• 4.3-jadval O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmining yillar bo’yicha dinamikasi
  • Yillar Xorijiy investitsiyalar (mln. AQSh dollari)
  • Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishning holati va tarkibi




    Download 3,09 Mb.
    bet38/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    4.3. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishning holati va tarkibi.

    Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlarini yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.




    4.3-jadval
    O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmining yillar bo’yicha dinamikasi



    Yillar

    Xorijiy investitsiyalar
    (mln. AQSh dollari)

    To’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar
    (mln. AQSh dollari)

    2001

    823,9

    96,5

    2002

    516,5

    80,1

    2003

    602,1

    166,7

    2004

    754,6

    333,8

    2005

    746,6

    545,5

    2006

    895,7

    683,8

    2007

    1009,3

    768,4

    2008

    1700

    1258

    2009

    2869,6

    2522

    2010

    2793,6

    2400

    2011

    2900

    2285,2

    2012

    2500

    1975

    2013

    3055

    2200

    2014

    3095

    2320

    2015

    3156

    2421

    2016

    3578,1

    2479,6

    2017

    3184,6

    2420,4


    4.3-jadval ma’lumotlarini tahlil qilib, shuni aytish mumkinki, tahlil qilinayotgan 2017 yilda xorijiy investitsiyalar 3034,5 mln.doll.ga, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 2428 mln.doll.ga yetgan. Buning sababi, 2000 yillarning boshida hukumat kafolati ostida kiritiladigan investitsiyalar salmog’i yuqori bo’lgan. 2003 yildan boshlab, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar keskin o’sishiga erishilgan. 2017 yilga kelib 2012 yilga qaraganda 22,9 foizga ortgan.
    Ma’lumki, xorijiy investitsiyalar har bir hududning rivojlanishini ta’minlashga imkon beradi. Shu sababdan ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashish maqsadga muvofiqdir.
    2017 yilning yanvar-dekabrida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 60 719,2 mlrd. so’m (dollar ekvivalentida 11,9 mlrd. AQSh doll.) asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirildi va 2016 yilga nisbatan 107,1 % ni tashkil qildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1995 yilga nisbatan 8,7 marta, 2000 yilga 5,8 marta, 2005 yilga 4,6 marta, 2010 yilga 182,2 % va 2015 yilga nisbatan 115,3 % ga ko’paydi. YaIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar 24,4 % ni tashkil etib, 2016 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko’paydi (1995 yilda 29,4 %, 2000 yilda 22,9 %, 2005 yilda 19,9 %, 2010 yilda 24,6 % va 2015 yilda 24,3 % ni tashkil etgan edi).






    Download 3,09 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishning holati va tarkibi

    Download 3,09 Mb.