|
1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi
|
bet | 12/66 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 195,02 Kb. | | #148933 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniHarchand o‘qibsan, bilimdonsan,
Agar amal qilmasang, nodonsan.
Asosiy adabiyotlar:
http://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/11/13Pedagogika-nazariyasi-va-tarixi-2010-darslik-R.Mavlonova-va-bosh.pdf
https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/pedagogika/Pedagogika.%25201-qism%2520(M.To%27xtaxo%27jayeva,%2520S.Nishonova).pdf&ved=2ahUKEwiql6OOlP31AhWUn4sKHVLLB6QQFnoECAcQAQ&usg=AOvVaw29iJulREoVJc-PryuKDKL6
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.https://uzsmart.uz/kitoblar/files/Elektron%20kutubxona/Pedagogika_va_psixologiya/Pedagogika%20nazariyasi%20X.Ibragimov%20darslik%202008.pdf
Mavzu: Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar.
Reja:
1. Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari.
2. Zamonaviy darslar qo‘yiladigon talablar.
3. O‘quv-biluv jarayoni.
Dars—maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars— insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan.
Turkiston maktablarida taʼlimning dars shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinf-dars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining o‘zi tomonidan belgilangan. Madrasalarda dars belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, madrasa darslarida talabalarning mustaqil oʻzlashtirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Dars taʼlim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari xos boʻlgan.
Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.
Har qanday jamiyatda dars jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari taʼlim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan qatʼiylashadi.Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy dars oʻquv muassasasining mulkiy mansubligidan qatʼiy nazar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi, oʻquvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi, insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi va h.k.
Zamonaviy taʼlim tajribasida bir dars uchun belgilangan standart vaqt mavjud darsdir. Bu vaqt taʼlim muassasalarining tabiati, taʼlimning bosqichlari va oʻquvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 daqiqani tashkil etadi.
Taʼlim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi. Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida oʻquvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi.
Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni oʻquvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat boʻlishi shart deb hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday qatʼiy tarkibni talab etmaydi. Dars va maktab tajribasi bu tizimni maʼqullamadi. Oʻquv jarayonida darsni tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyilmagan va hamma uchun majburiy boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va bu masalani dars tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini lobaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, oʻtilayotgan mavzu oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo boʻlishi va bu koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir. Dars tarkibi masalasi darsni tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, dars kirish, yangi bilim berish, mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars koʻp uchraydi. Dars oʻquv jarayonining yolgʻiz shakli emas. Turli sinflarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar, muammoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi darslar mavjud.
Bolalarning bilish jarayonlarida ushbu o‘yinlarning ahamiyati kattadir. Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog'liq bo‘lib inson turmush tarzi uning ongini belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning bolalikdagi rivojlanishida o‘quv-biluv faoliyati muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar bilish faoliyatining kengayishi, birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar, g'oyalar, dalillar va xalqning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirishlari natijasida amalga oshadi. Pedagogika fanida rivojlanish va o‘qitishning o‘zaro aloqadorligi o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega.
Dastlab, pedagoglar o‘quvchilarning rivojlanishi o‘z-o‘zidan amalga oshadi, degan fikrni ilgari surganlar. Ta'limning rivojlanish ta'sirini aniqlaganlaridan so‘ng, ular bu ta'sirning beixtiyor xarakterga ega ekanini ta’kidlaganlar. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilarni o‘qitish va aqliy rivojlantirish muammosi bo‘yicha shaxsiy nuqtai nazarlar vujudga keldi. Mazkur nuqtai nazarning asosiy mohiyati yaxshi tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘quvchi rivojlanishini jadallashtiradi. Ta'lim nafaqat yakunlangan turkumlarda quriladi.Ushbu yondashuv asosida pedagogika fanida ta'limda faoliyatli, individual, tabaqalashgan yondashuv nazariyasi vujudga keldi.
Shaxsning rivojlanish jarayonida bir xillik mavjud emas. Boshlan‘ich sinf o‘quvchilari uchun bu vaqt obrazli tafakkur qilish asosida intellektual rivojlanish davridir. Bu asosan o‘quv-biluv jarayonida amalga oshadi. O‘quv-biluv jarayonida shaxsning boshqa jihatlari rivojlanmaydi. Biz o‘quvchilar uchun yetakchi bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishini asoslashga harakat qilamiz. Intellektual rivojlanishda o‘z-o‘zini hurmat qilishning asosini o‘quvchilarning shaxsiy ijobiy tajribasi tashkil qiladi. Bu o‘quv-biluv jarayonida namoyon bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat o‘quvchilarda bunday tajriba mavjud emas. O‘z faoliyati natijasidan qoniqmaslik o‘quvchilar o‘z-o‘zlarini hurmat qilishlarining asosini tashkil eta olmaydi. Bu yo‘nalishda muhim o‘rin egallaydigan qonuniyatlardan biri o‘quvchilarda muayyan o‘quv vaziyatlarida bilish faoliyatining kengayishi, shaxsiy tenglik hamda o‘z-o‘zlarini hurmat qilishdan iborat. Bu o‘quvchilar faoliyatlari orqali namoyon bo‘lib bilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quvchining kayfiyati va rivojlanishiga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘qituvchi o‘z oldiga bu faoliyatni qanday kengaytirish kerak, degan savolni qo‘yishi lozim. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili va amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida o‘quvchilardagi bilish faoliyati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
- bilish qiziqishlari;
- o‘quv maqsadlari;
- hissiyotlar: shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik;
- yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj;
- intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik;
- shaxsiy tajribalar hamda ko‘nikmalar.
Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyondasi I.M. Sechenovning (1829—1905) «Bosh miya rsflekslari» degan mashxur asari 1863- yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar—degan edi Sechenov—bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo‘lgan hodisalardir».Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan ta’limotni ilgari surdi. Sechenov davomchisi I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi.
Izlanishlarimizning asosini muayyan o‘quv vaziyatlarida o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini kengaytirishning samarali yo‘llarini tashkil qiladi. O‘z-o‘zini hurmat qilish har bir shaxsning tahliliy sifatidir. Buning tarkibini tahlil qilish orqali o‘quvchining mayllari, qadriyatlari, tayanadigan qoidalarini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. O‘quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda o‘quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda ular faolligini ta’minlash uch yo‘nalishga ajratilgan.
- namunaga asoslangan taqlidiy;
- izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik;
- ijodiy bilish faoliyati.
Taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo‘ladi. Ideal tarzda bo‘lgani singari, predmetlilik asosida ham o‘quvchilarni tirishqoq bo‘lishga undaydi. Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati tadqiqotchilik faoliyati bilan qiyosiy tarzda o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan muammoli vaziyatlarni yechish yo‘llarini mustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa bilish faoliyati hosil bo‘lishining yuqori shakli sifatida muammolarni yechishning yangi, o‘ziga xos usullarini izlash, o‘z xatti-xarakatlarini mustaqil boshqarishning yuqori ko‘rsatkichlarini namoyon qilish, hamda mazkur darajani shaxsiy faollik bilan qiyoslash mumkin.
An’anaviy ta’lim sharoitida bilish faoliyati o‘qituvchining o‘quvchilarga tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan harakati sifatida tushuniladi. Mutaxassislar bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o‘tish zarurligini tushuna boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik esa barcha axborotlar o‘quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini mutaxassislar nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘ldilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga muloqot asosida taqdim etadigan axborotlarning muayyan qismi mustaqil izlanish uchun asos bo‘lishiga erishish nazarda tutilmoqda. O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy yondashuvlar ikkita asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi:
|
| |