• Xorijiy investitsiyalar” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi
  • 1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi




    Download 2,98 Mb.
    bet1/108
    Sana07.12.2023
    Hajmi2,98 Mb.
    #113285
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
    Bog'liq
    1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasnifla


      1. MA’RUZA BO’YICHA O’QUV MATERIALLARI

    1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi





      1. “Xorijiy investitsiyalar” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi

      2. Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati

    1.3. Xalqaro kapital migratsiyasi: sabablari, omillari va ko’rsatkichlari
    1.4. Xalqaro kapital migratsiyasining shakllari va ularning guruhlanishi
    1.5. Investitsiya normasi va unga ta’sir etuvchi omillar



      1. Xorijiy investitsiyalar” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi

    O’zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo’jalik yurituvchi sub’ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta ta’mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda “Xorijiy investitsiyalar” fani muhim ahamiyat kasb etadi.


    “Xorijiy investitsiyalar” fanining predmeti – milliy va jahon iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi. “Xorijiy investitsiyalar” fanining asosiy maqsadi – talabalarga milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish yuzasidan bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
    Fanning vazifasi – talabalarda xorijiy investitsiyalarning mohiyati, jahon xo’jaligida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning o’rni; ularni jalb qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari va xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi, xorijiy investitsiyalarning xalqaro harakatini tartibga solish, xalqaro moliya institutlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish istiqbollarini o’rgatishdan iborat.
    “Xorijiy investitsiyalar” fani “Iqtisodiy nazariya”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Statistika”, “Moliya”, “Makroiqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment” “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” va boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
    “Xorijiy investitsiyalar” fanining tarkibiy tuzilishi quyidagi rasmda ifodalangan.




    Download 2,98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




    Download 2,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi

    Download 2,98 Mb.