• Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
  • Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi




    Download 1.17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana02.11.2023
    Hajmi1.17 Mb.
    #93579
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1-Mustaqil ish
    Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar, ftyfg, 16315375859067265
    Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi

    Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro
    bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro
    ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro
    bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.

    Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil
    qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi
    protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki
    har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi
    tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday
    standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin.
    Masalan, kompyuter
    tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot
    almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter
    tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir
    belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi
    qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot
    almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Quyida 1-rasmda kompyuter
    tarmoqlari OSI modeli asosida qurilgan arxitekturasi keltirilgan.


    Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi

    1996 yildagi Telekommunikatsiyalar to'g'risidagi qonunga binoan "tarmoq
    elementi"
    atamasi
    telekommunikatsiya
    xizmatini
    ko'rsatishda
    foydalaniladigan ob'ekt yoki uskunani anglatadi. Bunday atama shuningdek,
    ushbu
    ob'ekt
    yoki
    uskunalar
    orqali
    taqdim
    etiladigan
    xususiyatlar,
    funktsiyalar va imkoniyatlarni, shu jumladan abonent raqamlari, ma'lumotlar
    bazalari, signalizatsiya tizimlari va hisob-kitob qilish va yig'ish uchun etarli
    bo'lgan ma'lumotlarni uzatish, marshrutlash yoki boshqa ta'minotni o'z ichiga
    oladi.

    Tarmoq elementlarning standartlari, ishlash ko’lami, imkoniyati, tarmoqda
    foydalaniladigan nuqtasi va boshqa jihatlariga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu
    guruhlarga ajratish va ularni boshqari jarayoni pog’onali arxitekturada
    amalga oshiriladi. Misol uchun foydalanuvchi yashash manzili qismida
    foydalaniladigan tarmoq elementlari, magistral linyalarda yoki operator
    binoasida foylashtiriladigan tarmoq elementlari.



    Download 1.17 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1.17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi

    Download 1.17 Mb.
    Pdf ko'rish