bilan yakorni (6) o'zakka (7) tortadi. Turtgichi (8) bolgan yakor prujina (9) bilan bog'langan.
Yakor harakatlanganda turtgich kontaktlarni ajratadi, cho'lg'am zanjiridagi tok yo'qoladi va
yakor memb¬rana kuchi ta'sirida boshlang'ich vaziyatga qaytadi, kontaktlar tutashadi va sikl
yana qaytariladi. Konlaktlarning kuyishini pasaytirish uchun ularga parallel qilib uchqun
so'ndiruvchi rezistor ulangan. Signal rostlash gaykalari (12) yordamida rostlanadi. Soat mili
bo'yicha burish tok kuchining kamayishiga va tebranish chastotasining ortishiga olib keladi.
Signal iste'mol qiladigan tok 7A dan ko'p emas. Yakori va o'zak oralig'idagi (0,95±0,05) mm li
tirqish qistirmalar bilan rostlanadi. Avtomobillarga komplekt qilib o'rtacha va yuqori ohangdagi
signallar o'rnatiladi. O'rtacha va yuqori ohangli signallarning konstruksiyasi deyarli bir xil.
Faqat membrana qalinligi yakor va o'zak oralig'idagi tirqish (o'rtacha ohangli uchun
(0,95±0.05)mm, yuqori ohangli uchun (0,7+0,05) mm) va rezonatorlar bir-biridan farq qiladi.