Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari




Download 27,85 Kb.
bet1/2
Sana15.05.2024
Hajmi27,85 Kb.
#235459
  1   2

Institutsional tahlil
Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari
Institutsional tahlil loyiha ustida bajariladigan ishlarning eng muhimlaridan biriga aylandi. Loyihalarining natijalari ko‘p jihatdan tashkiliy tuzilma sifatiga ham bog‘liq. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarni o‘rganish, ularning boshqaruv imkoniyatlari, shuningdek, markaziy hokimiyatning loyiha uchun mutasaddi bo‘lgan tashkilotlarga yordam berishga qanchalik tayyor ekanliklarini baholashga imkon beradi. Yaxshi shakllanmagan, takomillashmagan boshqaruv tuzilmasiga, malakali mutaxassislar, axborot tizimlari va hokazolarga ega bo‘lmagan tashkilotlar zimmasiga loyihalarni amalga oshirishni topshirish yoki ular taklif etgan loyihalarni moliyalashtirish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin (yoki hech bo‘lmaganda qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi).Institutsional tahlil loyihalarni samarali amalga oshirish va eksplutatsiya qilishga, shuningdek, mavjud tashkilotlarni mustahkamlash, malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga ko‘mak berishi lozim. Institutsional tahlil tuzilmasi Investitsiya loyihalarini institutsional tahlil uchun aniq sharoitlarga tezda moslashtirsa bo‘ladigan standart yechimlar yoki modellar deyarli yo‘q. Shuning uchun institutsional tahlilga kreativ yondashish lozim bo‘ladi. Buning uchun istitutsional tahlilchi ekspertni xulosa va tavsiyalaridan foydalaniladi. Xalqaro loyihalarda institutsional tahlilchi konsultantdan foydalaniladi. Umuman olganda, institutsional tahlilga quyidagi vazifalarni bajarish kiradi:loyiha amalga oshiriladigan institutsional shart-sharoitlarni aniqlash va tasvirlab berish;
loyihada ishtirok etuvchi tashkilotlarning moddiy va mehnat resurslari, texnik malakasi, tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv va ma’muriy imkoniyatlari, moliyaviy ahvoli nuqtayi nazaridan kuchli va zaif tomonlarini baholash;
qonunlar, siyosat va yo‘riqnomalar o‘zgarishining loyihani amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga ehtimol bo‘lgan ta’sirini baholash;
loyihada qatnashuvchi tashkilotlarning zaif jihatlarini bartaraf qilishning muqobil yo‘llarini hamda qonunlar, siyosat va yo‘riqnomalarning loyihaga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan potensial salbiy ta’siriga qarshi chora-tadbirlarni ilgari surish;
tavsiya qilinayotgan tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnik yordam bo‘yicha takliflarni ilgari surish hamda zarur ishlarni o‘tkazish grafigini ishlab chiqish.Loyiha ishtirokchilari faoliyatidagi doimiy muammolar Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati, ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo‘lmagan yangi institutlarni tashkil etish. Masalan, sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarida bank tizimi, birjalar va boshqa bir qator institutlar mavjud emas edi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ushbu zaruratlarni keltirib chiqardi va tijorat banklari, birjalar, lizing kompaniyalari, mikromoliya institutlari kabi yangi bozor institutlari yaratildi.
Iqtisodiy islohotlar, yangi bozor institutlarining yaratilishi shubhasiz, ishsizlik va boshqa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va bandlikning boshqa muqobil sohalari ishga tushguniga qadar esa ancha uzilish yuzaga keladi. Shu tufayli o‘tish davri iqtisodiyotida institutsional islohotlar ijtimoiy himoya tizimini yaratish bilan birga bormasa, amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tilishi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish tajribasi O‘zbekiston modeli nomi bilan jahonda tan olindi. Bu institutsional rivojlanishning o‘ziga xos va zamonga mos yo‘li bo‘lib tarixda qoldi.Bozor iqtisodiyoti institutlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar Loyihalar bozor iqtisodiyotining samarali rivojlantirish qurolidir. Bu qurolni ishlashi uchun bozor iqtisodiyoti institutlari yaratilishi va mavjudlari ishlab chiqarish kuchlarining talabiga monand o‘zgarib borishi shart.Zaruriy institutlarni tashkil etish (ayniqsa, rivojlantirish loyihalari bilan bog‘liq hollarda) uch guruh omillar ta’sirida murakkablashadi.Bular:
noqulay siyosiy shart-sharoitlarning salbiy ta’siri; loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadlarning murakkabligi; loyihaning investitsiyadan keyingi bosqichiga e’tiborsizlik. Shu tufayli institutsional muammolarni aniqlash, baholash hamda yechish borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun (bu borada umumiy modellar, andozalar yo‘qligini ham e’tiborga olgan holda) sanab o‘tilgan omillarni e’tiborga olish zarur.Institutsional tahlilning yo‘nalishlari: Loyihadan manfaatdor institutlarning tahlili:Ma’muriyatni baholash,texnik salohiyat, inson resurslari va b.
Boshqaruv tizimini o‘rganish va qaror qabul qilish sxemasi Institutsional rivojlanish bo‘yicha taklif berish Qonun va normativ hujjatlarni o‘rganish: Qonuniy muhitni mosligini o‘rganish Qonuniy muhitni mosligi bo‘yicha takliflar berish Manfaatdor tomonlarni loyihaga mumkin bo‘lgan ta’sirini baholash:Manfaatdor tomonlarni loyihaga mumkin bo‘lgan ta’siri va funksional vazifalari Loyihalarni amalga oshirishdan keyingi bosqichga doim ham yetarlicha e’tibor berilavermaydi. Ko‘pincha bu holat qaror qabul qiluvchi shaxslarning asosiy e’tibori investistiyalash bosqichiga jamlangani holda, ekspluatatsiya va joriy xizmat masalalari e’tibordan chetda qolishida namoyon bo‘ladi. Buning oqibatida loyihadan olinayotgan daromad kamayadi, asosiy fondlar qisqarib ketadi hamda tashkiliy tuzilma rivojlanishida jiddiy moliyaviy va boshqaruv muammolari kelib chiqadi.
Loyihani amalga oshirishdan manfaatdor bir qancha tashkilotlar va shaxslarni sanab o‘tish mumkin (Masalan, xorijiy investorlar, siyosatchilar, kompaniyalar va kasaba uyushmalari).Lekin loyiha tugallanishi bilanoq uni samarali ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan resurlar bilan ta’minlash hamda ma’muriy boshqaruv tizimi tomonidan yetarlicha e’tibor berish borasida muammolar paydo bo‘ladi.

Download 27,85 Kb.
  1   2




Download 27,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari

Download 27,85 Kb.