1-Mustaqil ish Reja




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana28.05.2024
Hajmi0,97 Mb.
#255466
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
murodjon KRIPTOGRAFIYA 2

11-
 
modda
. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining javobgarligi
 
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining 
ikkinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida elektron 
raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanilishi tufayli yetkazilgan 
zarar uchun tegishli elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi oldida 
javobgar bo‘ladi. 
Izoh:
ERI olgan foydalanuvchining xam bir necha majburiyatlari bo’lib ular qonun 
xujjatlarida xam keltirilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarmagan foydalanuvchilar 
javobgar bo’ladi xamda qonunda keltirilgan javobgarlikka tortiladi. 
12-
 
modda. 
Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi
 
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli 
imzoning ochiq kalitidan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron 
raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin. 
Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning 
ochiq kaliti elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron 
raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun elektron raqamli imzo kalitining 
sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga murojaat etishga, shuningdek 
elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hollar haqida elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasiga xabar qilishga haqli. 
Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo 
yopiq kaliti egasining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhofaza qilinishini 
ta’minlashi kerak. 
Izoh: 
ERI ning ochiq kalitidan foydalanadigan foydalanuvchi yopiq kalitdan 
foydalangan foydalanuvchining ERIning xaqiqiyligini tekshirishga, agar soxta 
bo’lgan taqdirda yopiq kalitdan foydalangan foydalabuvchiga xabar berishga xaqqi 
bor. Ochiq kalitdan foydalangan foydalanuvchi yopiq kalitdan foydalangan 
foydalanuvchining ma’lumotlarini sir saqlashi lozim. 

Download 0,97 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish