1-modul topshiriqlari




Download 139.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.10.2023
Hajmi139.76 Kb.
#89740
Bog'liq
RTD Modul1
Giyosov Murodjon, MRT Lab Topshirilishi 4-19 EEE, Bizda o’tiladigan yo’nalishlar, XTVning 406-sonli buyrug\'i 17.12.2021, areal lingvistika. nigora murodova, УЗБtest tabiy preparat poisk, УЗБtest tabiy preparat poisk 2, MA, 2 Аҳоли,мехнат бозори стат.2023, 5-Modul topshirig`i, Savollar Javoblar-fayllar.org, 3-mustaqil topshiriq.2023 Jismoniy tarbiya111111111, Sanjar O\'tkirov-семестр учун топшириқлар, Документ (1) (2) (1)


1-MODUL TOPSHIRIQLARI 
Quyidagi variantlarda berilgan topshiriqlarni simulyatorda amalga oshiring. 
Topshiriq natijasidan screenshotlar olgan holda HEMISga joylashtiring. 
Simulyatordagi profilingizda topshiriq javobingizni saqlang va unga havolani 
HEMISda yuklayotgan javobingizga izoh sifatida yuklang. 
O‘qituvchiga javobingizni ikki usuldan birida topshirishingiz mumkin: 
1) Simulyatorda topshiriqni bajarish jarayoningizdan videotavsif tayyorlang 
2) O‘qituvchi ishtirokida amaliyot taxtasi, Arduino va kompyuteringizda real 
qurilmalar bilan bajarib ko‘rsating 
VARIANTLAR 
1. Amaliyot taxtasining yuqori gorizontallar bo‘limida qizil, yashil va sariq 
LED chiroqlari joylashgan. Pastki bo‘limida esa ikkita yashil va ikkita qizil chiroq 
mavjud. Shunday dastur tuzingki, dastur bajarilishi natijasida yuqoridagi bo‘limda: 
a) avval qizil va yashil bir vaqtda yonsin 
b) keyin qizl o‘chib, sariq yonsin 
c) keyin yashil o‘chib, qizil yonsin 
Pastki bo‘limda: 
d) a holat bo‘lsa, ikkita yashil 
e) b holat bo‘lsa, ikkita qizil 
f) c holat bo‘lsa, bitta qizil va bitta yashil chiroqlar yonsin 
2. 4 ta LED chiroqlari juft raqamli pin lardan signal olgan holda parallel 
yonsin va parallel o‘chsin. Bunda 4 ta chiroqcha yonganida 1 sekunddan so‘ng 5-
chiroqcha yonsin. 1-sekunddan so‘ng 5-chiroqcha o‘chganida u bilan parallel 4 tala 
chiroqcha ham o‘chirishi ta’minlansin. Bu jrayon 1,5 sekunddan so‘ng yana 
takrorlansin 
3. Bitta LED chirog‘i avval 0,5 sekund yonib, 0,5 sekund o‘chadi, keyin 1 
sekund yonib 1 sekund o‘chadi, undan keyin 2 sekund yonib 2 sekund o‘chib turadi. 
4. 2 ta juft raqamli va 2 ta toq raqamli pindan signal olgan LED chiroqlarini 
ulang. Toq raqamli pindan signal olgan chiroqlar 3 sekund parallel yonib turganida 
juft raqamlisidan biri 0.5 sekund oraliqda, 2-chisi esa 0.6 sekund oraliq bilan o‘chib 
yonib tursin. Toq raqamlilar parallel o‘chganida esa juft raqamlilar ham parallel 
o‘chishi kerak 
5. Uchta LED chirog‘i ulansin. Agar birinchi LED ga kelayotgan + signal pin 
raqami 2 ga karrali bo‘lsa, yashil chiroq yonsin, aks holda qizil chiroq yonsin. 
6. Qizil, sariq va yashil rangli LED chiroqlaridan svetoforni imitatsiyalang. 
Bunda svetofordagi singari chiroq miltillashi ham hisobga olinsin 


7. Qizil, sariq va yashil LED chiroqlari ketma-ket 1 sekund vaqt bilan yonib 
borsin va 2 sekunddan keyin 1 sekund vaqt oralig‘i bilan o‘chib qaytsin. Oxirgi 3-
chiroq yonganida 4-chiroq yonsin va oxirgi 1-chiroq yonganida esa o‘chib, 5-chiroq 
yonsin. 
8. Shunday sketch yozingki, amaliyot taxtasidagi LED chirog‘iga uzatilgan 
signal toq raqamli bo‘lsa, bu chiroq bilan birga yashil chiroq, 3 ga karrali bo‘lsa, bu 
chiroq bilan birga qizil chiroq parallel yonib o‘chsin 
9. Amaliyot taxtasida shunday LED chiroqlarini arduinoga ulangki, yashil 
chiroq yonganida sariq va qizil chiroqlar ham yonib tursin. O‘chganida esa faqat 
qizil chiroq yonib-o‘chib tursin. 
10. Amaliyot taxtasidagi uchta – qizil, sariq va yashil chiroqlarni quyidagi 
tartibda o‘chib yonishini ta’minlang: 
a) sariq yonganida u bilan birga qizil ham yonsin.
b) sariq o‘chganida 1 sekunddan keyin qizil ham o‘chib, u bilan parallel 
ravishda yashil yonsin 
c) yashil yonganidan 1 sekund o‘tib, qizil yonsin 
d) 1 sekunddan so‘ng 0.3 sekund oralig‘i bilan hamma chiroqlar yonib o‘chsin 
11. Amaliyot taxtasidagi uchta – qizil, sariq va yashil chiroqlar parallel yonsin. 
Shundan so‘ng, qizil 1 sekund, sariq 2 sekund, yashil esa 3 sekund vaqt oralig‘i bilan 
yonib-o‘chib tursin. 
12. Amaliyot taxtasidagi uchta – qizil, sariq va yashil chiroqlar parallel 
yonsin. 0.5 sekunddan so‘ng, qizil-sariq, qizil-yashil, sariq-yashil jufliklarda mos 
ravishda 1, 2 va 3 sekund vaqt oralig‘i bilan 3 martadan yonib o‘chsin.
13. Amaliyot taxtasidagi 4 ta – 2 taqizil, 1 ta sariq va 1 ta yashil chiroqlar 
parallel yonsin. 0.5 sekunddan so‘ng, barcha mumkin bo‘lgan jufliklarda 2 sekund 
vaqt oralig‘i bilan 2 martadan yonib o‘chsin. 
14. Amaliyot taxtasida 3 ta qizil, sariq va yashil chiroqlarni ulang. 1 sekund 
vaqt oralig‘i bilan chiroqlarni quyidagi tartibda yoqib-o‘chiring: qizil yonsin, qizil 
o‘chsin, qizil yonsin, sariq yonsin, sariq o‘chsin, qizil o‘chsin, qizil yonsin, sariq 
yonsin, yashil yonsin, yashil o‘chsin, sariq o‘chsin, qizil o‘chsin. 
15. Amaliyot taxtasidagi uchta – qizil, sariq va yashil chiroqlar parallel yonsin. 
1.5 sekunddan so’ng, hammasi o’chib, avval bittasi 2 marta, keyin ikkitasi parallel 
3 marta va keyin 3 tasi parallel 4 marta 0.5 sekund oralig’i bilan o‘chib yonsin. 
16. Ikkita LED amaliyot taxtasining yuqori qismida 2 tasi pastki qismida 
joylashsin. Yuqorida chiroqlar ketma ket 2 sekun vaqt oralig’i bilan o‘chib yonsin. 


Pastkilari esa yuqoridagi 1-chiroq yonganida bittasi yonsin, o‘chganida o’chsin. 2-
chiroq yonganida esa ikkalasi ham yonsin, o‘chganida o‘chsin 
17. 5 ta LED chirog‘idan 1- va 5-chiroqlar, 2- va 4- chiroqlar parallel 1 sekund 
vaqt oralig‘i o‘chib yonsin. Hammasi o‘chganida 3-chiroq yonsin. 
18. Shunday sketch yozingki, amaliyot taxtasidagi LED chirog‘iga uzatilgan 
signal juft raqamli bo‘lsa, bu chiroq bilan birga yashil chiroq, 3 ga karrali bo‘lsa, bu 
chiroq bilan birga qizil chiroq parallel yonib o‘chsin 
19. 4 ta LED chiroqlari toq raqamli pin lardan signal olgan holda parallel 
yonsin va parallel o‘chsin. Bunda 4 ta chiroqcha yonganida 1 sekunddan so‘ng 5-
chiroqcha yonsin. 1-sekunddan so‘ng 5-chiroqcha o‘chganida u bilan parallel 4 tala 
chiroqcha ham o‘chirishi ta’minlansin. Bu jrayon 1,5 sekunddan so‘ng yana 
takrorlansin 
20. Amaliyot taxtasidagi uchta – qizil, sariq va yashil chiroqlar parallel yonsin. 
Shundan so‘ng, qizil 4 sekund, sariq 3 sekund, yashil esa 2 sekund vaqt oralig‘i bilan 
yonib-o‘chib tursin. 
21. Bitta LED chirog‘i avval 3 sekund yonib, 3 sekund o‘chadi, keyin 2 
sekund yonib 2 sekund o‘chadi, undan keyin 1 sekund yonib 1 sekund o‘chib turadi. 
22. Amaliyot taxtasida shunday LED chiroqlarini arduinoga ulangki, yashil 
chiroq o‘chganida sariq va qizil chiroqlar ham yonib tursin. Yonganida esa faqat qizil 
chiroq yonib-o‘chib tursin. 
23. Amaliyot taxtasidagi uchta – qizil, sariq va yashil chiroqlar parallel 
yonsin. 1.5 sekunddan so‘ng, qizil-sariq, qizil-yashil, sariq-yashil jufliklarda mos 
ravishda 3, 2 va 1 sekund vaqt oralig‘i bilan 3 martadan yonib o‘chsin.
24. Amaliyot taxtasidagi 4 ta – 2 taqizil, 1 ta sariq va 1 ta yashil chiroqlar 
parallel yonsin. 1.5 sekunddan so‘ng, barcha mumkin bo‘lgan jufliklarda 1 sekund 
vaqt oralig‘i bilan 3 martadan yonib o‘chsin. 
25. 3 ta LED chiroqlari navbati bilan 1 sekund vaqt oralig’i bilan yonsin. 
O‘chishi esa teskari tartibda bajarilsin. O‘shishidan oldin har biri 3 martadan o‘shib 
yonsin 

Download 139.76 Kb.




Download 139.76 Kb.
Pdf ko'rish