• Izoh: 5-moddada Maxsus vakolatli organlarning vazifa va majburiyatlari keltirib o’tilgan bo’lib, uni bajarish shart va zarurdir. 6- modda.
  • 1-Mustaqil ish Reja




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/23
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #255466
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
    Bog'liq
    murodjon KRIPTOGRAFIYA 2

    4-
     
    modda. 
    Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan 
    tartibga solish
     
    Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga 
    solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan 
    organ amalga oshiradi. 
    Izoh: 
    Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini O’zbekiston 
    Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus vakolat berilgan 
    organlargina boshqara oladi. Masalan: UNICON.UZ 
    5-
     
    modda. 
    Maxsus vakolatli organ 
    Maxsus vakolatli organ:
     
    elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini 
    ishlab chiqadi; 
    elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini (bundan 
    buyon matnda ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; 
    ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli 
    imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik 
    va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta’minlaydi; 
    ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli 
    imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi; 
    yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish 
    markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini 
    tasdiqlaydi; 
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
    Izoh: 
    5-moddada Maxsus vakolatli organlarning vazifa va majburiyatlari keltirib 
    o’tilgan bo’lib, uni bajarish shart va zarurdir. 
    6-
     
    modda. 
    Ro‘yxatga olish markazi
     
    Ro‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan 
    o‘tgan va ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik 
    shaxsdir. 


    Ro‘yxatga olish markazi: 
    elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi; 
    elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta’minlaydi; 
    elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestrini yuritadi, 
    uning o‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning 
    erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi; 
    yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining 
    sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi; 
    elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib 
    turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi; 
    yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli 
    imzolar kalitlari sertifikatlarining ko‘chirma nusxalari berilishini, shuningdek 
    elektron raqamli imzolar kalitlarining to‘xtatib turilgan va bekor qilingan 
    sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi; 
    yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi 
    elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi; 
    elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning ko‘chirma 
    nusxalarini tasdiqlaydi; 
    elektron raqamli imzo kalitining sertifikatidan bundan buyon foydalanish 
    imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan hollar haqida elektron raqamli imzo 
    yopiq kalitining egasini xabardor qiladi; 
    elektron raqamli imzo yopiq kalitining egalarini elektron raqamli imzodan 
    foydalanish qoidalariga o‘qitish imkoniyatini ta’minlaydi. 
    Ro‘yxatga olish markazi bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi 
    munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
    Ro‘yxatga olish markazining yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan 
    elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini saqlashi hamda elektron raqamli 
    imzo kalitining sertifikatini berish maqsadiga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni 
    so‘rab olishi taqiqlanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi ro‘yxatga olish 
    markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo‘lgan 
    shaxslar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
    organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi 
    xizmatlardan erkin foydalana oladi. 
    (6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ- 391- 
    sonli 
    Qonuniga 
    asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan - O‘R QHT, 2015-y.,33-son, 
    439-modda)
     
    Ro‘yxatga olish markazlari faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish