1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi




Download 195,02 Kb.
bet13/66
Sana30.01.2024
Hajmi195,02 Kb.
#148933
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

1.Didaktik yondashuvlar. Bunda asosiy e'tibor o‘qituvchilar faoliyati, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik vositalarning o‘rnini o‘rganishga qaratilgan.
2.Psixologik yondashuv. O‘quvchilar o‘zlarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda bilish faoliyatidan foydalanadilar. Bilish jarayonining barcha darajalarini tahlil qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad - uning turlarini aniqlashdan iboratdir. Chunki bilish turlari ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirish usuli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Shu bois, bilish faoliyatini o‘zlashtirishning turlarini aniqlashni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. O‘quvchining bilish faoliyati muayyan ko‘rinishlar, shakllar, vositalar, usullar, yo‘llar, metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
1.Tabiiy sharoitdagi maktab amaliyotida bilish faoliyatini turli-tuman ko‘rinishlarda vujudga keltirish.
2.O‘quvchi bilish faoliyatining hosil bo‘lish turlari, ko‘rinishlari, usullari, shakllari, metodlariga ega bo‘lishi.
3.O‘qituvchilar bilish faoliyati turlarining yagona tasnifi mavjud emas.
Bilish faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari loyihalashtirilganda umumlashgan bilish ko‘nikmalari o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Chunki mazkur jarayonda maqsadga yo‘naltirilgan maxsus o‘quv vaziyatlari amalga oshadi. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilarni umumlashgan ko‘nikmalarni egallashga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi ularda xususiy xarakterdagi o‘quv-biluv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. O‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirishda o‘quv vaziyatlari o‘ziga xos didaktik ahamiyat kasb etadi.
O‘quv faoliyati shunday vositaki, uning yordamida o‘quvchi o‘quv predmeti mazmunini o‘zlashtirishga intiladi. O‘quvchi faoliyati o‘quv predmeti mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi. Ma’lumki, o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi. Bu jarayon o‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgunga qadar uzluksiz tarzda davom etadi. Bu jarayonda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatishdir.
O‘rganish o‘quvchida o‘z xatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Mazkur ishonchni egallash boshlang‘ich ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Bunga o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat o‘quvchilar o‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganiga guvoh bo‘lishi mumkin. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, o‘quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatiga ko‘proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustuvor masalalaridandir. O‘quvchilar maktabga borar ekanlar, o‘qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini qozonishiga harakat qiladilar. Muammoning yechimi uzluksiz ta’limning o‘ta muhim masalalaridan biridir. Bugungi kunda “o‘quvchi nima uchun sinfdan-sinfga o‘tgan sari o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotadi?”, “Bunga kim aybdor, o‘qituvchimi yoki o‘qitish metodlarimi?”, “O‘quvchining bilish jarayoniga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishda o‘qituvchi qanday o‘rin egallaydi?”, "O‘qituvchi qanday qilib, nima yordamida o‘quvchilarda o‘quv-biluv jarayoniga bo‘lgan qiziqishni oshira oladi, bunda qanday vositalardan foydalanish kerak?” kabi savollar o‘z yechimini kutmoqda. Pedagoglarning e’tirof etishlaricha, o‘quvchining muvaffaqiyatlari uning o‘quv-biluv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘qishga bo‘lgan qiziqish o‘quvchilarda bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirshdan ruhlangandagina vujudga keladi. O‘quvchi mehnati jarayonida quvonchini his qilsa, qiyinchiliklarni bartaraf etganligidan faxrlansa, o‘quv jarayoniga alohida qiziqish bilan qaray boshlaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘quv mehnatidan quvonish vaziyatini yaratishi kerak. O‘quvchilar qalbida g‘urur va o‘z muvaffaqiyatlariga loyiqlik hissini tarkib toptirish lozim. Muvaffaqiyat har bir o‘quvchi erisha olishi uchun qulay bo‘lgan o‘quv vaziyatini vujudga keltirish orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar o‘quv vaziyatida o‘quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab kelmoqdalar. Agar o‘quvchiga o‘quv vaziyatida muvaffaqiyat qozonish imkoniyati berilsa, u hayotda ham to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quv vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishini har tomonlama asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar o‘quvchi bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj sezsa, ularda sog‘lom mayllar va qiziqishlar hosil bo‘ladi va ular bilish jarayonida muvaffaqiyat qozonadilar.

Download 195,02 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Download 195,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi

Download 195,02 Kb.