|
1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja
|
bet | 21/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja 2 Telemexanikaning xajmiga qarab TB-TS-TO‘ sistemasi
Dispetcherlik xizmati energiya ta’minoti tizimini markazdan boshqaradi, uni aloxida elementlarining harakatini nazorat qiladi. Ushbu sistemaning normal ishini ta’minlash uchun uskunalarni ta’mirlash va shikastlanishlarni yo‘qotish yoki tarqalishini to‘xtatish bilan bog‘liq operativ qayta ulashlarni amalga oshiradi.
Dispetcherlik xizmati xodimi joylashgan dispetcherlik punkti (DP) yoki boshqarish punkti (BP) bilan nazorat punktlaridagi (NG) boshqarish nazorat ob’ektlari (BNO) o‘rtasidagi aloqa telemexanika yordamida amalga oshiriladi. Telemexanika TB-TS-TO‘ (teleboshqaruv, telesignalizatsiya, teleo‘lchov) qurilmasini o‘z ichiga oladi.
Telemexanikaning xajmiga qarab TB-TS-TO‘ sistemasi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
liniya, transformator, avtomatik rostlash agregatlarining uzgichlarini, korxona xududini yoritish kontaktorlarini teleboshqaruvini;
barcha teleboshqaruvli va teleboshqaruvsiz ob’ektlar elektr ta’minoti sistemasida yuklama taqsimlanishiga ta’sir etuvchi kata elektr iste’molchilar holatlarini (ulangan, o‘chirilgan) telesignalizatsiyasini;
6-35 kV kuchlanishli tarmoqlarda uzgichlarni yerga tutashishdan releli himoya yordamida avariyali o‘chirilishi signalizatsiyasini;
teleboshqaruv transformatori yoki rostlash agregatining o‘ta yuklanish telemexanikasining normal ish rejimlari bilan bog‘liq BP dagi nosozliklar signalizatsiyasini;
podstansiya shinasidagi kuchlanishni, elektr ta’minoti liniyasidagi tokning teleo‘lchovini.
Teleboshqaruv uskunalarning bajaruvchi mexanizmlariga ta’sir etuvchi boshqarish signallarini masofaga uzatishni ta’minlaydi: Normal va avariya rejimlarida tez-tez operativ qayta ulanishlarni amalga oshirish talab qilinsa va ko‘rsatilgan qayta ulanishlarni avtomatika vositalari bilan amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, TB ko‘zda tutiladi.
Teleboshqaruv tizimi doimiy navbatchi xodimsiz ishlaydigan ob’ektlar uchun, hamda avtomatik boshqarish qurilmalari sifatida ham qo‘llaniladi. Teleboshqaruvli elektr ta’minoti ob’ektlari albatta maxalliy boshqaruvga ega bo‘lishlari kerak.
Uzatuvchi telemexanika qurilmalari va qabul qiluvchi qurilmalar aloqa kanallari bilan bog‘langan. Ular uchun simli aloqa liniyalari, radioliniyalari, kuch va yuqori voltli liniyalar ishlatiladi.
Aloqa kanallaridan foydalanish usuli bo‘yicha TB-TS-TO‘ qurilmasi ko‘p va kam kanallilarga bo‘linadi.
|
| |