Ochiq kalitli kriptotizimlar




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana28.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#255466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
murodjon KRIPTOGRAFIYA 2

Ochiq kalitli kriptotizimlar 
Ochiq kalitli kriptotizimlar deganida biz Assimmetrik va Simmetrik shifrlash 
da qo’llaniladigan kalitlarni tushinishimiz mumkin . Bu kalit orqali ham shifrlanadi 
ham deshifrlanadi. Bu tizimning xavfi shundaki agar bu kalit mahfiy kanaldan tutib 
olinsa tutib olingan matnni bemalol deshifrlash imkoni paydo bo’ladi. Aynan anashu 
xolat asimmetrik kriptotizimni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu kalitlar bilan mavjud 
bo’lgan muammoni 1976 yilda yechimini topishdi. Asimmetrik kriptotizimda ochiq 


kalit va yopiq kalit tushunchasi kirib keldi. Bu g’oyani Amerikalik 
kriptografikachilar Uitfild Diffi va Martin Xellman tomonidan kiritishdi. Ochiq 
kalitni ommaviy uzatish mumkin, yopiq kalitni esa ochiq kalitni yuboruvchini o’zida 
yashirin xolda qoladi. Bu jarayon qanday bo’ladi? Matnni qabul qilib oluvchi ikki 
xil kaliti bo’ladi: Ommaviy kalit va Maxfiy kalit. Bu shaxs matn yuboruvchi shaxsga 
faqatgina ochiq kalitni uzatadi. Matnni yubormoqchi bo’lgan shaxs esa shu ochiq 
kalit bilan matnni shifrlaydi va uzatadi. Matnni qabul qilib olgan shaxs o’zining 
maxfiy kaliti bilan matnni deshifrlaydi. Mabodo ochiq kalitni dushman qo’lga 
kiritganda ham uni deshifrlay olmaydi. 
Masalan Alisa va Bob ma'lumot almashishni xohlaganlarida simmetrik 
shifrlash juda yaxshi ishlaydi. Ammo, agar Bob yuzlab odamlar bilan xavfsiz 
muloqot qilishni xohlasa-chi? Agar u har bir kishi uchun turli xil matematik 
kalitlardan foydalansa, bu Optimal bo’ladimi? Bu optimal emas, chunki bunda juda 
ko'p kalitlar bo'lar edi.Ushbu muammoni hal qilish uchun Bob ochiq kalitni 
shifrlashdan foydalanadi, ya'ni u ochiq kalitni unga ma'lumot yuborgan har bir 
kishiga beradi va shaxsiy kalitni o'zida saqlaydi. U ularga ma'lumotni ochiq kalit 
bilan shifrlashni buyuradi, shunda ma'lumotlar faqat o'zida mavjud bo'lgan shaxsiy 
kalit yordamida deshifrlanishi mumkin. Bu kalitlarni buzish xavfini yo'q qiladi, 
chunki ma'lumotlarni faqat Bobda bo'lgan shaxsiy kalit yordamida deshifrlash 
mumkin. 

Download 0,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish