1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi




Download 195,02 Kb.
bet21/66
Sana30.01.2024
Hajmi195,02 Kb.
#148933
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim.
SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi: Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11–12 yoshgacha.
5. O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) – 12–17 yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:
go‘daklik (1 yoshgacha);
ilk yosh (1–2 yosh);
ilk yosh guruhi (2–3 yosh);
kichik yosh (3–4 yosh);
o‘rta yosh (4–5 yosh);
katta yosh (5–6 yosh);
maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta'lim).
Shaxsning ijtimoiylashuvi – ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.
Ijtimoiylashuv jarayoni o’zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo’lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o’ziga xosliklari) ko’ra murakkabdir. Ana shu sababli u o’zida turli fanlar tomonidan ko’rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil – madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik ko’rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o’ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan qarab o’tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni – tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o’zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir.
Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning sub’yekti sifatida, tajriba egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o’z-o’zini shakllantiruvchi, shu bilan birga o’z hayot yo’li uchun javobgarlikni his etuvchi sub’yekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi – insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo’lib yetishishiga, jamiyatda o’z o’rnini va xulq-atvorini, o’z istak-maqsadlarini yo’nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo’nalgan shaxs bo’lishiga yordam berishdir.
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud:
ana’naviy – oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo – o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv – o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv
O’quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy vaziyatlarga yo’nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikatsiyani yo’lga qo’yishda o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy kompetentlikning asosiy funktsiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs integratsiyasi va umumijtimoiy tajribani kabilar kiradi.

Download 195,02 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Download 195,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi

Download 195,02 Kb.