1-Mustaqil ish Reja




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana28.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#255466
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
murodjon KRIPTOGRAFIYA 2

9-
 
modda. 
Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlarini va ochiq kalitlarini yaratish 
Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlari va ochiq kalitlari yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan yoki ularning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish
 
markazi tomonidan elektron raqamli imzo vositalari yordamida yaratilishi 
mumkin. 
Izoh: 
ERI ning yopiq va ochiq kalitlari yuridik va jsimoniy shaxslarning 
murojaatiga binoan elektron raqamli imzo ko’rinishida yaratilib beriladi. 
10-
 
modda. 
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi
 
Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va 
ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti 
sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi 
bo‘ladi. 
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi: 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni 
ta’minlashi; 
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki 
buzilishi ehtimoli borligi to‘g‘risida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti 
sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor 
qilishni talab qilishi; 
o‘zi vakil bo‘lgan yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi 
to‘g‘risida ro‘yxatga olish markaziga xabar qilishi shart. 


Izoh: 
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasi unga egalik qilish paytidan boshlab 
undan foydalanishni nazorat qilishi, ERI yopiq kaliti buzilganligi to’g’risida yoki 
faoliyatni to’xtatmoqchiligi, sertifikatni bekor qilishligi xaqida ro’yxatga 
olishmarkaziga xabar berishi kerak. 

Download 0,97 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish