1-Mustaqil ish Reja




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana28.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#255466
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
murodjon KRIPTOGRAFIYA 2

3-
 
modda. 
Asosiy tushunchalar
 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo; 
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo 
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning 
o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun 
mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; 


elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan 
foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos 
keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va 
elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun 
mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; 
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli 
imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron 
hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija; 
elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan 
tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini 
beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. 
Izoh: 
3-moddada asosan elektron raqamli imzodan foydalanishda qo’llaniladigan 
atama va tushunchalar keltirib o’tilgan bo’lib, u juda muhim sanaladi. Bu atama va 
tushunchalar xaqida yuqorida xam ma’lumot berib o’tilgan. 

Download 0,97 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish