1.
Files oynasi. Dasturga yuklanadigan fayllar dastlab shu oynaga tashlanadi. So’ngra bu
fayllar Editor oynasida paydo bo’ladi.
2.
Effects Rack oynasi.
3.
Editor oynasi. Bu oynada yuklangan fayllarning qanday holatda ekanligini ko’rish
mumkin.
4.
Levels oynasi. Bu oynada audio fayl ovozining qanday dB larda yangrayotganligini
kuzatish imkoniyatini beradi.
Audiomontajni ko’rib chiqishga o’tishdan oldin montajning asosiy tushunchalarini, ularning
ekrandagi yoki sof ovozli asar yaratishning tеxnologik jarayoni bilan o’zaro aloqasini qisqacha
aniqlab olishimiz kеrak.
Adobe Audition dasturi ishga tushgandan so’ng qora oyna hosil bo’ladi bu ishchi
oynasidir.Ishchi oynaning chap tomon yuqori qismida File funksiyasi orqali yangi fayl
ochishimiz, faylni saqlash, eksport va import kabi dasturlar bilan ishlashimiz mumkin. Edit
ishchi funksiyasi orqali belgilashimiz, kanalni yoqishimiz, ajratishimiz, markerlashimiz
mumkin.
Multitrack ishchi dasturi orqali trek hosil qilishimiz, fayllarni aralashtirishimiz, treklar ustida
turli amallarni amalga oshirishimiz mumkin.