|
-jadval
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI oqimiga ta’sir qiluvchi omillar
|
bet | 108/108 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #113285 |
Bog'liq 1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasnifla9.2-jadval
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI oqimiga ta’sir qiluvchi omillar
Omil
|
Ko’maklashuvchi
|
Jilovlovchi
|
Iqtisodiy omillar
|
Ish haqi darajasi
|
13
|
—
|
Ishchilar malakasi
|
12
|
1
|
Bozor hajmi
|
2
|
8
|
Bozorning o’sish sur’atlari
|
2
|
3
|
Tabiiy resurslar
|
1
|
5
|
Boshqaruv malakasi
|
1
|
1
|
Moddiy infratuzilma
|
1
|
4
|
Moliyaviy infratuzilma
|
1
|
3
|
Bozorga chiqish imkoniyatlari
|
—
|
1
|
Sanoatning holati
|
—
|
1
|
Siyosiy omillar
|
Makroiktisodiy barqarorlik
|
9
|
1
|
Siyosiy muhit
|
3
|
2
|
Valyutaning konvertatsiyalanishi
|
5
|
-
|
Xususiylashtirish uchui qulay strategiya
|
4
|
3
|
Xususiylashtirish sur’atlari
|
2
|
2
|
Mahalliy firmalarning raqobatga tayyorligi
|
3
|
2
|
Iqtisodiyotni rekonstruktsiya qilish mumkimligi
|
3
|
3
|
Soliqlar tizimi
|
1
|
2
|
Huquqiy barqarorlik, sud tizimi
|
—
|
5
|
Mavjud korxonalarning rekonstruktsiyasi xarakteri
|
|
3
|
Biznesga ko’maklashish
|
Investorlarga sub’ektiv yaqinlik
|
11
|
—
|
Axborot
|
3
|
5
|
Mamlakat imidji
|
1
|
8
|
Moliyaviy rag’batlar
|
1
|
8
|
Bozor rag’batlari
|
1
|
3
|
Korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish
|
1
|
4
|
Portfel investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muhitini shakllantiruvchi omillar kompleks xarakterda bo’lib, tadbirkorlik muhiti investorning strategiyasi va qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga xos xususiyatlarni qamrab oladi. Jahon iqtisodiyotida XX asrning 90-yillaridan boshlab portfel investitsiyalar hajmining nisbatan barqaror sur’atlarda o’sishi kuzatila boshlandi. Bu holatni quyidagi omillar ta’siri bilan izohlash mumkin:
rivojlanayotgan bozorlarda makroiqtisodiy holatning barqarorlashuvi tufayli portfel investitsiyalarning ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga kiritilishi;
moliya bozorlarining globallashuvi va erkinlashtirilishida moliyaviy kapitalni nisbatan kam xarajatlar bilan ko’chirish imkoniyatining yaratilishi;
xalqaro moliya bozorlarida foiz stavkalarining pasayishi va likvidlilikni ta’minlashning oshishi;
jamg’armalarning institutsionallashuvi va moliyaviy aktivlarni professional darajada boshqarishning o’sishi (qo’shma fondlar, xedj fondlari va boshqa investitsiya kompaniyalar orqali);
kommunikatsiya va axborot texnologiyalari tarmog’ining jadal sur’atlarda rivojlanishi (kompaniyalarga axborotlarni tezkor uzatish imkonining yaratilishi).
Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotning erkinlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi xorijiy investorlar uchun moliyaviy mablag’larni joylashtirishda ularning jozibadorligini oshiradi.
Portfel investitsiyalar uchun investitsiya jozibadorligining makroiqtisodiy omillari ikki guruhga bo’linadi: iqtisodiy va huquqiy.
Iqtisodiy omillar qabul qiluvchi iqtisodiyotining umumiy holatini aks ettiradi. Ushbu omillarga iqtisodiy rivojlanish sur’atlari, barqaror valyuta kursi, valyuta zaxiralari darajasi, milliy bank tizimining holati, obligatsiyalar va aktsiyalar bozorining likvidlilik darajasi, foiz stavkalari darajasi kabi omillarni kiritish mumkin. Ba’zi omillar aktsiyadorlik kapitaliga investitsiya yo’naltiradigan kompaniyalar uchun muhim bo’lsa, boshqalari esa qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi investitsiyalarni amalga oshiruvchi firmalar uchun ahamiyatlidir. O’z mablag’larini aktsiyadorlik kapitaliga kiritayotgan investor uchun kompaniyaning barqaror o’sish sur’atlari va aktsiyalar likvidliligi muhim ahamiyatga ega. Obligatsiyalar bozorining likvidlilik darajasi va foiz stavkalari miqdori esa qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi kapitalga mablag’ sarflaydigan investorlar uchun jozibali hisoblanadi.
Portfel investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatdagi huquqiy muhit muhim ahamiyatga ega bo’lib, u davlatning investitsiyalarga bo’lgan munosabatini belgilab beradi. Portfel investitsiyalarni kiritishda dividendlar va kapitalni erkin o’tkazish, kapitaldan olinadigan daromadlarga nisbatan soliqlar miqdori, qimmatbaho qog’ozlar bozorini tartibga solish, nizolarni hal qilish mexanizmlarining samaradorligi, milliy brokerlar va vasiylar institutining mavjudligi, investitsiya huquqlarining himoyalanganlik darajasi, buxgalteriya hisobotining xususiyatlari, tijorat va boshqa axborotlarni saqlash tartibi kabi omillarning roli yuqori bo’lib, tizim ko’rinishida amal qiladi.
|
| |