|
1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
|
bet | 3/19 | Sana | 12.08.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #269399 |
Bog'liq 3028 29.06.2018kechki kassa — bank ish kuni yakunlanganidan so‘ng, inkassatorlar guruhidan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan yoki bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish hamda ish kuni uzaytirilgan kassalarda ish yakunlangach, ulardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini qabul qilib olish, shuningdek dam olish va bayram kunlari ishlaydigan kassalarga madad pullarini berish uchun tashkil etilgan kassa;
qimmatliklar — bank kassa tarmog‘iga saqlash uchun yoki garov ta’minoti sifatida topshirilgan va o‘z qiymatiga ega bo‘lgan barcha qimmatliklar (qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan buyumlar, saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, qat’iy hisobda turuvchi blanklar).
kirim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bank ish kuni davomida kirim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib oluvchi kassa;
naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan turli nominallardagi banknot va tangalar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan pullar;
pul ombori — bank binosining kassa tarmog‘i joylashgan hududda tegishli texnik talablar asosida qurilgan hamda naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun mo‘ljallangan ombor;
sayyor kassa — bankning maxsus jihozlangan avtomashinasida joyiga chiqqan holda, jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga asosan, to‘lovlarni naqd pulda yoki bank kartalari orqali qabul qilib oluvchi kassa;
slip — bank kartasidan foydalanilgan holda terminal yoki bankomatda kirim yoki chiqim operatsiyalari bajarilganligini tasdiqlovchi va o‘zida bajarilgan operatsiyalarning summasi, turi, sanasi, shuningdek bank kartasi, terminal yoki bankomatni identifikatsiya ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi terminal yoki bankomat kvitansiyasi;
chakana amaliyotlar kassasi — bank ish kuni davomida jismoniy shaxslardan kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish yoki chiqim qilish, shuningdek ularning bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana kassa xizmatlarining boshqa turlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan kassa;
|
| |