu
1-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
REJA:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati mazmuni asosiy tamoyillari.
Ta’lim tizimi va turlari.
RQ-637-son 23.09.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
|
| |