1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]




Download 2,57 Mb.
bet2/19
Sana12.08.2024
Hajmi2,57 Mb.
#269399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3028 29.06.2018

valyuta qimmatliklari — naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin;
inkassatsiya punkti — bozor va savdo majmualari hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari tomonidan inkassatsiya sumkalariga (qoplariga) solingan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati xodimiga topshiriladigan maxsus joy (xona);
Oldingi tahrirga qarang.
inkassatsiya xizmati — xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek banklar, banklarning filiallari va alohida bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish xizmati;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
qayta sanash kassasi — bank ish kuni davomida inkassatorlar guruhi tomonidan yig‘ib kelingan hamda kechki kassa xodimlaridan qabul qilib olingan inkassatsiya sumkalaridagi (qoplaridagi), shuningdek qayta sanash uchun kassa mudiri tomonidan topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanashga mo‘ljallangan kassa;
kassa operatsiyalari — kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish, qayta sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash, almashtirib berish hamda inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirish;
kassa tarmog‘i — naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish hamda ularning but saqlanishini ta’minlash uchun tashkil etilgan kirim, chiqim, qayta sanash va kechki kassalar hamda pul omborlari joylashgan hudud;
kassa hujjatlari — belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish uchun, shuningdek inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar;

Download 2,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

Download 2,57 Mb.