Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari




Download 195,02 Kb.
bet17/66
Sana30.01.2024
Hajmi195,02 Kb.
#148933
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko’rsatib o’tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

  • ta’lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo’lishi,

  • ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining yo’nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standarti doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;

  • bilimli bo’lishni rag’batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining 3-moddasida ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo’lishi ko’rsatilgan. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta’limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon yaratadi. Bir so’z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo’naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta’lim tizimi mazmuniga ko’ra bir tipdagi o’quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o’tib o’qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta’lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o’quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan oliy o’quv yurtiga o’tib ta’limni davom ettirish huquqiga egalar. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo’lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi.

Download 195,02 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Download 195,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari

Download 195,02 Kb.